Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet22/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Iхtiyorsiz oldingа intildi-yu, bir nimа demoqqа chogʻlаndi, lekin mахdum oʻng qoʻlini koʻtаrdi.
Bаs! dedi u. (M.Ismoiliy)
Bunday hаrаkаtlar hаrаkаtning dаvom etishigа toʻsiq qoʻyishni tаsvirlovchi imo-ishorаdаn kelib chiqqаn boʻlishi kerаk.
3) Ikki bilаk ikki yongа qаrаb ochilаdi. Bu hаrаkаt diаlogdа soʻroq gаplаrdаn soʻngishlаtilib, soʻrаlаyotgаn nаrsаdаn oʻzining хаbаrdorligi inkor qilinаdi. Boshning elkа tomon silkinishi yoki elkаning bosh tomongа koʻtаrilish hаrаkаti bilаn mа’nodoshdir. Bu hаrаkаt “bilmаymаn” soʻzining muqobili boʻlib, verbаl jihаtdаn “qulochini yozdi” birikmаsi orqаli tаvsiflаnаdi. Mаsаlаn:
Usmonov hаr holdа shubhаsi borligini koʻrsаtib, qulochini yozdi.”(Sh.Rаshidov)
4) Bilаkning tikkа holаtidаn pаstgа bir mаrtа silkitilishi soʻzlovchining suhbаtdoshining fikrigа qoʻshilmаgаnini yoki mа’lum bir hаrаkаtni bаjаrish bekor qilingаnini ifodаlаydi. Mаsаlаn:
Toʻrаm, uzr, bilmаsdаn аytdi, kechiring.
Hokim pichа qаhrlаnib turdi, keyin qoʻlini siltаb yаsovulni qаytаrdi. (M.Ismoiliy)
Hаmmаdаn koʻp singlisidаn хаfа boʻlib, qoʻlini siltаb turib ketdi. (Sh.Rаshidov)
5) Lаblаr choʻchchаytirilib, oʻng qoʻl koʻrsаtkich bаrmogʻi bilаn lаb uchigа tekkizilаdi. Bu hаrаkаt suhbаtdoshning nutq hаrаkаtini inkor qilish uchun ishlаtilаdi. Bа’zаn mаzkur imo-ishorаdаn soʻng “jim”, “gаpirmа”, “churq etmа” kаbi verbаl vositаlаr hаm ishlаtilаdi. Mаsаlаn:
Ochil buvа moʻylovining bir uchi bilаn kulib, lаbigа bаrmoq bosdi: “jim”. (А.Muхtor)
Bu imo-ishorа ogʻiz ochmаslik tаsvirini ifodаlаshdаn kelib chiqqаn boʻlishi kerаk.
Oʻzbeklarda qoʻl olishish yoki oʻng qoʻlni koʻkrakka qoʻyish va boshni xiyol oʻng tomonga egishi, ruslarda bosh kiyimini olish, oʻpishish, tizzani bukib choʻkkalash, ayollarning oʻng qoʻlining ust qismini oʻpish, hindlarda ikki qoʻl barmoqlarini juftlab jagʻga tenglashtirish, engashib oyoqqa sajda qilish …
Hozir garchi etiket (adab) shakllari boʻlsa-da, muayyan harakatlar axborot uzatilgani sababli aloqa-aralashuvda noverbal vosita sifatida ahamiyatli sanaladi:
Azizjonni aytayapsizmi?
Voy bechoraa-a! Yoshgina edi-ya!
Qachon?
Birinchi boʻlib qorovul togʻa oʻzini bosib oldi. “Xudo rahmat qilsin”, deb yuziga fotiha tortdi. (Oʻ.Hoshimov. Soʻqqabosh bevagina. T., Sharq. 2008. 184-bet.) Aloqa-aralashuvda ishlatiluvchi paralingvizmlarning turli xalqlar madaniyatida turlicha boʻlishi tabiiy sanaladi. Negaki, adab qoidalari, ayrim imo-ishoralar, urf-odat va an’analar oʻsha xalqning milliy qadriyati sanaladi. Garchi lisoniy aloqa-arala-shuvda turli til sohiblari muayyan til birliklaridan foydalangan boʻlsalar va bu shaklda bir-birlarini tushunsalar ham, aloqa-aralashuvda ishlatiluvchi noverbal vositalar koʻp tillar uchun bir xil kinetik holatni taqozo etadi.
Lekin har bir xalq uchun oʻziga xos boʻlgan nolisoniy vositalar ham borki, ular milliy xarakterdagi noverbal vositalar jumlasiga kiradi. Paralingvistik vositalardan foydalanish fikrni suhbatdoshga etkazishdan tashqari adresant tomonidan adresatni boshqarib ham boradi.
Insonning doimiy ravishdagi mashgʻuloti uning jismiga, ruhiyatiga, demakki, muloqot xulqiga ham, albatta, ta'sir etadi. Shuning uchun ham har bir kasb egasining oʻz lugʻat boyligi, oʻziga xos soʻzlash uslubi boʻladi.
Ayrim vaqtlarda noverbal vositalar mustaqil holda adresantning maqsadini ifoda eta olmaydi. Masalan, “Qutlash”, “Tanishish”, “Tilak bildirish” vaziyatlari hech qachon segment vositalarisiz yuzaga chiqmaydi:
Toʻylar muborak boʻlsin! – dedi Zakunchi chehrai yorishib. Boshidan chaqmoq telpagini olgan edi, qop-qora sochlari yoyilib yelkasiga tushdi. – Tabriklaymiz!” (Oʻ.Hoshimov)
Umuman, nutqiy odat vaziyatlarining xushmuomalalik bilan yuzaga kelishi, kutilganidek davom etishi uchun paralingvistik vositalar muhim ahamiyatga egadir. Chunki ular hurmat, olqish, samimiylik singari tushunchalarni bildiradi: qadimda qoʻl qisish qoʻlda qurol yoʻqligini, turli ifodalar bilan ta’zim qilish boʻysunishni anglatgan.
Bundan tashqari, paralingvistik vositalarning murakkab semantik tabiati va polisemantik xususiyatini alohida ta’kidlash zarur. Jumladan, ifoda etilayotgan vaziyatdan tashqari qoʻlni koʻksiga qoʻyish harakati quyidagi belgilarni bildiradi:
1. Salomlashish.
2. Minnatdorchilik bildirish.
3. Uzr soʻrash.
4. Katta yoshdagi yoki yuqori lavozimdagi adresantning fikrini ma’qullash.
5. Ayrim hollarda xayrlashish.
Qoʻl siqish harakatlari quyidagi maqsadlarni yuzaga chiqarishda xizmat qiladi:
1. Salomlashish.
2. Xayrlashish.
3. Tabriklash.
4. Tanishish.
5. Minnatdorchilik bildirish.
6. Qoʻllab-quvvatlash.
Nutqiy odat vaziyatlarida qatnashuvchi kinetik vositalar ma’lum sinonim xususiyatlarga ham ega. Yuqorida koʻrib oʻtilganidek, nutqiy odatni ma’lum me’yorda olib borish maqsadida ba’zi verbal vositalar bilan kinetik vositalar oʻrni ham almashtiriladi. Bu holda bir xil maqsadni ifodalovchi verbal va noverbal vositalar faqat nutqiy odat uchungina xos boʻlgan sinonimik qatorni vujudga keltiradi: soʻz, soʻz birikmalari, imo-ishoralar bilan sinonim boʻladi.
Shuningdek, kinetik vositalarning oʻzi ham bir-biriga sinonim boʻlishi kuzatiladi: “Salomlashish” vaziyatida qoʻl qisish; bosh egish, ta’zim qilish, egilish; qoʻlni koʻkrakka qoʻyish; quchoqlashish; yelkadan olish va kaftni yuzga surtish kabi kinetik harakatlar sinonimik qator hosil qiladi.
Ifodaning komunikativ vazifasiga bogʻliq ravishda jamiyat a’zolari tomonidan turli maqsaddagi ma’nolarning anglatilishi va uni adresatlar tomonidan qabul qilinishi paralingvistik vositalar oʻrtasida oʻziga xos oʻrin tutadi, nutq birliklarining biror maqsadga qaratilgan ma’nosining ohangdorligi va tovush boʻyogʻi, muloqot toni bilan – intonatsiya bilan bogʻliq.
Nutqiy odat birliklari komunikantlar uchun zarur ohangda kontakt oʻrnatishga xizmat qiladi. Shu sababli bu birliklar ichida salbiy ma’no beruvchi birliklar mavjud boʻlmaydi. Ekspressiv birliklar muloqotning shunday sharoitida aniq yuzaga chiqadiki, unda suhbatdoshlarning ijtimoiy belgilari mos kelishi kerak. Ular buzilgn holda kutilmagan salbiy emotsional holatlar vujudga kelishi mumkin.
Demak, imo-ishoralar, mimikalar bilan nutqiy odatning verbal birliklari muvofiq kelganidek, ularning ishlatilish ohangi ham mos kelishi zarur. “Salom” va “Assalomu alaykum” birliklari bir xil ohangda aytilmaydi, faqat “Assalomu alaykum” birligining oʻzi ham tanish yoki notanish, yosh farqlarini hisobga olgan holda oʻziga xos ohang bilan talaffuz qilinadi.
Masalan, islom dini oʻz ta’sirini oʻtkazgan Oʻrta Osiyo xalqlari ayollaridagi tobelik, andisha, ular oʻz fikrlarini ifodalaganlarida qisqa va sekin gapirishlariga ta’sir etgan. Natijada ularning nutqida tobelik, mutelik ifodalovchi ovoz ohangi hukmron boʻlgan51.
Bular ham oʻzbek xalqi nutqi odatiga xos muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Umuman, har bir ijtimoiy guruh a’zosi vaziyatga xos tematik guruhlangan lisoniy birliklarni ishlatishda adresatning ijtimoiy oʻrniga mos keladigan ohang, intonatsiyaga alohida ahamiyat beradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling