Virusli gepatit va uning oldini olish


Download 17.52 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi17.52 Kb.
#1306653
Bog'liq
grip

Virusli gepatit va uning oldini olish



Virusli gepatit – о‘tkir yuqumli kasallik. U jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sarg‘ayishi, peshobning tо‘q sariq yoki «pivo»ga о‘xshash, najasning oqimtir tusga (gilvatarangiga) kirishi, jigar, ba’zan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi.
Bir-biriga о‘xshash olti xil virsli gepatit bо‘lib, bular A, V, S, D, E, G viruslari qо‘zg‘atadigan kasalliklardir. Yuqishiga qarab, og‘iz orqali (A, YE) va parenteral yо‘l bilan yuqadigan (V, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va YE virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shu bois axlat, suv, oziq ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi.
Parenteral yо‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlar shprits, igna va boshqa tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek, qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik) vaqtida yuqishi mumkin.
Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan xarakterlanadi. Uning yashirin, boshlang‘ich, avjolgan, orqaga qaytish va sog‘ayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va YE virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yо‘l bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan b oygacha, ba’zan 1 yilgacha davom etishi mumkin.
Virusli gepatitlar yengil, о‘rta va og‘ir, shuningdek, asoratsiz va asoratli, о‘tkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi.
Homilador ayollar va bolalarda kasallik og‘irroq kechadi. Virusli gepatitlarning shakli-shamoyili turlicha: grippga о‘xshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz).
Kasallik grippga о‘xshab boshlanganda bemor tо‘satdan qaltiraydi, eti uvishadi, boshi og‘riydi, harorati kо‘tariladi, a’zoyi badani qaqshaydi, yо‘taladi va h. k.
Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor kо‘ngli aynib qusadi, me’da sohasida biroz og‘riq bо‘ladi, ba’zan ichi ketadi, madori qurib, ishtahasi pasayadi, о‘ng qovurg‘asi ostida og‘riq paydo bо‘ladi.
Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, og‘riydi, kо‘p terlaydi, о‘ta injiq, yig‘loqi bо‘lib qoladi.
Virusli gepatitlarning boshlang‘ich davri qanday sindrom bilan kechishidan qat’i nazar, shu kasallikka xos 3 xil belgi kuzatiladi:
1) siydikning pivo rangida bо‘lishi;
2) axlat rangining oqarishi;
3) kо‘pchilik (deyarli 90 %) hollarda jigarning kattalashishi.
Kasallikning «sariqlik davri» ham о‘ziga xos tarzda kechadi. Kо‘z oqi sarg‘ayishi bilan virusli gepatitning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sarg‘ayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzala boshlaydi. Parenteral yо‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlarda, og‘iz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq chо‘ziladi. Bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, kо‘ngli ayniydi, ba’zi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili).
Virusli gepatit tashxisi, asosan, bemordan olingan ma’lumotlar, kasallikka xos alomatlar, qon tahlili va boshqa asosida qо‘yiladi. Kasallikning boshlang‘ich davri dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga о‘xshab ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.
Virusli gepatitlarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, kasallikni о‘z vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin bо‘lganlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish hamda u tutgan idish-tovok va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim.
Shifoxonadan chiqqan bemorlar ma’lum muddat dispanser nazoratida bо‘lishlari lozim.
Kasallikning oldini olish maqsadida A va V gepatitlarga qarshi ltent emlanadi. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi.
Revaksinatsiya bola b oyligida о‘tkaziladi. Emlash natijasida 95 % bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo bо‘ladi.
Epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va b oy о‘tgach qayta emlanadi.
Emlash natijasida immunitet paydo bо‘lib, u 15-20 yilgacha saqlanadi va kasallik tarqalshining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi.
Davolash, asosan, bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi. Yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga rioya qilish tavsiya etiladi.
Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon о‘rnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h.k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, karbon suvlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek, turli meva sharbatlari tavsiya etiladi.
Download 17.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling