16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar
Download 27.47 Kb.
|
16 Labaratoriya
Sitrus oqqanoti (Dialeurodes citri Ashu)
Sitrus oqqanoti O‘zbekiston sharoitida karantin hasharotdir. Bu zararkunanda sitrus o‘simliklarini so‘rib zarar yetkazadi. Sitrus oqqanotining vatani - Janubi-sharqiy Osiyo (Janubiy Xitoy va Hindiston). Hozirgi kunda MDH davlatlari: Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston va O‘zbekistonda tarqalib kelmoqda. Voyaga yetgan hasharotning kattaligi 1,6-2 mm. Mo’ylovlari yetti bo‘g‘inli. Tanasi och sariq rangda. Urg‘ochisining qorni yumaloq va qanoti uzunligidan kaltaroq, erkagining qorinchasi ingichka va uzun. Tuxumi 0,24-0,32 mm, ellipssimon, sariq oyoqchali. Birinchi yoshdagi day di lichinkasi 0,21-0,34 mm, och sariq, ovalsimon,kalta tukchalar bilan qoplangan, ko‘zlari qizil, mo‘ylovlari ikki bo‘g‘inli, uch juft oyog‘i bor. Ikkinchi yoshdagi lichinkalar 0,57 - 0,66 mm, ovalsimon, ingichka, yassi, tiniq, yashilrangda, oyog‘i yo‘q. Uchinchi yoshdagi lichinkalar 0,91-1,1 mm, ikkinchi yoshdagi lichinkaga o‘xshaydi. To‘rtinchi yoshdagi lichinkalar yumaloq, sarg‘ish yoki jigarrangda. Dekabr oyida to‘rtinchi yoshdagi lichinkalar paydo bo‘ladi. Aprel oyigacha lichinkalarning hammasito‘rtinchi yoshga o‘tadi. May oyida voyaga yetgan hasharotlar uchib chiqadi. Bir sutka ichida imagolarjuftlashadi. 30 soatdan keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Bahorgi uchish davri 3-4 hafta davom etadi. Urg‘ochisi barglarning orqa tomoniga bittadan yoki to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Bitta urg‘ochisi o‘rtacha 125 ta, qulay sharoitda 250 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Embrional rivojlanishi 10-15 kun davom etishi mumkin. Havo harorati 23-25°C bo‘lganda, 13 kunga cho‘ziladi. 18-20°C da tuxumdan lichinka chiqadi. Yozda bir oyda rivojlanadi, bahorda ikki oy va kuzda 100 kundan ortiq. Xitoyning janubiy qismida olti marta nasl berishi mumkin. Sitrus oqqanotining sonini bir qancha entomofaglar (xonqizlar, oltinko‘z, yirtqich kana va hokazolar) kamaytirib turadi. Bu entomofaglardan tashqari, ashersoniya vertitsilium likani zamburug‘larining ahamiyati ham katta. Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling