16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


O‘rgimchakkana (Tetranycus urticae Koch)


Download 27.47 Kb.
bet5/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

O‘rgimchakkana (Tetranycus urticae Koch)
Bu juda xavfli o‘rgimchakkana bo‘lib, tut o‘sishi davrida, ayniqsa, bahorda bargiga 40%gacha zarar yetkazadi. O‘rgimchakkana tutdan tashqari, 248 dan ortiq turdagi meva, o‘rmon, manzarali daraxtlar va o‘simliklarni zararlaydi.
Bu hasharot bahorda uyg‘onib, begona o‘tlar, yosh tut barglari bilan oziqlanib, keyinchalik g‘o‘zaga o‘tadi. O‘rgimchakkana tut bargining orqa tomoniga yopishib olib, uning shirasini so‘radi, natijada barg yuzasida oval shakldagi sariq dog‘lar paydo bo‘ladi. So‘ngra barglar qo‘ng‘irlashadi, quriydi va barvaqt to‘kiladi. Keyinchalik novdadagi kurtaklardan kuzgacha barg chiqmaydi.
O’rgimchakkana juda mayda bo’lib, erkagi 0,2-0,3 mm va urg’ochisi 0,4-0,5 mm. Uni ko‘z bilan ilg’ash qiyin, yozda ko‘kimtir, sariq, qizg‘ish yoki to‘q sariq tusga kiradi. Yetuk hasharotning 4 juft va qurtining 3 juft oyog‘i bo‘ladi, ustki tomoni va yonlarida ikkitadan qoramtir dog‘i bor. Tuxumi yumaloq, 0,1 mm kattalikda. Voyaga yetgan va urug‘langan urg‘ochi kanalar zararlangan o‘simliklarning to‘kilgan barglari va daraxtlarning eski po‘stlog‘i orasida va begona o‘tlar qoldig‘ida qishlaydi. Bahorda harorat +7, 3°C ga yetganda va undan oshganda o‘rgimchakkananing birlamchi bo‘g‘ini yosh barglarni jadal so‘rib, tutning o‘sishini susaytiradi. Barglar sifatini pasaytiradi hamda ularning orqa tomoniga tuxum qo‘yadi. Bargli novdalar kesilgach, kanalar boshqa o‘simlikka o‘tadi. Tut daraxtining novda va barglari rivojlangach yana tutga qaytadi. O‘zbekiston sharoitida yozda o‘rgimchakkana 12-18 martagacha nasl berib, har bir urg‘ochisi 140-180 tagacha tuxum qo‘yadi.
Kana iyul, avgust va sentabr oylarida juda tez ko‘payib, tut ko‘chatlari va daraxtlariga, shuningdek, boshqa mevali daraxtlarga ko‘p zarar yetkazadi. Shu bilan birga tutning bahorgi yosh barglaridagi kanalar sarg‘ish-yashil tusda, kuzdagi qari barglarda qizg‘ish tusgakirib, tinim davriga o‘tadi.
Tripslar (Dendrothrips saniishi Jakh.)
(Thripidae — tripidlar oilasi,

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling