Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet4/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Tadqiqot metodlari: Mavzuni yoritishda qiyosiy-tarixiy metod, qiyoslash, tasniflash metodlaridan foydalanish oʻrinli.
Dissertatsiyaning nazariy va amaliy amaliyati: Magistrlik dissertatsiyasi tilshunoslikning nutq madaniyati , psixolingvistika, sotsiolingvistika va paraling-vistika fanlariga manba boʻla oladi.
Ishning joriylanishi: Mavzu yuzasidan ilmiy toʻplamlarda 3 ta maqola e’lon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va umumiy hajmi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning hajmi 87 sahifani tashkil qiladi.
I BOB. OʻZBEK TILIDA NUTQIY ODAT BIRLIKLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
1.1. Nutqiy odat birliklari, xususan, undov soʻzlarning leksik-semantik tasnifi. Bizga tilshunoslik fanidan ma’lumki, soʻzlarni turkumlarga ajratish, soʻzlarni tasniflash borasida hind tilshunoslari tamal toshini qoʻydi. Ular morfologiyaning oʻrganish obyekti sifatida soʻzlarni turkumlarga ajratish , ularning yasalishi va oʻzgarishini tushunganlar . Hindlar toʻrtta soʻz turkumini ajratadilar: ismlar, fe’llar, oldkoʻmakchilar va yordamchilar. Shu tasniflarga hamohang yunonlar ham soʻzlarni oʻxshash va farqli jihatlariga koʻra soʻz turkumlariga ajratadilar. Yunon tilshunosi Aristotel sakkizta soʻz turkumi haqida fikr yuritdi:
1) ism;
2) fe’l;
3) sifatdosh;
4) a’zo(artikl) ;
5) olmosh;
6) koʻmakchi;
7) ravish;
8) bogʻlovchi9.
Rus tilshunoslari ham soʻzlarni turkumlarga oʻziga xos usulda ajratgan. Oʻzbek tilshunoslari soʻz turkumlarini quyidagicha tasniflashadi:
1. Mustaqil soʻzlar: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l.
2. Yordamchi soʻzlar: bogʻlovchi, koʻmakchi, yuklama.
3. Alohida xususiyatga ega soʻzlar: undov, taqlid va modal soʻzlar. Ayrim manbalarda undov, taqlid va modal soʻzlarni oraliqdagi soʻzlar deb ham yuritiladi10.
Oʻzbek tilida soʻz turkumlari va nutqiy odat birliklarining shakllanishini oʻrganishda biz etnolingvistika faniga murojaat qilamiz. Sababi, etnolingvistika – antropotsentrik tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri boʻlib, til va til egalari munosabatlarini hamda til hodisalaridagi til va etnik madaniyatga xos omillarni oʻrganadi. Etnolingvistika til va til egalari madaniyatiga asoslanib ish koʻradi. Shuningdek, etnolingvistika qatorida antropolingvistika, etnosemantika kabi yoʻnalishlar tilshunoslik sohasiga aloqador boʻlib, til va madaniyatning oʻzaro munosabatlarini tekshirish bilan shugʻullanadi. Etnolingvistika XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida AQShda mahalliy qabilalarning etnografik xususiyatlarining tadqiq qilinishi natijasida shakllanganligi manbalarda aytib oʻtilgan. Ma’lumki, til insoniyat kashf etgan eng muhim va buyuk kashfiyotlardan biri11 sanaladi. Til ongli mavjudot boʻlmish inson aql-zakovati mahsuli, ijtimoiy munosabat va taraqqiyotning birlamchi omili sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kungacha inson tili va uning hodisa, qonuniyatlari, shakllanish hamda taraqqiyot bosqichlari, alohida tillarga xos xususiyatlar yuzasidan koʻplab tadqiqotlar, izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan, oʻtgan asrning boshlaridan boshlab oʻzbek tili va uning hodisalari, grammatik qonuniyat va xususiyatlari yuzasidan ham chuqur ilmiy tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ana shu izlanish va tadqiqotlar natijasida tilimizning bebaho qiyofasi, oʻzigagina xos boʻlgan tabiati, imkoniyatlari ochib berilmoqda, ular tufayli ona tilimizning keng imkoniyat va xazinasi haqida chuqur taassurotlarga ega boʻlmoqdamiz. Biroq insoniyat tili, shuningdek, alohida tillarga xos jihat va qonuniyatlar yuzasidan olib borilgan kuzatish va talqinlarga qaramay, hanuzgacha birorta til va uning oʻziga xos tabiati, nutqiy imkoniyatlari, til va tafakkur, til va madaniyat, til va jamiyat kabi hodisalarning oʻzaro munosabatlari toʻlaligicha ochib berilmaganligi, til bilan bogʻliq barcha masalalar oʻz yechimini toʻla topmaganligi ma’lum. Bunga esa tilning murakkab hodisa ekanligi, hatto tilning amaliy shakli sanaladigan nutqning ham murakkab tabiatga egaligini sabab qilib koʻrsatish mumkin.
Sotsial vazifa belgilari sifatida dastlab nutqiy me’yor tushunchasi ajratib olinadi. Soʻzlovchining doimiy ijtimoiy vazifasi rasmiy munosabat belgilariga ega boʻladi. Bunga koʻra soʻzlovchi oʻzi bajarib turgan kasb nuqtayi nazaridan boshliq, kasbdoshlari hamda xodimlariga nisbatan rasmiy munosabatni ifoda etuvchi til va nutq elementlaridan foydalaniladi. Bu etapda uning huquq va majburiyatlari faqat rasmiy ohangni talab etadi. Hamma sotsial vazifada boʻlganidek, bunda ham soʻzlash ohangi, harakatlanish tempi, ayniqsa, imo-ishora tili oʻta darajada shakllangan boʻladi. Soʻzlashuvchilar oʻrtasidagi bunday munosabat sotsial aspektga koʻra mutanosib munosabat deb hisoblanadi, biroq bu nutqiy munosabatning mazmuniy aspekti nomutanosib munosabat ekanligini isbot etadi. Soʻzlashuvchilar orasidagi huquq va majburiyatga koʻra har qanday shaxs rasmiy ohangdan foydalangani holda nutqda hokimlik va itoatkorlik elementlari buyruq hamda boʻysunish kabi nutqiy aktlarni yuzaga chiqaradi. Har qanday rivojlangan tilda sotsial vazifalarni bajarishga xizmat qiluvchi til elementlari mavjud boʻladi. Soʻzlashuvchilar ana shu til elementlaridan foydalanib, oʻzlari bajarib turgan sotsial imkoniyatlarini nutq orqali bayon etadilar. L.P.Krisin nutqiy aloqa-aralashuv va soʻzlovchilarning sotsial vazifalari haqida soʻz yuritib, aloqa-aralashuv vaziyatida ishtirok etuvchilar nutqini ikki guruhga ajratadi:
1. Mutanosib nutq.
2. Nomutanosib nutq12.
Mutanosib nutqiy muloqotda hatto jins, yosh nuqtayi nazaridan ham bir xillik talab qilinadi:
Salti endi gap ochd:.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling