1-amaliy mashg’ulot nanobiotexnologiya – biologiyaning rivojlanishini yangi bosqichi Nanodunyoni tashkil qiluvchi biomakromolekulalar Dars maqsadi
RNK strukturasining o‘ziga xosligi va uning sayyoramizni eng qadimgi
Download 46.25 Kb. Pdf ko'rish
|
1-AMALIY MASHG’ULOT nano
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Oqsil moddalarni tuzilishi va funksiyalari rejasiga yo’nalish.
- 5. Oqsillarni modifikatsiyasi rejasiga yo’nalish.
3. RNK strukturasining o‘ziga xosligi va uning sayyoramizni eng qadimgi
nanosanoatidagi roli rejasiga yo’nalish. Hujayradagi umumiy RNK ni 10 % ini tashkil qiladi. Genetik axborotni realizatsiyasi davrida har bir tRNK ma’lum aminokislotani o‘ziga bog‘lab oladi va ribosomaga, ya’ni oqsil sintez bo‘ladigan joyga tashib boradi .Ribosomal RNK (rRNK) hujayra RNK larining 85 % ni tashkil qiladi. rRNK ribosomalar tarkibiga kirib, strukturali funksiyani bajaradi. Bundan tashqari, rRNK ribosomaning faol markazini shakllanishida qatnashadi. RNK ning kimyoviy strukturasi. Ribosomalar yer yuzida bundan 3 mlrd yillar oldin paydo bo‘lgan va eng qadimgi nanofabrika deb tan olingan. Odam organizmi o‘zida mana shunga o‘xshagan nanofabrikalarni birnecha yuz trillionlarini saqlaydi. Ribosomalarda hujayra yadrosidagi iRNK olib kelayotgan loyihalarni nusxalari asosida organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillarni barchasi sintez bo‘ladi. 4. Oqsil moddalarni tuzilishi va funksiyalari rejasiga yo’nalish. Ikkalamchi struktura – polipeptid zanjirini o‘ng tomonga qarab buralgan α-spiraldan shakllanadi. Bu struktura har xil aminokislotalarni – CO – NH – guruhlari orasida shakllangan vodorod bog‘lari natijasida kelib chiqadi. Ko‘p oqsillarda polipeptid zanjirlar qiyshayib, o‘ziga xos ravishda o‘raladi va noto‘g‘ri dumaloq strukturaga – globulaga aylanadi.Globulani mustahkamligi aminokislotalarni radikallari orasida shakllanadigan har xil bog‘lar (disulfid, ion, vodorod va gidrofob) bilan ta’minlanadi. Oligomer (multimer) oqsillar to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘ladi. Bunday oqsillar bir necha polipeptid bog‘laridan iborat bo‘ladi. Polipeptidlar o‘zaro gidrofob munosabatlar, vodorod va ion bog‘lari orqali bog‘lanadi. 5. Oqsillarni modifikatsiyasi rejasiga yo’nalish. Oqsillarni murakkab kimyoviy moddalar sifatida noyob bo‘lgan xususiyati, ularni o‘zo‘zidan tashkil bo‘lish xususiyatlari bilan bog‘liq. Oqsil molekulalari o‘z-o‘zidan tabiiy (nativ) uchlamchi struktura holatiga kirib olishi, ularni faoliyat ko‘rsatishida katta ahamiyatga ega. Ribosomada oqsillarning tabiiy holatining ko’rinishi Oqsil molekulalarini o‘z-o‘zidan ma’lum holatga kirishi (samoorganizatsiya) Har bir aminokislota qoldig‘i 10 ga yaqin variantda uchlamchi tuzilishga (konformatsiyaga) ega. 100 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan polipeptid zanjiri -10100ga bo‘lgan konformatsiya hosil qilishi mumkin. Oqsil molekulasining globula hosil qilishning oraliq bosqichi Globulyar oqsillarni o‘zini-o‘zi tashkil qilish (samoorganizatsiya).Olimlar laboratoriya sharoitida denaturatsiyaga uchragan oqsillarni (o‘zini tabiiy konformatsiyasini yo‘qotgan oqsil) boshqatdan o‘z xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatib berganlar. Oqsil agregatlarini va ko‘p qavatli oqsil plyonkalarini nanobiotexnologiyada ishlatish bo‘yicha istiqbolli loyihalar paydo bo‘ldi.Glikoproteinlarni molekulasi gidrofob (oqsil) va gidrofil (uglevod) qismlardan tashkil topgan. Bunday molekulalar suvga tushganida o‘z-o‘zidan dumaloq shakldagi nanostrukturaga aylanib qoladi. Modifikatsiya qilingan glikoprotein oqsilini molekulasi (rasmda chap tomonda) gidrofob (1) va gidrofil (2) uchastkalarga ega. Bunday molekulalar suvli eritmada o‘z-o‘zidan membranali nanopufakchalarga yig‘ilib oladi (rasmda o‘ng tomonda) Glikoproteinlarni mana shu xususiyatlarini ishlatib, olimlar sun’iy membranali nanopufakchalar sintez qilishga erishdilar. Bunga o‘xshagan nanopufakchalar tirik organizmda moddalarni maqsadli yo‘naltirish uchun yetkazuvchilar sifatida ishlatilishlari mumkin. Download 46.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling