16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Download 27.47 Kb.
bet1/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya



16-laboratoriya ishi
Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari
Kerakli jihozlar: Hasharotlar kolleksiyasi, qo‘l lupa, tarqatma material
Ishning bajarish tartibi:
Subtropik o‘simliklarga zarar yetkazadigan hasharotlardan O‘zbekiston sharoitida anor biti, yumshoq soxta qalqondor, pista qalqondori, bodom kichik tilla qo‘ng‘izi, pista yo‘g‘on oyog‘i, yong‘oq qurti, pista qurti, anjir parvonasi, anortunlami, qizil chigirtka va o‘rgimchakkanalar uchraydi. Subtropik mevalar Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarda ko‘p ekiladi.
Anor biti (Aphis punicae Theob.)
Anor biti ko‘pincha anorning vaznini va mevasini kamaytiradi, anor tuplarini so‘rib yaxshi o‘stirmaydi. Anor biti O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Italiya, Misrda uchraydi.
Bitning kattaligi 1,3-1,8 mm. Qanotsiz, urg‘ochilari och yashil yoki sarg‘ish bo‘lib, to‘q yashil jilosi bor, mo‘ylovlari, oyoqlari va dumi oqimtir bo‘ladi; mo‘ylovlarining uzunligi tanasining taxminan 3,5 qismiga teng keladi. Qanotli bitlarning boshi va ko‘kragi qora, mo‘ylovlari qoramtir, qorni yashil yoki sarg‘ish. Lichinkalari och yashil tusda.
Bitlar anor barglarida, ba’zan begoniya barglarida zich gala hosil qiladi. Bahorda barglarning orqasida markaziy tomir atrofida to‘planib turadi; keyinchalik barglardan gulbandga va gultojbarglarga o‘tib ularni ham, ba’zan esa xom mevalarni ham so‘radi. Mavsum davomida bir necha marta nasl beradi.
Bu tur migratsiya qilmaydi. Anor shoxlarida tuxumlik bosqichida qishlaydi.
Yong‘oq bitlari (Aphididae)
Yong‘oqqa ikki xil bit: yong‘oq katta biti (Sallipterus juglandis Frish) va yong‘oq kichik biti (Shromaphis juglandi; - cola Kalt) 210

zarar yetkazadi. Bu bitlar ko‘payib ketganda daraxtlar zaiflashib, hosili kamayib ketadi. Yong‘oq bitlari asosan yong‘oq o‘sadigan joylarda yashaydi.
Yong‘oq katta bitining kattaligi 4 mm gacha yetadi, rangi limonday sariq; qanotli bitlarning boshi va ko‘kragi qora. Yong‘oq kichik bitining kattaligi 1,9 mm gacha yetadi, rangi och sariq, lichinkalari yarim tiniq - oq bo’ladi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling