1-Amaliy mashg'ulot. Modda molekulalardagi bog'lanish turlari. Umumiy tushunchalar


Download 32.58 Kb.
bet6/7
Sana08.11.2023
Hajmi32.58 Kb.
#1754373
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot. Modda molekulalardagi bog\'lanish turlari. U-www.fayllar.org

2.5. Vodorod bog’lanish

Yuqorida ko’rib o’tilgan ion, kovalent, donor-aktseptor kabi bog’lanishlar kimyoviy bog’lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog’lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog’lanish xili - vodorod bog’lanish hamda molekulalararo tortishish kuchlari (Van-der-Vaals kuchlari) ham mavjud. Orientatsion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi V, VI va VII guruh metallmaslarining vodorodli birikma(gidrid)larining qaynash haroratini o’rganish natijasida nazariya bilan tajriba orasida nomuvofiqlik mavjudligi aniqlangan. Chunonchi НF, Н2О va NH3 ning qaynash harorati kutilgandan yuqoriroq bo’lib chiqqan. Н2О ning qaynash harorati Н2S ning qaynash haroratidan pastroq bo’lishi kerak edi, chunki moddalarning qaynash harorati ularning molekulyar massasiga propotsionalligi juda ko’p hollarda kuzatiladi. Shuningdek, HF ning qaynash harorati HCI nikidan, NH3 niki esa РН3 nikidan past bo’lishi lozim edi. Lekin tajriba buning teskarisini ko’rsatadi. Buning sababini vodorod bog’lanish nazariyasi bilan izohlash mumkin. Chunki vodorod bog’lanish borligi tufayli НF, H2O, NH3 moddalarining molekulalari o’zaro tortishib yiriklashgan, ya‘ni (HF)n , (H2O)n, (NH3)n holatida bo’ladi. Shunga ko’ra vodorod ftorid, suv va ammiakning qaynash harorati yuqoridir.


Vodorod bog’lanishning asosiy mohiyati shundan iboratki, biror modda molekulasida ftor, kislorod, azot kabi elektrmanfiy elementlarning atomlari bilan birikkan bir valentli vodorod atomi yana boshqa ftor, kislorod va azot atomlari bilan kuchsiz bog’lanish xususiyatiga ega. Buni quyidagi misollardan oson tushunish mumkin. Masalan, НF da Н atomi elektroni ftor atomi tomon siljigani tufayli u shartli ravishda musbat zaryadga ega bo’lib qoladi, ya‘ni vodorod ioni hosil bo’ladi deyish mumkin.
Boshqa ftor yoki kislorod atomining juft elektronlari vodorod ionini o’ziga tortadi, natijada vodorod atomi ikki tomondan bog’lanib qoladi:
Н – F … H – F ,
umuman (HF)n, bu yerda n = 2, 3, 4, 5, 6 bo’lishi mumkin.



Download 32.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling