1-Amaliy mashg’ulot. Shaharlarning geografik o‘rniga baho berish Maqsad
Download 14.89 Kb.
|
Amaliy Mashg\'ulot - 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar
1-Amaliy mashg’ulot. Shaharlarning geografik o‘rniga baho berish Maqsad: Shaharning dunyo, mamlakat yoki rayonda tutgan o‘rni, funksiyalari va rivojlanish yo‘nalishlariga geografik o‘rinning ta’sirini o‘rganish. Vazifalar: 1.Tanlab olingan shaharning matematik geografik o‘rnini, ya’ni geografik koordinatalarini toping. Xuddi shu kenglik va uzoqlikda yana qaysi yirik shaharlar joylashganini va ular orasidagi masofani aniqlang. 2.Tanlab olingan shaharning tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rnini aniqlang: tabiiy-geografik o‘rni (iqlim mintaqalari, tog‘ tizmalari, suv havzalari, shamol yo‘nalishlari, yog‘ingarchilik rayonlariga va b.ga nisbatan tutgan o‘rni). transport-geografik o‘rni (dengiz yo‘llari, temir yo‘llar, yirik magistral yo‘llarga nisbatan tutgan o‘rni, transport tuguni, shahar-ko‘prik, shahar “darvoza” va b. tipga mansubligi). sanoat-geografik o‘rni (energiya, xom ashyo, qayta ishlovchi sanoat rayonlariga nisbatan tutgan o‘rni); agrogeografik o‘rni (intensiv qishloq xo‘jaligi rayoni, qishloq xo‘jalik xom ashyosi va uni qayta ishlovchi sanoat korxonalariga nisbatan joylashishi) demogeografik o‘rni (aholi soni, mehnat resurslari, malakali kadrlar, ayollar mehnati yoki erkaklar mehnati mujassamlangan hududlarga nisbatan tutgan o‘rni). iste’molchi rayonga, bozorlarga nisbatan tutgan o‘rni. 3. Shaharning umumiy (integral) geografik o‘rnini aniqlang: - areallarga nisbatan-(markaziy, ekssentrik, periferik) - chiziq va nuqtalarga nisbatan (chegara, qo‘shni shaharlarga, poytaxtga, shahar tizimlari ichida tutgan o‘rni). 4. Shahar ta’sir etayotgan hududning o‘lchamiga ko‘ra o‘rnini aniqlang: - mikrogeografik o‘rin (shahar o‘zi va atrofining geografik o‘rni); - mezogeografik o‘rin (viloyat yoki iqtisodiy rayon doirasida); - makrogeografik o‘rin (iqtisodiy rayonlar, mamlakatda). - megageografik o‘rin (mintaqa, qo‘shni davlatlar, qit’a yoki dunyoda tutgan o‘rni) Foydalanish uchun adabiyotlar: Alibekov L.A. Rol geograficheskogo faktora v formirovanii i razvitii g. Samarkanda//Ekologo-geograficheskiye problemы Syentralnoy Azii. Samarkand, SamGU, 2010. S.372-384. Akramov Z. M., Raimov T. I. Ob ekonomiko geograficheskom izuchenii gorodov Uzbekistana // Nauchnыye trudы TashGU. T., 1964. S. 5 – 35 O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.-T., 2005; Dunyo siyosiy xaritasi, Dunyo tabiiy xaritasi, umumiqtisodiy geografik xarita, O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi. Download 14.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling