Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet24/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Umumiy xulosalar.
Nutqiy odat muammolarini oʻrganishda til birliklarining sotsiolingvistik tabiatini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Til va nutq hodisalari doimo bir-birini toʻldiradi va ular bir-birisiz mavjud emas. Ammo ular oʻziga xos differensial belgilarga ega.
Suhbatni kerakli tarzda olib borish maqsadida murojaat shakllarini oʻz oʻrnida sharoit uchun moslangan holda qoʻllash zarur. Murojaat shakllari adresatning muhim ijtimoiy belgilari – yoshi, jinsi kabilarni belgilash bilan birga ba’zan adresatning jamiyatda tutgan oʻrni, vazifasini ham anglatishi mumkin. Shuningdek, murojaat shakllarini ishlatishda sharoitning rasmiy-norasmiyligiga ham e’tibor qilish lozim.
Oʻzbek nutq odatida er-xotin murojaati turli rasm-odatlarni aks ettiradi. Er-xotin murojaatlari ism bilan, turli jins, yosh belgilovchi atamalar bilan, farzandlardan birining nomi bilan, lavozim asosidagi soʻzlar bilan, undov soʻzlar bilan ifodalanishi kuzatiladi.
Nutqiy odatning yuzaga chiqishida “sen/siz” shakllari ham muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek tilida katta yoshdagi tanish va notanish adresatlarga “siz” deb murojaat qilinishi meyor sanaladi. Oʻzbek ayollari oʻz umr yoʻldoshini sensirashi nutqiy odatning buzilishi hisoblanadi.
Sotsial guruh a’zolarini yosh, jins, ma’lumot, yashash joyi nuqtayi nazaridan ajratishda oʻzbek milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yosh va jins belgisini nutqiy odat vaziyatlarida tekshirish maqsadga muvofiqdir. Shu tomondan qaralganda, keksa yoshdagi suhbatdoshlar munosabati oʻziga xos xususiyatlarga ega. Keksa adresatlar nutqi ancha “qotib qolgan” boʻlib, bu nutqiy faoliyatda jamiyat tomonidan belgilangan an’analarga ijobiy munosabatda boʻlish kuzatiladi.
Yoshlar oʻrtasidagi munosabat ham adresantlarning xarakteriga aloqador boʻlib, ulardagi kurash ishtiyoqi, yangiliklarga intilish harakati nutqlarida aniq koʻrinadi. Bu nutq ixcham, yangi ifodalarga boyligi bilan xarakterlanadi.
Keksa yoshdagi kishilarga mansub boʻlgan salobat, yoshlarga mehr-muhabbat, oʻzbek xalqiga mos katta yoshli tanish va notanish adresatlarni hurmat qilish kabi fazilatlar turli yoshdagilar muloqotida aks etadi.
Oʻzbek tilida norasmiy sharoitda ayollar nutqining ham oʻziga xos belgilari namoyon boʻladi. Nutqiy odat vaziyatlarida ular qoʻllayotgan verbal birliklar Sharq ayoliga xos nazokat, mehribonlik, itoatkorlik kabi fazilatlarni anglatishda xizmat qiladi. Badiiy asarlarda personajlar nutqiga xos til birliklarini almashtirish bilan muallif ularga xos qiyofani yaratadi.
Nutqiy odat vaziyatlarining yuzaga chiqishida ba’zi nutqiy vositalar bilan paralingvistik vositalarning ham roli ahamiyatlidir.
Lisoniy birliklarning yuzaga kelishida ayrim nutqiy vositalar “ortiqcha” boʻlib qoladi, ana shu nutqiy vositalarning oʻrni zrur imo-ishoralar bilan toʻldiriladi.
Paralingvistik vositalar til vositalarining umumlashgan xarakteriga koʻra muloqotga aniqlik kiritish vazifasini bajaradi.
Fonatsion vositalar soʻzlashish sharoiti va adresantning psixik holati bilan chambarchas bogʻlanadi. Maqsadning aniq yuzaga chiqishida nutq birliklarining ohanggi katta ahamiyatga ega. Ohang yordamida soʻzlovchining milliy, hududiy, individual belgilarini aniqlash, ajratish mumkin.
Adresant tomonidan qoʻllanayotgan kinetik vositalar ham uning milliy oʻziga xosligini, shuningdek, adresant va adresatning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligini ifodalaydi.
Ba’zi millat xalqlarida nutqiy odatning biror vaziyati uchun tegishli boʻlgan, nutqiy odat birligi vazifasini bajarayotgan paralingvistik vositalar boshqa bir xalqda boshqa ma’no anglatishi yoki umuman hech qanday tushuncha bildirmasligi tabiiy.
Oʻzbek nutq odatining segment vositalari kabi imo-ishoralarni ham adresantning yoshi va jinsiga qarab tanlab ishlatiladi. Ba’zan vaziyat talabi, kommunikantlarning ijtimoiy belgilari asosida verbal birliklar oʻrnida noverbal vositalarning ta’siri kuchliroq boʻlishi kuzatiladi.
Imo-ishoralar nutqiy odat vaziyatlarida ba’zan til birliklari bilan yonma-yon, ayrim hollarda ularning oʻrnida mustaqil tarzda ma’no anglatadilar.
Nutqiy odat vaziyatlarida qoʻllanuvchi paralingvistik vositalar polisemantik hamda sinonimik xususiyatlarga ham egaligi bilan xarakterlanadi.
Nutqiy odatning sotsiolingvistik va paralingvistik yoʻnalishi milliy urf-odatlar, an’analar, xarakterlar, munosabatlarni oʻz ichiga oladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling