16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Yumshoq soxta qalqondor (Eulecanium hesperidum L.)


Download 27.47 Kb.
bet2/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

Yumshoq soxta qalqondor (Eulecanium hesperidum L.)
Soxta qalqondor transheyalardagi sitrus o‘simliklarming bargini so‘rib, quvvatdan ketkazadi. Issiqxonadagi o‘simliklardan tashqari ochiq joydagi o‘simliklarga va xona o‘simliklariga ham zarar yetkazadi.
Yumshoq soxta qalqondor barcha subtropik zonalarda va issiqxonalarda uchraydi.
Tanasi cho‘ziq, old tomoni ingichkalashgan, biroz qavariq, zarg‘aldoq yoki sariq tusda, ba’zan noto‘g‘ri, serdog‘ qora jilosi bor, ba’zan qo‘ng‘ir yoki qora tusda bo‘ladi. Voyaga yetgan qalqondorning uzunligi 2,5 mm, yo‘g‘onligi 1,25­3,00 mm bo‘ladi.
Havo harorati yetarlicha yuqori bo‘lsa, qishkiuyquga kirmasdan ko‘payaveradi. Yumshoq qalqondorlarning erkagi bo‘lmaydi, partenogenez yo‘li bilan, tuxum qo‘ymasdan tirik tug‘ib ko‘payadi. Bitta urg‘ochisi 100 tacha lichinka tug‘adi. Lichinkalar va voyaga yetgan qalqondor barglarning asosan ustki tomonini so‘radi, daraxt tanasi va shoxlarining po‘stlog‘ini ham so‘radi.
Transheyaga ekilgan va issiqxonalardagi sitrus o‘simliklarda soxta qalqondor, yiliga kamida to‘rt bo‘g‘in beradi.
Anor qurti (Euzophera pinicaeella Moore)
Anor qurti anor mevasiga zarar yetkazadi. Ayrim joylarda anorning qurtdan zararlanishi 11,7% dan 94,2% gacha yetadi, ayniqsa, qari daraxtlar ko‘p zararlanadi. Ba’zan anor qurti anor daraxtlarining po‘stlog‘iga ham zarar yetkazib, ularni kuchsizlantirib qo‘yadi.
Anor qurti O‘rta Osiyoda - Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda, bundan tashqari, Dog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Armanistonda ham tarqalgan. Kapalagining orqaqanotlarida medial tomirning ikki tarmog‘i bor; ikkinchi kubital tomir o‘rta katakning orqa burchagidan ancha uzoqlashib ketadi. Oldingi qanotlari ensiz, orqaqanotlari serbar, lab paypaslagichlari yuqoriga qayrilgan. Kapalaklar kulrang bo‘ladi. Qurti va g‘umbaklari ham ta’riflanmagan.
Tuxumi oqimtir-sariq, yuzasi g’adir-budur, kattaligi 0,75-1,00 mm.
Anor qurti qurtlik bosqichida qishlaydi. 13°C sovuqda qurtlar nobud bo’ladi. Aprel oxiri - may boshlarida ipakday oq pilla ichida g‘umbakka aylanadi. Yoz faslida g‘umbaklar 10-12 kunda yetiladi. Kapalaklar tunda hayot kechiradi, kunduz kunlari esa daraxtlar tanasi va barglarida, anor atrofidagi boshqa daraxt va butalarda yashirinib oladi; urg‘ochisi meva kosachasiga va uning yoriqlariga bittadan tuxum qo‘yadi; bu hasharot po‘sti yupqa anorni xush ko‘radi. Urg‘ochi kapalak hayoti davomida 100 tacha tuxum qo‘yadi.
Qulay sharoitda tuxumlarning rivojlanishi 5-7 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar kosacha yoki yoriq orqali mevaning ichiga kiradi. Bitta anorda ba’zan 20 dan ortiq qurt bo‘ladi. Qurtning rivojlanishi yozda 20-25 kun davom etadi.
Qurtlar anor donalari va ular o‘rtasidagi parda bilan oziqlanadi, qattiq zararlangan anor yorilib ketadi.
Anor kam bo‘lsa, qurtlar shoxlar po‘stlog‘i ostidagi lub bilan oziqlanishi mumkin, ayniqsa, po‘stlog‘i zararlangan shoxlarda shunday bo‘ladi. Anor qurti olmaning ichida ham rivojlanishi mumkin, chunki u olma qurti zararlagan olmani xush ko‘radi. Yozda to‘la yetilishi 35-40 kun davom etadi. Anor qurti yoz bo‘yi bir necha marta nasl beradi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling