Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari
Download 0.56 Mb.
|
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)
Fotima kelin atlasning bir burchini chimchilab koʻrdi:
“Voy, muncha chiroyli!” (Oʻ.Hoshimov) Ayollar nutqida undalmalar erkaklar talaffuzidan biroz choʻziqroq holda talaffuz qilinadi. Bu asosan ismlarni aytib chaqirishda yuzaga keladi: “Potma-yu, choyingni tezlat, bolam, mehmonlar keldi”. (Oʻ.Hoshimov) Erkaklar nutqida “oshna”, “joʻra”, “onasi”, “boja” kabi undalmalar ishlatilsa, ayollar nutqida “ovsin”, “dugonajon”,”egachi”, “dadasi” kabi undalmalar tez-tez uchraydi: “Oqsoqolning oʻzi yaxshiydi, ovsin, odamning dardini tushunardi.” (Oʻ.Hoshimov) Ayollar nutqiga xos boʻlgan yuqoridagi belgilar nutqiy odatning norasmiy sharoitida koʻzga tashlanadi. Xotin-qizlar ham boshqa ijtimoiy guruh a’zolari kabi oʻz sotsial rollarini oʻzgartiradilar: 1. Ayol – ona. 2. Ayol – farzand. 3. Ayol – rafiqa. 4. Ayol – dugona. 5. Ayol – qarindosh (opa, singil, xola, amma, yanga…) 6. Ayol – notanish adresant38. Rasmiy sharoitda esa ayol – adresant uchun xos boʻlgan ayrim xususiyatlar oʻzgaradi. Bunday holda ayol ham kasb-hunari, ma’lumoti, saviyasi asosida ijtimoiy vazifa bajaradi. Soʻzlashuv uslubida ijobiy yoki salbiy emotsional munosabat bildiruvchi pragmatik semaga ega leksemalar talaygina. Jumladan, dag`al soʻz va iboralarni qoʻllanish doirasiga koʻra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) kishilarning xarakteri va mijozidagi ojizlikni ifodalovchi vulgarizmlar. Bunday soʻz va iboralarda, soʻzlovchining tinglovchiga nisbatan salbiy munosabati, ichki hayajoni, nafrati kuchlidir: buzuq, xumpar, xomkalla, noinsof, sotqin, majmag`il, ammamning buzog`i, bir pul, kekirdagini choʻzmoq, koʻngliga urmoq, mazasi yoʻq kabi. Masalan: – Eshigimga oyoq qoʻysin-chi, buzuq. (A. Muxtor); – Oʻlguday lattachaynar, majmag`il odam ekansan-da! (H. G`ulom); – Shuncha imo qilsam ham tushunmaysan, a n q o v. (Tuyg`un); – Bu ishga sen aralashma. Kampir mazasi yoʻq ayol. (Said Ahmad); – Muncha serrayasan, yigitmisan, ammamning buzog`imisan?! (Yu.Shomansur). Keltirilgan misollardagi buzuq soʻzi axloqiy nosozlik, razil, chaqimchi ma`nosida, majmag`il soʻzi betayin, lanj ma`nosida, anqov soʻzi boʻsh, lapashang ma`nosida; mazasi yoʻq iborasi fe`l-atvori boʻlmag`ur, yomon ma`nosida, ammamning buzog`i iborasi landavur, lapashang, boʻsh ma`nosida qoʻllanilgandir; b) kishilarning tashqi kamchiligini koʻrsatuvchi vulgarizmlar. Bunday soʻz va iboralar biror predmet nomiga nisbat berish, yaqinlashtirish, oʻxshatish natijasida paydo boʻladi. Chunonchi, mechkay, koʻppak, qarg`a, soʻtak, ayronbosh, gumbaz, qovoqbosh, kal, soʻloqmon, quti uchdi, bir oyog`i erda boʻlsa, bir oyog`i goʻrda kabi. Masalan: — Mahallaga sir berib qoʻyibsan-da, ayron bosh. (“Sharq yulduzi”) — Shapagʻ, - dedim unga, - katta toʻping qayerda? — Qoʻgʻirchoqlarimning oldida, nima qildi? — U yerda yoʻq-ku! — Ha… oʻlgur, sen olgandirsan, hozir berasan, ber. (Gʻ.Gʻulom) v) soʻkish-koyish bilan bog`liq boʻlgan vulgarizmlar. Bunday soʻz va iboralarda suhbatdoshlarning ichki hayajoni, ruhiy holati, g`azabi kuchli boʻladi: xoin, sotqin, vijdonsiz, ablah, iblis, isqirt, la`nati, benomus, iflos; esi og`moq (telbalanmoq), og`zi katta (kibr-havoli), nazari ilmaydi (mensimaslik) kabi. Masalan: “ U meni “chayqovchi”, dedi. Men uni “tantiq, satang”, deyman”. (Gʻ.Gʻulom) — Qoch vijdonsiz! Yoʻqol, iflos! Yuviqsiz!—dedi Muqaddam qichqirib. (Oʻ.Hoshimov); Qoratoy Mirzakarimboyning Gulnorga uylanmoqchi boʻlganligini eshitgach, jahli chiqib bunday dedi: — “Ha, noinsof, ha koʻppak, iflos qarg`a!” (Oybek); — Bilsang, seni nazarimga ham ilmas edim. Sen bilan birga yurgani odamlardan uyalardim. (Said Ahmad); — U kishi ilgari “Men Qamishkapaning ustuniman” deb chirangan og`zi kattalardan. (P.Tursun) — Hoy, juvonmarg zumrasha, tagʻin koʻchagami? Bu yoqqa kel, olovni joʻnashtirib ket, tutayberib koʻzimni koʻr qilayozdi. (Gʻ.Gʻulom) Inson tana a’zolari ham soʻzlashuv uslubimizda koʻchma ma’noli soʻz va birikmalar hosil qilgan. Masalan, oʻzbek soʻzlashuv nutqida qoʻllaniluvchi jigar soʻ-zi (toʻgʻri ma’noda inson, hayvon organizmining bir turi) umumnutqqa xoslangan soʻz boʻlib, koʻchma ma’noda “yaqin oʻrtoq”, “doʻst”, “joʻra”, “yaqin qarindosh”, “haqiqiy oʻzbek” kabi ma’nolarida oddiy soʻzlashuv nutqiga xoslangan birlikdir. “Tuyoq” soʻzi ham koʻchma ma’noda inson bolasiga ishora qiladi: — …Men oʻgʻlingning otini ehtiyot-shartdan Yodgor qoʻydim. Sendan qoladigan tuyoqqina. Yaxshi ham shu bola dunyoga kelib qolgan ekan… - deb yigʻlar edi. (Gʻ.Gʻulom) Soʻzlashuv uslubining oʻziga xos leksik xususiyatlaridan biri unda ijobiy yoki salbiy boʻyoqdor soʻzlarning keng qoʻllanishi, subyektiv munosabatni ifodalashga alohida e’tibor qaratilishidir. Ma’lumki, ma’nodosh soʻzlar til lugʻat tarkibida muhim oʻrin tutuvchi birliklardan, tilning ifoda imkoniyatlari kengligini koʻrsatuvchi vositalardan sanaladi. Sinonimik qatorni tashkil etuvchi birliklarning qoʻllanishida uslubiy xoslanish kuzatiladi. Masalan, tilimizda “yigʻlamoq” ma’nosini ifodalovchi bir qator soʻzlar mavjud. Bulardan obidiyda qilmoq soʻzi soʻzlashuv nutqiga xos boʻlib, salbiy munosabatni ifodalaydi. Masalan: Bir mahal eshikka yaqinroq joyda xotin kishi hiqilladi: — Ochilim, bolaginam... Bashor opaning zardali tovushi jimjit zalda qattiq yangradi: — Oʻgʻlingiz ish koʻrsatganiga suyunish oʻrniga obidiyda qilasiz-a, Lazakat xola! (Oʻ. Hoshimov) — Hadeb obidiyda qilavermang, oyi, men ham sizni xursand qilaman, deb yurgan edim-u, lekin onasi shu bolani tugʻdi-yu, oʻldi-da… Boʻlmasam, kelin desangiz arziguday kelin edi. (Gʻ.Gʻulom) Kiyim, libos, ust-bosh, engil-bosh, engil, egin sinonimik qatoridan libos soʻzi kitobiy uslubga xos, kiyim – uslubiy neytral, engil-bosh, engil, egin, ust-bosh soʻzlari soʻzlashuv nutqiga xos. Masalan: Yetti tilloning qoʻldan chiqish xabari Nigor oyimning qulogʻiga yetishgach, Anvardan ranjidi: “Hamma pulingni domlangga chakki beribsan, Anvar, ust-boshingni, koʻrpa-yostigʻingni, ortib qolsa Ra’no ukangning ustini tuzatishing kerak edi. Domlang tuflab tugishdan boshqani koshki bilsa!”— dedi.(A. Qodiriy) Koʻnmoq, rozi boʻlmoq, unamoq leksemalari ham sinonimik qatorni tashkil etadi. Unamoq leksemasi soʻzlashuv nutqiga xos. Masalan: “ Mulla Ikrom qiyiq odam boʻlganidanmi yoki kasbi shuni taqozo qilganidanmi murosaga unamadi”. (Oybek). Soʻzlashuv uslubida ayollar nutqida oʻziga xos erkalash ifodalovchi birliklar faol qoʻllanadi. Soʻzlashuv nutqida shunday fe’llar borki, oʻzining tub ma’nosidan yiroq-lashgan holda, faqat ijobiy yoki salbiy munosabatni ifodalashga xizmat qiladi, faqat pragmatik funktsiya bajaradi. Tushkur, tushmagur, qurgur, qurmagur, quling oʻrgilsin, xarom oʻlgur, aylanay, oʻrgilay kabi. Masalan: — Oʻrgilay , ovsinjon! Cholim oʻlgir yomon ish qildi. Shokirim bilan Zokirim urushga ketamiz degan ekan, xovliqma deb yoʻlga solish oʻrniga oʻzi yetaklab voenkomatga oboribdi. Hech kimga aytmay joʻnatib keldi. Bolalarim bilan rozi-rizolik ham tilasholmay qoldim. Ovsinjon! Oyim uni yupatishga urindi: — Nafasingizni issiq qiling , aylanay. Yurtga kelgan toʻy, mana Kimsanim ham ketdi-ku! Oʻtiribman yaratganga topshirib...(Oʻ. Hoshimov) Yoki: — Voy, ammang aylansin! Voy, ammang oʻrgilsin sendan! (Oʻ. Hoshimov) Qurgur // qurmagur soʻzi birikma tarkibida qoʻllanib norozilik ma’nosini hosil etadi39: “ Bundan tashqari, mosh qurgʻur, bilmadim, qaysi toshloqda bitgan ekanki, hadeganda ochila bermadi.” (Gʻ. Gʻulom) “Yigit qurgʻur sezib qoldi, poylab turib shartta bilagimdan ushladi-da, ma’shuqasiga qaradi.” (Gʻ. Gʻulom) Soʻzlashuv nutqida iboralar faol qoʻllanadi. Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat-holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning oʻziga xos obrazli ifodalari hisoblanadi. Masalan: “Niyatingiz yaxshi-ku, holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi-da, oʻrtoq Xoʻjayip.” (Oʻ. Hoshimov) “Chuchvarani xom sanabsan, Oqsoqol!” (Oʻ. Hoshimov). Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling