Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari
Download 0.56 Mb.
|
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)
Bob boʻyicha xulosalar.
1. Til va paralingvistik vositalarning faoliyati – supersigment vositalar koʻpincha til birliklarining vazifasini aniq, toʻla ochishga xizmat qiladi. Birinchi navbatda ularning koʻp ma’noliligini, uslubiy jihatdan boʻyoqdorligini yaqqol yuzaga chiqaradi. Bular paralingvistika uchun xos boʻlgan fonatsion vositalar hisoblanadi. Paralingvistik vositalarga imo-ishora, mimika tarzidagi ma’noli harakatlardan tashqari ovoz fonatsiyasi xususiyatini yorituvchi vositalarni ham kiritish kerak. 2. Umumiy fonatsion belgilar hisoblangan ovoz kuchi, tembri va boshqalar oʻz tabiatiga koʻra soʻzlovchiga xos fiziologik xususiyatlar bilan bogʻliq boʻlib, ularga psixik holat ta’sir qiladi. Ular adresant – soʻzlovchining fizik holatini aks ettiruvchi koʻrsatkich sifatidagina emas, balki unga xos psixik holatni ham ifoda qiluvchi paralingvistik vositalar hisoblanadi. 3. Nutqning umumiy fonatsion belgilari ichida ohang – intonatsiya ham muhim oʻrin tutadi. Bu oʻrinda kommunikatsiya uchun ma’lum ahamiyatga ega boʻlgan mantiqiy urgʻuning rolini ta’kidlash lozim. Soʻzlashuv nutqi matnidagi asosiy maqsad uchun xizmat qiluvchi til birliklari boshqasidan ajratib, kerakli ohang bilan talaffuz qilinadi va nutqiy aloqani xarakterlaydi. Shu bilan birga, uslubiy boʻyoqdorlik tilning soʻzlovchi nutqi va shaxsiga bogʻliq boʻlgan fonatsion vositalari ichida murakkab ekani bilan ajratiladi. 4. Nutqning umumiy fonatsion belgilari ichida ohang – intonatsiya ham muhim oʻrin tutadi. Bu oʻrinda kommunikatsiya uchun ma’lum ahamiyatga ega boʻlgan mantiqiy urgʻuning rolini ta’kidlash lozim. Soʻzlashuv nutqi matnidagi asosiy maqsad uchun xizmat qiluvchi til birliklari boshqasidan ajratib, kerakli ohang bilan talaffuz qilinadi va nutqiy aloqani xarakterlaydi. Shu bilan birga, uslubiy boʻyoqdorlik tilning soʻzlovchi nutqi va shaxsiga bogʻliq boʻlgan fonatsion vositalari ichida murakkab ekani bilan ajratiladi. 5. Inson uchun xos boʻlgan imo-ishoralarga har xil tana harakatlari – ya’ni, kinetika, mimikaga soʻzlovchining yuz ifodasi kiradi. Imo-ishora va mimikani aloqa-aralashuvdagi yordamchi funksional komponent – qoʻshimcha vazifa bajaruvchi qism sifatida koʻrsatish mumkin. 6. Paralingvistik vositalar va nutqiy odat birliklarining verbal vositalari kundalik muloqotda juda koʻp qoʻllanishi, nutqiy va nutqiy boʻlmagan vositalarning jamiyat tomonidan belgilb qoʻyilganidek ishlatilishi bilan bir-biriga yaqin turadi. Garchi koʻpchilik tadqiqotchilarning e’tibori noverbal kommunikatsiyani ham oʻrganishga qaratilgan boʻlsa-da, tilshunoslikda nutqiy odatni ifodalovchi paralingvistik vositalar hali maxsus oʻrganib tugatilgani yoʻq. Mimikalar, imo-ishoralar insonning turli vaziyatdagi holatiga hamroh boʻlib, doimiy xabar beruvchi kuchli vositalar hisoblanadi. 7. Shunday imo-ishoralar borki, ular shartli xarakterga ega boʻlib, milliy xususiyat kasb etishi mumkin. Chunki u kollektiv tomonidan ma’lum ma’noni ifodalash simvolidir. Boshqa bir jamoada esa bu ishora yo hech qanday kommunikativ vazifa bajar-maydi, yoki boshqa ma’noni anglatishi mumkin. Masalan, “xayr” ma’nosini ifodalash uchun ruslar kaftini oʻzidan orqaga qilib vertikal holatda takror-takror silkitsa, italyan kaftini oʻziga qarata vertical holatda silkitadi. 8. Barcha paralingvistik vositalar ma’lum axborot tashish xususiyatiga ega. Ular bir vaqtning oʻzida adresantni xarakterlovchi uch xil guruh faktlari haqida ma’lumot beradilar: 1. Adresantning individual insoniy xususiyatlari. 2. Ijtimoiy-guruhiy belgilari. 3. Uning milliy yoki hududiy belgilari toʻgʻrisida. 9. Imo-ishoralarning ayrimlari nutqiy odat vaziyatlarida nutq bilan, verbal vositalar birgalikda ishlatilsa, ba’zilari almashinib ishlatiladi. Qoʻlni siqish harakati koʻpincha tovushli boʻlsa, qoʻlni koʻksiga qoʻyish tovushsiz ham ma’no bildirishi mumkin. 10. Aloqa-aralashuvda ishlatiluvchi paralingvizmlarning turli xalqlar madaniyatida turlicha boʻlishi tabiiy sanaladi. Negaki, adab qoidalari, ayrim imo-ishoralar, urf-odat va an’analar oʻsha xalqning milliy qadriyati sanaladi. Garchi lisoniy aloqa-aralashuvda turli til sohiblari muayyan til birliklaridan foydalangan boʻlsalar va bu shaklda bir-birlarini tushunsalar ham, aloqa-aralashuvda ishlatiluvchi noverbal vositalar koʻp tillar uchun bir xil kinetik holatni taqozo etadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling