Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet21/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Oyishabegim ozgʻin qoʻllarini uning yelkasiga qoʻyib koʻrishar ekan:
Hazratim, gʻalabangiz muborak! – dedi. ” (P.Qodirov)
Milliy odatlar, an’analar, diniy marosimlar imo-ishoralar yordamida oʻz aksini topadi. Yangi kelinchaklarning oʻrnidan turib, chap qoʻlini koʻksiga qoʻygan holda, oʻng qoʻl bilan, koʻpincha, avval katta odamga choy uzatishi oʻzbek xalqida me’yor, “kelinlik ziynati” deb qaraladi. Bunday harakatlarda ba’zan hududiy belgilar ham koʻzga tashlanadi:
Qoʻni-qoʻshnilar “toshkentlik chiroyli kelinni” koʻrish uchun paydar-pay kirishdi. “Toshkentlik kelin” ikki bukilib salom qildi. Barmoq uchigapiyola qoʻndirib choy uzatdi.” (Oʻ.Hoshimov)
Imo-ishoralarning ayrimlari nutqiy odat vaziyatlarida nutq bilan, verbal vositalar birgalikda ishlatilsa, ba’zilari almashinib ishlatiladi. Qoʻlni siqish harakati, koʻpincha, tovushli boʻlsa, qoʻlni koʻksiga qoʻyish tovushsiz ham ma’no bildirishi mumkin. Masalan, “salomlashish” vaziyatida49.
Nutqiy odat vaziyatlarida ba’zan segment vositalar oʻrnida imo-ishoralarni ishlatish mumkin boʻladi:
Hovliga kirgan yosh juvon, qoʻlidagi savatini yerga qoʻyib, bosh egib salom berdi.
- Keling, qizim!” (Oʻ. Hoshimov)
Paralingvistik vositalar ekstralingvistik hodisalarning bir turi boʻlib, nutq jarayonida lisoniy birliklarga hamroh boʻladigan xatti-harakatlar hisoblanadi. Masalan: Mehmon oʻtirgan xonaga madaniyatli kishining kirib, salom berish holatini kuzatadigan boʻlsak, eshikdan qaddini sal eggan, qadamlarini mayda tashlagan holda, oʻng qoʻlini chap koʻkragi ustiga qoʻyib, boshini sal egib, yengilgina ta'zim bilan "Assalomu alaykum" deydi. Bu yerda tasvirlangan har bir holat muloqot uchun ahamiyatli, qoʻlni qorin ustiga qoʻyish, baland koʻtarish yoki chap koʻkrak usti va oʻng koʻkrak usti (osti) yoki ikki qoʻlini koʻksiga qoʻyishning har biri muloqot jarayoni bilan bog`liq. Ularning barchasida, albatta, "Assalomu alaykum!" uning oʻziga xos talaffuz ohangi lisoniy, lingvistik vosita, qolgan barcha xatti-harakatlar, tana, qoʻl harakatlari paralingvistik vositalardir. Masalan:
Salomalaykum, xola.
A-lekum, bolam!
Opa qoʻlini yengi ichiga tortib, yigit bilan koʻrishdi va uyga qarab:
Rasul – deb qoʻydi-da, Eshquvvatdan gina qildi. (Sh.Xolmirzayev).
Assalomu alaykum, xonim, — dedi odob bilan. — Ziyoratlar qabul boʻlsin! Yaxshi keldingizmi? (Oʻ. Hoshimov).
Assalomu alaykum, domla! — dedi Tursunboy yangicha shiddat bilan oʻzini gʻoz tutib. — Nima yana burga tepdimi?! (Oʻ.Hoshimov).
Imo-ishora, mimika, badan harakatlari, ovozdagi turli holatlar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qoʻshimcha vositalar sanaladi va ular uzatish, mazmunan toʻldirish, aniqlik kiritish vazifalarni bajaradi. Kishi jonli soʻzlashuv nutqida ma'lumotni qisqa va loʻnda ifodalashga, fikrning emotsionalligi va ta'sirchanligini oshirishda holat va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh boʻlgan noverbal vositalardan foydalanadi. Oʻzbekona aloqa – aralashuvda, ma'lum axborotni tinglovchiga yetkazish jarayonida qoʻl, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari, ovozning baland-pastligi, choʻziq, toʻxtatib talaffuz qilish orqali ham ma'lum ma'no ifoda etiladi. Shuni ta'kidlash joizki, noverbal vositalarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari turlichadir. Ular qoʻl, yelka, lab, koʻz, qosh, gavda, bosh harakatlari orqali ifodalanadi.
Soʻzlovchi ham, tinglovchi ham oʻz nutqini va tinglash jarayonini paralingvistik vositalar turli xil harakatlar, imo-ishoralar bilan birga olib boradi. Hatto kitob oʻqiyotganda ham tinglovchi, ya'ni kitobxon goh qoshlarini chimiradi, goh jilmayib qoʻyadi, gohida yuzida ajablanganlik belgilari sezilib turadi, gohi yigʻlaydi. Bularning barchasi paralingvistik vositalaridir.
Paralingvizmlardan foydalanishda milliy oʻziga xoslik ham e’tiborga olinganini eslatib oʻtish maqsadga muvofiq. Negaki aloqa-aralashuv jarayonida ishlatilgan barcha imo-ishoralar kommunikantlar uchun tushunarsiz boʻlsa, kommunikaniv akt sodir boʻlmaydi. Shuningdek, turli madaniyat vakillari tomonidan noverbal vositalar, etiket (adab) shakllari turlicha boʻlib, ular aloqa-aralashuv jarayonida farqlanib turadi. Birgina salomlashuv jarayonining turli xalqlarda turlicha shaklda amalga oshishini kuzatish fikrimizni tasliqlaydi.
Oʻzbeklаrdа quyidаgi qoʻl hаrаkаtlаri inkor ifodаlаshi mumkin:
1) Oʻng qoʻl kаfti oldingа ochilgаn vа tepаgа koʻtаrilgаn holаtdа oldin chаp tomongа, soʻngrа oʻng tomongа gorizontаl rаvishdа silkitilib, qoʻl yаnа oʻrtаgа kelgаndа toʻхtаydi. Bu hаrаkаt koʻp mа’noli boʻlib, bir umumiy inkor mа’nosi bilаn birlikni hosil qilаdi. Quyidаgi mа’nolаrni ifodаlаshi mumkin:
1. Mа’lum hаrаkаtni yuzаgа chiqаrish inkori:
а) gаpirish hаrаkаtining inkori – “аytmа” vаzifаsidа;
b) kelish hаrаkаtining inkori – “kelmа” vаzifаsidа;
v) tegish hаrаkаtining inkori – “tegmа” vаzifаsidа vа boshqаlаr.
2. Mаvjudlikning inkori – “yoʻq” vаzifаsidа.
Bu hаrаkаtning birinchi mа’nolаri buyurish, ikkinchisi esа dаrаk berish vаzifаlаrini bаjаrаdi. Birinchi mа’nosi fikr predmeti bilаn soʻzlovchi orаsigа toʻsiq, chegаrа qoʻyish tаsvirini ifodаlovchi hаrаkаtdаn, ikkinchi mа’nosi fikr predmeti bilаn ob’yekt oʻrtаsigа chegаrа qoʻyishni tаsvirlovchi hаrаkаtdаn kelib chiqqаn boʻlishi kerаk. Inkorning bundаy kinetik vositаsi fаqаt oʻzbeklаrdаginа emаs, bаlki jаhonning judа koʻp хаlqlаri orаsidа tаrqаlgаn.50
2) Oʻng qoʻl kаfti suhbаtdosh tomongа ochilgаn holаtidа tirsаkdаn pаstki qismi (bilаk qismi) tepаgа bir mаrtа koʻtаrilаdi. Bu hаrаkаt suhbаtdoshning hаrаkаtini toʻхtаtish uchun ishlаtilаdi, Hаrаkаtni dаvom ettirish inkor qilinаdi. Verbаl vositаlаrdаgi boʻlishsiz fe’lli inkor gаplаrning kompensаsiyаsi boʻlib kelаdi. Bа’zаn bu imo-ishorа bilаn birgа, “bаs qil”, “yetаr”, “toʻхtа” kаbi verbаl vositаlаr hаm ishlаtilishi mumkin.Mаsаlаn:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling