Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet6/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

- Qayerda turasan? - Najib Fotih xayrixohlik bilan soʻradi... – Qoʻqonlikmisan?
- Da!
- Qoʻqonda boʻlganman. Dadam Mirgulishonboy degan bilan muloqotda boʻlib turardilar!
- Iye, siz Fortih Sulton amakining oʻgʻlimisiz? Mirhoshim tortinishni ham yigʻishtirib qoʻyib, savdogarning yoniga keldi.
- Dadamni sen qayerdan bilasan? - dedi hayron boʻlib Najib Fotih.
- Dadam u kishining nomlarini koʻpincha tilga olardi. Makkai Munavvaraga ketishda va qaytishda Fotih Sulton amakinikiga tushishganini eshitgandim.
- Dadang kim?
- Aytdim deb oʻylabman, - shoshildi Mirhoshim, - Mirgulishonboyda!..
Tanishuv va tanishtiruv qoidalarini bilmaslik oqibatida kommunikantlar oʻrtasidagi muloqot koʻngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Bu, ayniqsa, telefon orqali boʻladigan muloqotlarda yaqqol seziladi.
Soʻzlashuv uslubiga xoslangan oddiy muomalaga oid soʻzlarga quyidagilarni kiritish mumkin: tuzuk, binoyiday, nozaninday, avliyo, poshaxon, bijildoq, kelishgan, xushqomat, almoyi-aljoyi, avom, vojib, gardun, gumbaz, xoʻjayin, doʻndirmoq, minnat, mirquruq, naynov, xoin, savil, tepsa tebranmas, karmon koʻtarmaydi, gumonasi bor, dumbul odam17 va boshqalar.
Nutqda shaxslarni atash, ularga murojaat qilish, ularni ta’riflash, chaqirishda ma’lum tartib va qoidalar mavjud. Soʻzlashuv uslubining xarakterli xususiyatlaridan biri keltirilgan qonun va qoidalardan chetga chiqish hollarining mavjudligidir. Har qanday obyekt (muammo) tasnif orqali oʻrganilgani kabi soʻzlashuv nutqi ham tasnif etilganda, oʻziga xos jihatlari yaqqolroq namoyon boʻladi.
N. I. Formanovskaya soʻzlashuv nutqini turli nuqtayi nazardan quyidagi turlarga boʻladi:
1. Kommunikantlarning makon va zamonga nisbatan holatiga koʻra:
yuzma-yuz (kontakt) – masofali (distant) nutq
2. Vositachilik qiluvchi "apparat”ning mavjud yoki mavjud emasligiga koʻra:
bevosita – bavosita nutq
3. Til birliklarining shakllanishiga koʻra:
ogʻzaki – yozma nutq
4. Soʻzlovchi va tinglovchi pozitsiyasiga koʻra:
dialogik – monologik nutq
5. Muloqot ishtirokchilari miqdoriga koʻra:
shaxslararo – ommaviy nutq
6. Muloqot shart-sharoiti va kommunikantlarning oʻzaro munosabatiga koʻra:
(xususiy) norasmiy – rasmiy nutq
N.I.Formanovskaya tasnifiga qoʻshilgan va ishimiz mohiyatidan kelib chiqqan xolda quyida ularning har biri haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Yuzma-yuz muloqotda kommunikantlar bir-birlarini nafaqat eshitib, balki koʻrib ham turganliklari bois vaziyat, imo-ishora va talaffuzga suyanib ish yuritadilar. Muloqotning bu turi aytilmoqchi boʻlgan fikrning xatti-harakat, koʻz va yuzlardagi ifodalar, talaffuz ohanglari yordamida adresatga tezroq va osonroq yetib borishligi bilan ajralib turadi.
Masofali nutqda makon va zamonga koʻra kommunikantlar oʻrtasida ma'lum bir masofa boʻladi. Muloqotning bu turiga telefon yoki xat orqali aloqa qilish (fikr almashish)lar kiradi.
Bevosita muloqot yuzma-yuz suhbat, ma'ruza kabi masofasiz muloqot bilan bogʻliq.
Bavosita muloqot turlariga telefon, telegraf, radio, televidenie kabi texnik vositalar; xat, gazeta kabi qogʻoz orqali boʻladagan aloqalar kiradi.
Ogʻzaki nutq oʻz belgilariga koʻra masofasiz, bevosita nutq turiga kirsa, yozma nutq masofali va bavosita nutq hisoblanadi18. Nutqning har ikki turi oʻziga xos qulaylik (afzallik) va noqulaylik jihatlariga ega. Jumladan, soʻzlovchi ogʻzaki nutqda oʻz fikrini murakkab grammatik qurilishlarsiz turli nolisoniy vositalar yordamida ancha erkin bayon etish imkoniga ega boʻlsa, yozma nutqni tahrir qilish orqali yanglish yozilgan fikrlarni toʻgʻrilash, matn ta'sirchanligini oshirish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.
Ogʻzaki va yozma nutq vaziyat, holat bilan bogʻliq holda adresatga turlicha ta'sir etadi. Jumladan, oʻqituvchi darsda, notiq ma'ruza paytida, guvoh sudda, sevishganlar uchrashuv paytida oʻz fikrini oʻqib bersa, bu matn qanchalik mazmundor boʻlmasin ta'sirsiz boʻladi. Ammo notiqning oʻsha mazmunli ma'ruzasi matbuotda e'lon qilinsa, uslub nuqtayi nazaridan u ma'ruza paytida oʻqib berilganidan koʻra adresatga kuchliroq ta'sir etishi mumkin.
Dialogik nutqda soʻzlovchi va tinglovchi oʻrni almashinib turada va nisbatan qisqaligi, sintaktik jihatdan ixcham va soddaligi, kommunikantlar bilim va saviyasining umumiyligi bilan oʻziga xoslik kasb etadi. Bunday muomalada kommunikantlarning bir-birlariga boʻlgan munosabati, odob-axloqi yaqqol koʻzga tashlanadi. Jumladan, oʻzbek soʻzlashuv nutqi me’yoriga koʻra yoshi, ilmi va boshqa ijtimoiy belgilari suhbatdoshinikidan quyi boʻlgan kishilar dialogik muomalada loʻnda va qisqa gapirishlari talab etiladi. Loʻnda va qisqa javob qaytarishda esa undov soʻzlar bizga yordamga keladi. Biz quyida undov soʻzlar haqida toʻxtalib oʻtamiz.
His-hayajon,buyruq-xitob, haydash-chaqirish ma’nolarini ifodalaydigan soʻzlarga undov soʻzlar deyiladi.
Undov soʻzlar ham xuddi modal soʻzlar kabi qoʻshimchalar olib oʻzgarmaydi. Undovlar boshqa soʻzlar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ba’zan kishilarning undov soʻzlar orqali ifodalangan his- hayajonini ,buyruq- xitobini tasvirlash uchun undov soʻzlarga fe’l soʻz turkumiga oid soʻzlarni qoʻshib, dod solmoq , oh urmoq, oh tortmoq, pisht demoq kabi yangi leksemalarni hosil qilamiz.
Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov soʻz turli ohang bilan talaffuz qilinib , turli xil ma’nolarni ifodalashi mumkin . Masalan:
1. Hay-hay , qanday mazali! (rohatlanish , zavqlanish );
2. Hay-hay , tegma! (buyurish);
3. Hay-hay , yigitlar, bu yoqqa! (undash , ta’kidlash);
4. Hay-hay , shakkoklik qilmang! (fikrdan qaytarish) 19va boshqalar.
Nutq jarayonida soʻzlovchilarning yoshi, nuqtayi nazaridan undovlardan foyda-lanish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, oʻzidan katta yoshdagilarga murojaat qilganda yoki ma’lum lavozimni egallangan shaxslarga uning qoʻl ostida ishlayotgan shaxslarga “hoy” deb murojaat etmaydi yoki “balli” undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov soʻz orqali baho berilmaydi20 .
Shuningdek, undovlar ogʻzaki soʻzlashuv, badiiy qisman publisistik uslubda keng qoʻllanib rasmiy va ilmiy uslubda qoʻllanish doirasi cheklangan. Ba’zan xat janrida ma’lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan oʻzaro maktublarda yoki ishqiy maktub-larda undovlar qoʻllanishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qoʻllanilmaydi. Sababi rasmiy doiralarning xatlari xar qanday ehtiroslardan xoli boʻladi.
Undov bilan qanday his-hayajon ifodalayotgani, koʻpincha, aniq boʻlmaydi; undovdan keyin (ba’zan oldin) keladigan jumlalarning mazmuni undov qanday his-hayajonni ifodalashini, qanday ohangda talaffuz qilinishini koʻrsatib turadi.
Ba’zi undovlar aniq bir his-hayajonni ifodalashga xoslangan boʻladi. Masalan, “be” undovi rozi boʻlmaslik, qoʻshilmaslik kabi his-hayajonni, “iya” undovi ajab-lanish kabi his-hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan “hoy” undovi ham aniq bir ma’noni ifodalaydi.
Koʻpchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his-hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi. Undovning turli ma’nolari deb talqin etiladigan bunday hodisa nutq sharoitida, kontekst(qurshov)da aniqlashadi. Masalan, “eh” undovi “sevinch”ni ifodalash uchun ishlatilsa, bir ohang bilan, “xafalik”ni ifodalash uchun ishlatilsa, boshqa bir ohang bilan talaffuz qilinadi. Ayni bir undovning bunday turli his-hayajonni ifodalashini yozuvda aks ettirish qiyin. Shu tufayli undov bilan yonma-yon keladigan jumla tarkibida undovning qanday his-hayajonni ifodalab kelayotganini aniqlashtiruvchi vositalar (leksemalar) ishlatiladi :
- Eh, qanday goʻzal manzara!

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling