16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Download 27.47 Kb.
bet6/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

Thysanoptera — hoshiya qanotlilar turkiimi)
Bu hasharotlar lichinkalik va voyaga yetgan davrida tutning barglari va yosh novdalarini so‘radi, natijada ularning o‘sishi susayadi va barglar qo‘ng‘ir tusga kirib quriydi.
Katta tut daraxtlariga, nihol va ko‘chatlarga zarar keltiradi. Tripslar juda mayda (1,2-1,5 mm) hasharot bo’lib, lichinkasi sutsimon oq, yetuk erkak va urg‘ochilari sarg‘ish rangda bo‘ladi.
Urg‘ochilari to‘kilgan barglar va tuproqning ustki qismida qishlaydi va bahorda, sutkalik o’rtacha harorat +13 - + 15°C atrofida bo‘lganda tashqariga chiqib, tut barglariga tarqaladi. Lichinkalari may oyidan qattiq sovuq tushguncha tut barglarida yashab, unga zarar yetkazadi. Tripslar vegetatsiya davrida 3-4 marta nasl berib, har biri 45-50 kun yashaydi.
(Homoptera - tengqanotlilar turkumi)
Tut qalqondori (Pseundaulacaspsis pentadona Targ.) (Diaspididae - qalqondorlar oilasi)
Bu karantin zararkunanda hisoblanadi. U hamma qit’ada tarqalgan. 1933-yili Suxumida, 1939-yili Batumida olxo‘ri, olcha, shaftoli va jumladan, tut daraxtlarida uchrab, ularga katta zarar yetkazgan va butunlay quritib qo‘ygan.
Urg‘ochi qalqondor yumaloq shaklda bo‘lib, diametri 1,2-2,5 mm, oq yoki sarg‘ish, yoki kulrang. Birinchi yoshdagi lichinkasi och sariq, ikkinchi yoshdagisi qizil-jigarrang, yonlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusli bo‘ladi. Erkagining qalqoni, maydaroq, oq uzunchoqroq, oqimtir yo‘li bor. Lichinkalari pushti, novdalarda oqimtir to‘plam holatida yig‘iladi. Urg‘ochisi to‘liq yetilmagan, erkagi urug‘ining ikkinchi (nimfa) davrida qishlaydi. Mart o‘rtalarida erkak hasharot uchib chiqib, urg‘ochisini urug‘lantiradi. Mart oxiri - aprel boshlarida yetuk urg‘ochilari kolonna holda paydo bo‘lib, barcha daraxtlarda, ayniqsa, tutda barglar shirasini so‘rib, ko‘p zararlaydi. Aprel o‘rtalarida tuxum qo‘ygach, ikki haftadan keyin lichinka chiqadi. Batumi va Suxumi sharoitida 3 marta nasl beradi.
Kemiruvchi zararkunandalar. Bular, o‘z navbatia, tut bargini, ildiz bo‘g‘zini va tanasini kemiruvchilarga bo‘linadi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling