1-amaliy mashg’ulot nanobiotexnologiya – biologiyaning rivojlanishini yangi bosqichi Nanodunyoni tashkil qiluvchi biomakromolekulalar Dars maqsadi


Download 46.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi46.25 Kb.
#1549139
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-AMALIY MASHG’ULOT nano



1-AMALIY MASHG’ULOT 
Nanobiotexnologiya – biologiyaning rivojlanishini yangi bosqichi 
Nanodunyoni tashkil qiluvchi biomakromolekulalar 
Dars maqsadi: biologiyaning rivojlanishini yangi bosqichlari va 
nanodunyoni tashkil qiluvchi biomakromolekulalar haqida tushuncha hosil qilish. 
Dars vazifasi: Oligomer tabiatga ega bo‘lgan fermentlarni tuzilish modeli 
Dars jarayonining mazmuni: 
1. Tirik sistemalarning tuzilishini ko‘p bosqichliligi 
Tirik tabiatni evolyutsiyasi davomida tirik sistemalarni ierarxiyasi (bir-biriga qaramlilik, 
tabiiylik) shakllandi. Bu tirik organizmlarni tuzilishini ko‘p bosqichliligida namoyon bo‘ladi. 
Yuqoriroq darajadagi hayotiy jarayonlar o‘zidan past bo‘lgan darajadagi strukturalar bilan 
ta’minlanadi. Tiriklikni har-bir bosqichi o‘zini struktura – funksional birligi bilan 
xarakterlanadi. Bu birlikni sistemani tarixiy o‘zgarishi muayyan darajada evolyusion 
jarayonlarni mohiyatini aniqlab beradi. Har bir bosqichda hayotni asosiy xususiyatlari 
namoyon bo‘ladi. Bu bosqichlar nimalar? Ularni o‘ziga xos xususiyatlari nimalar? Tiriklikni 
boshlang‘ich bosqichi (eng chuqur bosqichi) molekulyar bosqich hisoblanadi. Bu bosqichni 
struktura – funksional birligi bo‘lib, biomolekula (1-rasm) yoki biopolimerlar (nuklein 
kislotalar, oqsil moddalar, polisaxaridlar molekulalari) hisoblanadi. Bu bosqichda hayot va 
faoliyatni eng muhim jarayonlari amalga oshadi: irsiy axborotlarni saqlanishi va uzatilishi
modda va energiya almashinuvi, nafas olish va boshqalar. Biomolekulalardan nadmolekulyar 
strukturalar shakllanadi. Subhujayrali bosqich (darajasi) molekulyar va hujayra bosqichlari 
orasidagi o‘tuvchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqichning birligi – tirik sistemaning 
nadmolekulyar strukturalari hisoblanadi (elementar biologik membrana, organoidni sub 
bo‘lakchalari, organoidlar). Bu bosqichda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlarda namoyon 
bo‘ladi. Hujayra bosqichi (darajasi) – hujayralarga mustaqil organizmlar (bakteriyalar, sodda 
hayvonlar) hamda ko‘p hujayrali organizmlarni hujayralari sifatida qarash bosqichi 
hisoblanadi. Hujayralar biosintez, oziqlanish, nafas olish, rivojlanish, ko‘payish kabi 
xususiyatlarga ega bo‘lganligi tufayli, ular tirik tabiatni tashkil bo‘lishida asosiy struktura 
bo‘lib xizmat qiladi . 

Download 46.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling