1-amaliy mashg’ulot. Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri


O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining qo’llanilisi va kelajagi


Download 18.84 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2023
Hajmi18.84 Kb.
#1241085
1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot. Qаytа tiklаnuvchi vа qаytа tiklаnmаydigаn tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnish huquqiy vа mе’yoriy аsоslаri.

O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining qo’llanilisi va kelajagi
Yurtimiz qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda ulkan salohiyatga ega. Negaki, o‘lkamizda yilning 300 ga yaqin kuni quyoshli. Bu esa quyosh energiyasi ishlab chiqarish uchun yaxshi imkoniyatdan darak.
Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko‘magida quvvati 130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilib ishga tushirilgan bo‘lsa, Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiya­larini qurish hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 750 kVt bo‘lgan tajribaviy shamol energoqurilmasini barpo etish loyihalari ham istiqbolda mamlakatimiz umumiy energetika tarmog‘ida muqobil energiya manbalari hissasini oshiradi, albatta.
2020-2030 yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalari orqali elektr energiya ishlab chiqarishga, ayniqsa quyosh energiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Ushbu loyihalar faqat sarmoyadorlar - mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Qayta tiklanadigan energetikaning rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida 2020-2030 yillarda 3 GVt shamol va 5 GVt quyosh yelektr stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan QTEMlarning har yili foydalanishga topshiriladigan quvvatlarining maqsadli parametrlari belgilangan.
Shamol energetikasida asosiy e’tibor xar birining quvvati 100-500 MVt bo‘lgan yirik shamol elektr stansiyalarini tashkil etishga qaratiladi, ularning asosiy qismi Shimoli-g‘arbiy mintaqada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati) joylashtiriladi.
Quvvati 100-500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari asosan markaziy va janubiy viloyatlarda (Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryoviloyatlari) joylashtirish ko‘zda tutilgan. Biroq, respublikaning boshqa mintaqalarida 50-200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari quriladi. Shu bilan birga, yirik quyosh fotoelektrik stansiyalari (300 MVt dan ortiq) o‘zgaruvchan ishlab chiqarishni barqarorligini va energotizimda iste’molning tig‘iz soatlaridagi maksimal yuklamani tartibga solishni ta’minlash uchun sanoat miqyosida energiya saqlash tizimlari bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.
O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining katta salohiyatiga ega. Bu qariyb 51 milliard t.n.e. miqdorida baholanmoqda. Bugungi kunda dunyodagi mavjud texnika va texnologiyalar 179 million t.n.e. foydalanish imkonini beradi.
Respublikaning qayta tiklanadigan energetika sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish maqsadida, 2020-2022 yillarda, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda "Build-own-operate" modelidan foydalangan holda investorlarni aniqlash bo‘yicha tenderlar (tenderlar va kim oshdi savdolari) o‘tkaziladi, ular bilan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha uzoq muddatli (25 yilgacha) shartnomalar tuziladi.
Shu bois, 2020 yilda xalqaro moliya institutlarning (Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) texnik ko‘magi bilan Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 600 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari qurilishi uchun tenderlar o‘tkaziladi va quyosh energiyasiga boy respublikaning boshqa mintaqalarida umumiy quvvati 800 MVt bo‘lgan FES, shuningdek, QTEM qurish uchun tenderlar e’lon qilinadi.
Download 18.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling