1-amaliy mashg’ulot. Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri


Download 18.84 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi18.84 Kb.
#1241085
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot. Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri.


1-amaliy mashg’ulot. Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri.
Rеjа:

  1. Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri. Хаlqаrо dеklаrаtsiya vа kоnvеntsiyalаr.

  2. O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining qo’llanilisi va kelajagi.



Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri. Хаlqаrо dеklаrаtsiya vа kоnvеntsiyalаr.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishining mavjud pog‘onasida energiya iste’moli faqatgina organik yoqilg‘ilar, gidroenergiya va atom energiyasidan foydalanish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Lekin ko‘p sonli tadqiqotlar natijasiga ko‘ra organik yoqilg‘i yaqin kelajakda dunyo energetikasining ehtiyojlarini qisman qoniqtira oladi. Energiya iste’molining qolgan qismi boshqa – noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoniqtiriladi.
BMT bosh assambeyasi №33/148-son rezolyusiyasiga (1978 yil) muvofiq noan’anaviy va yangi hosil bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol, geotermal, dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil bo‘luvchi energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slaneslar, bitumsimon qumliklar, katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Res­publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalarning muhim tarkibiy qismi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalasiga qaratilgani ham bejiz emas.
Prezidentimizning 2017 yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat 2017-2021 yillarda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Unga ko‘ra, yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, 2025 yilga kelib elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasini 12,7 foizdan 19,7 foizga yetkazish ko‘zlangan. Bunda gidroelektrostansiyalar ulushini 12,7 foizdan 15,8 foizga, quyosh energetikasini 2,3 foizga, shamol energetikasini esa 1,6 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, qarorga asosan, 2017-2025 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 5,3 milliard dollar bo‘lgan 810 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mavjud salohiyatni ishga solish energetika tarmog‘ini diversifikatsiyalashni ta’minlab, uzoq muddatli va barqaror energiya ta’minoti darajasini ko‘tarishda yordam beradi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tabiiy gaz va ko‘mir iste’molini kamaytirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga, uglevodorod xomashyolarini yoqish oqibatida chiqariladigan zararli gazlar hajmini kamaytirishga olib keladi. Shuningdek, sayyoramizda iqlim o‘zgarishini keltirib chiqarayotgan zararli chiqindilarning paydo bo‘lishi ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha xalqaro majburiyatni bajarishga ham xizmat qiladi.
Darvoqe, kelajakdagi iqtisodiyotimiz taraqqiyotini innovatsion texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda ham muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ahamiyati beqiyos.
Ko‘mir, tabiiy gaz, neft va uran kabi qazilma boyliklar energetikaning asosi hisoblanadi. Biroq ushbu zaxiralar yildan yilga kamayib boryapti. Qayta tiklanuvchi hamda yangi energiya manbalarini o‘zlashtirish kelgusi avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlab qolish va ekologiyani yaxshilash imkonini beradi.
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyati 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Texnik imkoniyatlar esa 182,32 million tonna neft ekvivalentini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha yiliga qazib olinadigan birlamchi energetika zaxiralarining hozirgi hajmidan uch baravar ko‘pdir. Bugungi kunda mazkur salohiyatning atigi 0,31 foizigina o‘zlashtirilgan, xolos.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan shu yil 3 mayda ma’qullangan hamda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun joriy yil 22 maydan kuchga kirdi.
Qonunga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilariga imtiyoz va preferensiyalar berilgan. Jumladan, QTEMdan energiya ishlab chiqarish uskunalari bo‘yicha mol-mulk solig‘i, ushbu uskunalar o‘rnatilgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i, ular ishlab chiqarayotgan energiya 10 yil muddatga “O‘zbekgidroenergo” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar sotayotgan energiya qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Uskunalar ishlab chiqaruvchisi davlat ro‘yxatidan o‘tkizilgandan 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
Hujjatga ko‘ra, o‘z ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi va issiqlik energiyasi, shuningdek, biogaz va biomassa ishlab chiqarishda ruxsat beruvchi hujjatlar talab qilinmaydi.
Muxtasar aytganda, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimiz miqyosida aholini elektr quvvati bilan ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi shubhasiz.
2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025 yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda.
O‘zbekiston hududida BMT Rivojlanish Dasturi loyihalari doirasida o‘tkazilgan fotoelektrik stansiyalar va suv isitish uchun mo‘ljallangan gelioqurilmalar sinovini bunday qurilmalardan chekka aholi punktlaridan foydalanish ehtimoli va maqsadga muvofiqligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Xorijda ishlab chiqarilgan ikkita fotoelektrik stansiyalar Qoraqalpog‘istonning Qorauzoq va Taxtako‘pir tumanlariga va Toshkent OAJ “Foton”da ishlab chiqarilgan 45ta qurilma Kostruba poselkasiga o‘rnatildi va buning natijasida mahalliy aholi turmush tarzi yaxshilandi, hamda ichimlik suvi uchun sarf bo‘ladigan mehnat ancha yengillashtirildi. Endi aholi uskunalaridan foydalanib, quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirishlari, televizor ko‘rishlari, radiopriyomnik eshitishlari va ichimlik suvini nasoslar orqali 20 m chuqurlikdan chiqarishlari imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi kunda noan’anaviy energetikaga hududiy va mahalliy ma’muriyat qiziqishi ortib bormoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya hamda energiya va resurslarni tejash sohasidagi ko’pgina boshqaruv xujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 26.05.2017yil № 3012-sonli «2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi» to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.08.2017 y. № 3238 «Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning 5 maydagi № 2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi.

Download 18.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling