Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet7/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

- Eh, natija kutilgandek boʻlmadi-da! (kundalik nutqdan)
Undovlarga xos ana shunday koʻp qirralilik ularni ma'no ifodalashiga koʻra tasniflashni qiyinlashtiradi.
Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma'no turi deb xitob birliklariga aytiladi . Bular his-hayajon birliklaridan keskin farq qiladi, biror harakatni qilish-qilmaslikka koʻrsatma beradi. Shunga koʻra ikkiga guruhlanadi:
1) harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar;
2) harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar.
1. Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlarning koʻpi hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatilishga xoslangan: chu , tss (otga), xix (eshakka), moh-moh (qoʻyga), tu-tu-tu (tovuqqa) kabi .
2. Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar ham, asosan, hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatishga xoslangan: dirr, tak (otga), ish (eshakka), xoʻsh (hoʻkizga), kisht (parrandaga) kabi.
3. Undovlarning alohida guruhi deb kishilar orasidagi muomala – murojaat birliklari keltiriladi21. Undovga aylanmagan, hali leksemalik xususiyatini saqlagan bu birliklar-ni undov turkumiga kiritish oʻta shartli boʻlib, quyidagicha ma'nolarni bildirish uchun xizmat qiladi :
1. Koʻrishishni, xayrlashishni bildiradi: Assalomu alaykum, assalom, salom, vaalaykum assalom, xayr kabi .
2. Tabrik, istak, minnatdorlik va unga javobni bildiradi: hormang – bor boʻling , salomat boʻling; qutlugʻ boʻlsin – qulluq; rahmat – arzimaydi kabi.
3. Biror faoliyatni koʻtarinki ijobiy baholashni bildiradi : balli , barakallo, ofarin kabi.
Demak,undovlarni shartli ravishda uch turga ajratish oʻrinli. Koreys tilshunoslari ham undovlarni 3 turga ajratgan ekanlar:
1)emotsional undovlar;
2)xohish –istak undovlari;
3)rasm-odat undovlari.
Oʻzbek tilida ham nutqiy odat(rasm-odat) undovlari koʻp uchraydi. Undovlarning bu turi nutqimizda tez-tez ishlatilib, odatga aylanib qolgan undovlardir. Bular oldingi ikki turdagi undovdan hech qanday grammatik ma’nosi yoʻqligi bilan ajralib turadi. Nutqiy odat undovlari ba’zan hech qanday hissiz, oʻylovsiz oddiy soʻzlashuvdagi undovlar tarzida, ba’zan esa oʻylagan fikr va gapini tez ifodalay olmay, duduq-langanga oʻxshagan hech qanday ma’nosiz ovoz chiqarish holida ham keladi:
-Haligi, ana u bor-ku.
-Imm, nima qilsam ekan?(kundalik nutqdan)
Bulardan tashqari quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim manbalarda nutqiy odat undovlari deb ataladi) tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, allo, eshitaman, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va hokazolar.
Urf-odatlarini yana ichki mazmuniy guruhlarga boʻlish mumkin:
1. Salomlashish: Salom, assalomu alaykum.
Hey, – dedi Hoji bobo, – devorga suyab qoʻygan kurakdek nega serrayib turibsan, amakilaringga salom berib, bu yoqqa chiq, bolam, ha, shunday boʻladi.
Assalomu alaykum! – deb tortinibroq yuqori chiqdim .(Gʻ.Gʻulom)
2. Xayrlashish undovlari: xayr, alvido, koʻrishguncha. Bu sinonimik qatorda “koʻrishguncha” va “xayr” undovlariga qaraganda “alvido” soʻzida boʻyoqdorlik kuchliroq. Chunki bu undov qayta uchrashmaslik, bir umrga xayrlashishga ishora qiladi:
1. “Alvido, bolalik!” (Tohir Malik asarini ham shunday nomlagan)
2. “Alvido, Gulsari!” (Chingiz Aytmatov ot haqida yozgan asariga shunday nom bergan)
3.Taklif qilish undovlari: Qani marhamat, marhabo, keling kabi.
4.Ragʻbatlantirish : barakalla, balli, ofarin, qoyil-ey, yashang kabi.
5.Qutlugʻlash undovlari: qutlugʻ boʻlsin, qulluq boʻlsin, muborak boʻlsin.
6.Mehnat undovlari: hormang, charchamang.
7.Minnatdorlik undovlari: rahmat, tashakkur.
8.Tasanno undovi : ofarin, bale, balli ,barakalla undovlaridan kuchliroq ma’no beradi, hissiy boʻyogʻi koʻp.
Nutqiy odat birliklari soʻzlashuv,badiiy uslublarda yetakchilik qiladi. Ba’zan rasmiy va publitsistik uslublarda ham koʻzga tashlanadi. Misol uchun Prezidentga yoʻllanadigan tabriklar.
Dramatik asarlarda ham nutqiy odat soʻzlari koʻp uchraydi (nutqiy vaziyat, qahramonlar holatida kuzatish mumkin).
Nutqiy odat birliklari ijobiy va salbiy boʻyoq tashiydi.
“Hormang” degan undovni olaylik. Unda ham ijobiylik, ham salbiy ma’no (piching, kinoya)ni anglash mumkin. Masalan:
1. Hormang, mulla aka,ahvollar yaxshimi?
2.’’Hormasinlar’’ , yangi ishlarga koʻnikiiiiiib… (kundalik nutqdan)
Birinchi gapda ragʻbat, qoʻllab-quvvatlash ma’nosida kelgan boʻlsa, ikkinchi gapda kinoya, kesatiq mazmunini bermoqda.
Ayrim undovlarning variantdoshlari ham uchraydi. Masalan, “balli” undoviga “bale” undovi muqobil boʻla oladi. Soʻzlashuvda “balli” ishlatilsa,badiiy asarlarda “bale” tarzida namoyon boʻladi. Masalan, Hamzaning ‘’Vatan’’ she’rida naqorat qismida “bale” undovi ishlatilgan:
“ … Sensan bale bilganlara jonlarning jononi Vatan!” (H.H.Niyoziy)
“Barakalla” undovi oʻrniga ”barakallo” (tarixiy variantda) undovini qoʻllasa boʻladi.Bu undovlar koʻpincha katta yoshlilar tomonidan kichiklarni ragʻbatlantirish maqsadida aytiladi.
Badiiy asarlarda nutqiy odat birliklarining qoʻllanishiga misollar keltiraylik:
Birdan harsillab, tez kelayotgan Iskandarovni tasodifan koʻrib qoldi.
E,hormang! – dedi Ahmad Husayn salom berib. (Oybek)22
Qani, marhamat, marhamat, buyursinlar, – dedi koʻzoynakli,ellik yoshlarda muloyim, xushmuomala, yevropacha kiyingan bir kishi.
Qani eshitaylik!
Ofarin, ofarin, – dedi Ahmad Husayn mamnun holda. (Oybek)23
Toʻgʻri, ofarin, barakalla! – guldiradi majlis. (Oybek)
Rahmat, shoshilishning hojati yoʻq.
Marhamat, e janob, kelsinlar. (Oybek)
Biz shu doʻkonga boramiz.Sobir baqqol ohangdor mayin ovozda: “Barakalla, azamatcha, buvalari toʻylarini koʻrsin”, – deb meni erkalab qoʻyadi. (Oybek) 24.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling