1-amaliy mashg'ulot. Tashqi va ichki xavo parametrlarining qurilish me'yorlari va qoidalaridan tanlash. "A" va "B" parametrlar To‘siq konstruksiyalarining issiqlik texnikaviy xisobi sanitar-gigienik talablar bo‘yicha


Download 280 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi280 Kb.
#1568731
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Rp.ch
Rp.n
Rp.p
Rp.g


Gi
Vh

ni


oS
oS
sut

oS
(oS∙sut)

(m2oS)/Vt


(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt
(m2oS)/Vt

kg/soat
m3

soat-1




Iqlim parametrlari quyidagicha aniqlanadi:


takrorlanib turish (berilgan oraliqdagi qiymatlarni o‘z ichiga olgan hollar soni bilan qatordagi hollarning umumiy soni o‘rtasidagi nisbati);
ta'minlanganlik (iqlim parametrlari qiymatlarining belgilangan o‘z chegaralaridan pastda yoki yuqorida takrorlanib turishi. Sutka, oy yoki yil davomida tanlash bilan qayd etib borilgan parametr qiymatlaridan qaysinisi biror holni ifodalashiga qarab, soatlik, sutkalik, oylik va yillik ta'minlanganliklar bir-biridan farq qilinadi).
Masalan, yillik ta'minlanganligi 0,93 ga teng bo‘lgan eng sovuq havo oqimining haroratini hisoblab chiqarish usuli quyidagi:
a) n yil mobaynidagi kuzatishlar davrida yil sayin eng sovuq sutkalar va havoning har sutkadagi o‘rtacha harorati aniqlanishi;
b) tanlab olingan harorat qiymatlari, ya'ni ko‘rsatkichlarida tartib soni berilib, bu qiymatlar pasayib (kamayib) boradigan tarzda joylashtirilishi;
v) havo haroratining ko‘rsatkichi 0,5 0S gacha yaxlitlanadigan, har bir harorat ko‘rsatkichi uchun o‘rtacha tartib soni belgilanadigan – mo‘r;
g) har bir harorat ko‘rsatkichi uchun ta'minlanganlik R quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R=1- mo‘r-0,3/n+0,4
d) ehtimollik to‘rida (normal yoki lognormal) ta'minlanganlik grafigi tuziladigan (Bunda, ordinatalar o‘qi haroratni, abssissalar o‘qi esa ta'minlanganlikni ifodalaydi. Bu grafik to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi);
e) ta'minlanganlik grafigidan 0,98 qiymatga teng keladigan va izlanayotgan harorat kattaligi olinadigan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Havoning har oydagi va yillik o‘rtacha harorati - ayrim hollardagi va yil mobaynidagi oylik va yillik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘lgan harorat tartib oyini ifodalaydi.
Havoning mutloq eng kichik(minimal) harorati bilan mutloq eng katta (maksimal) harorati-kuzatishlar olib borilgan davrda havoning shu joyda kuzatilgan eng past harorati bilan eng yuqori haroratini ifodalaydi. Bu parametrlarning ta'minlanganligi 1 ga yaqin bo‘ladi.
Eng issiq oydagi havoning eng katta o‘rtacha harorati-sutkaning kunduzgi eng iliq qismini ifodalaydi;
har kungi havo haroratining eng katta qiymatlaridan o‘rtacha oylik miqdor sifatida hisoblab chiqariladi;
bu ko‘rsatkichning sutkalik ta'minlanganligi har kungi havo haroratining eng katta qiymatlaridan hisoblab chiqarilgan o‘rtacha oylik miqdordan iborat bo‘ladi;
bu ko‘rsatkichning sutkalik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Eng sovuq oydagi havoning eng kichik o‘rtacha harorati-sutkaning tungi eng sovuq qismini ifodalaydi;
kuzatish davrida har kunga havo haroratining eng kichik qiymatlaridan o‘rtacha oylik miqdor sifatida hisoblab chiqariladi;
bu ko‘rsatkichning sutkalik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Havo haroratining amplitudasi (o‘zgarish kattaligi)-o‘rtacha sutkalik amplituda shu oydagi havo haroratining eng katta o‘rtacha qiymati bilan eng kichik o‘rtacha qiymati o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqariladi.
Sutkalik eng katta amplituda - havoning sutkalik ta'minlanganligi 0,9995 ga teng bo‘lgan sutkalik eng katta harorati bilan sutkalik eng kichik harorati o‘rtasidagi farqni ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Har oydagi suv bug‘inining parsial bosimi-ayrim oylarning namlik tartibini ifodalaydi, bunda oylik ta'minlanganlik o‘rtacha hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Havoning eng kichik nisbiy namligi–kuzatish olib borilgan davrda har kungi havoning qiymatlardan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik miqdori bo‘lib, bu ko‘rsatkichning oylik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Barometrik bosim - o‘rtacha yillik atmosfera bosimi bo‘lib, bu 10 gPa gacha yaxlitlanadi. Bu ko‘rsatkichning yillik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
A va B parametrlar–tashqi havoning haroratini va entalpiyasini ifodalovchi qiymatlardir. Bu ko‘rsatkichlarning soatli ta'minlanganligi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Haroratlar va entalpiyalar qiymatlarining soatlik badastirligi

Parametrlar

Sovuq davr

Iliq davr

A

B

A

B

Xarorat

0,94

0,994

0,96

0,994

Entalpiya

0,94

0,994

0,954

0,994

Eslatma: 0,94, 0,954, 0,96 va 0,994 ga teng ta'minlanganliklar yil mobaynidagi 526, 400, 350 va 50 soatga teng ta'minlanganliklarga to‘g‘ri keladi.
Yilning sovuq davrida A va B parametrlar bo‘yicha shamolning esish tezligi muddati belgilangan kuzatishlar sonidan olinadigan va havoning harorati (A va B parametrlarga muvofiq ravishda) eng past bo‘lgan vaqtdagi shamolning ta'minlanganligi 0,8 ga teng bo‘ladi.
Yilning iliq davrida A va B parametrlar bo‘yicha shamolning esish tezligi iyul oyidagi rumblar bo‘yicha shamolning eng kichik o‘rtacha tezligiga (mazkur SHNQning 5-jadvalining 5-ustuniga qaralsin) teng qilib olinadi (lekin uning tezligi 1m/sek dan kam bo‘lmasligi lozim).
Yilning sovuq davrida A va B parametrlar bo‘yicha tashqaridagi havoning harorati, tegishlicha eng sovuq davrdagi o‘rtacha harorat va yillik ta'minlanganlik 0,92 ga teng bo‘lgan eng sovuq besh kunlikdagi harorat sifatida hisoblab chiqariladi.
Yilning sovuq davrida A va B parametrlar bo‘yicha shamolning esish tezligi-muddati belgilangan kuzatishlar sonidan olinadigan va havoning harorati (A va B parametrlarga muvofiq ravishda) eng past bo‘lgan vaqtdagi shamolning ta'minlanganligi 0,8 ga teng bo‘ladi.
Yilning sovuq davriga tegishli A va B parametrlar bo‘yicha havoning harorati va entalpiyasi munosib haroratda (mazkur SHNQ ilovasining 4-jadvalidagi 4 va 10-ustunlarga qaralsin) va eng sovuq oyda havoning o‘rtacha nisbiy namligi eng kam bo‘lgan vaqtda hisoblab chiqariladi (mazkur SHNQ ilovasining 3-jadvalidagi 14-ustunga qaralsin).
Yilning iliq davriga tegishli A va B parametrlar bo‘yicha havoning harorati va entalpiyasi yilning sovuq davriga tegishli A va B parametrlar bo‘yicha shamolning esish tezligi soatlik ta'minlanganlik grafigini tuzish yo‘li yo‘li bilan aniqlanadi.
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati 0,80 S va 10 0S ga teng va bundan past bo‘lgan davrlarning davom etish muddati hamda bu davrlardagi havoning o‘rtacha harorati hisoblanadi. Bu davrda mazkur haroratlarning qiymatlari o‘zgarmas saqlanib turiladi.Kerakli ma'lumotlarni aniqlash uchun gistogramma usulidan foydalanib, havo haroratining yil mobaynida o‘zgarib turishini ko‘rsatadigan egri chiziq (grafik tasvir) chiziladi.
Bu davrning davom etish muddati egri chiziq 0,80S va 100S lar orqali o‘tgan joydagi sanalarni grafikdan yozib olish hamda shu sanalar orasidagi sutkalar sonini hisoblab chiqarish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mazkur davrlardagi havoning o‘rtacha harorati davrni tashkil etgan to‘liq va to‘liqmas oylardagi havo haroratining qiymatlarini mazkur davrdagi kunlar soniga taqsimlash yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Hamma parametrlarning yillik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Havoning eng yuqori harorati 34 0S va undan katta bo‘lgan kunlar soni issiq davrning davom etish muddatini bildiradi va ko‘p yillar davomidagi shunday kunlarning o‘rtacha soni sifatida hisoblab chiqariladi.
SHamolning oylik o‘rtacha tezligi oylik ta'minlanganlik o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘lgan ayrim oylardagi shamol rejimini ifodalaydi.
SHamolning esish tezligini bildiruvchi o‘rtacha oylik qiymatlarning eng kattasi shamolning yanvar oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan, ya'ni 12 oylik o‘rtacha tezligining eng katta qiymati hisoblanadi.
Bir yil ichidagi bo‘ronli va yaxlama izg‘irinli kunlar soni chang-to‘zonli bo‘ronlar yoki to‘ponlar kuzatilgan kunlar soni sifatida hisoblab chiqariladi. Bu ko‘rsatkichning yillik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
SHamol yo‘nalishining takrorlanib turishi yo‘nalish o‘zgargan hollarning umumiy sonidan hisoblab chiqariladi va foizlar bilan ifodalanadi. Bunda shamolsiz tinch havo hisobga olinmaydi.
SHamolsiz tinch havoning takrorlanib turishi o‘tkazilgan kuzatishlarning umumiy sonidan hisoblab chiqarilgan va foizlar bilan ifodalangan bo‘ladi.
Rumblar bo‘yicha shamolning o‘rtacha tezligi tezliklarning umumiy sonini har rumbga tegishli shamolli hollarning umumiy soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
YAnvar oyidagi rumblar bo‘yicha shamolning eng katta o‘rtacha tezligi va ularning takrorlanib turishi kamida 16 foizni tashkil etadigan rumblar bo‘yicha eng katta tezlik sifatida hisoblab chiqariladi. Agar takrorlanib turishi 12-15 foiz bo‘lgan rumblar bo‘yicha o‘rtacha tezlikning ana shu miqdordan kattaligi 1 m/sek dan ortiq bo‘lsa, u holda shamolning eng kichik tezligi takrorlanib turishi 12-15 foizni tashkil etadigan rumblar bo‘yicha qabul qilinadi.
Iyul oyidagi rumblar bo‘yicha shamolning eng kichik o‘rtacha tezligining takrorlanib turishi 16 foizdan kam bo‘lmagan rumblar bo‘yicha eng kichik o‘rtacha tezlik sifatida hisoblab chiqiladi. Agar takrorlanishi 12-15 foiz bo‘lgan o‘rtacha tezlik ana shu miqdordagi 1 m/sekdan kamroq bo‘lsa, u holda shamolning eng kichik tezligini takrorlanishi 12-15 foizni tashkil etadigan rumblar bo‘yicha qabul qilinadi. Iyul oyida shamolsiz tinch havoning takrorlanishi 14 foiz yoki bundan katta bo‘lsa, shamolning eng kichik tezligi 0 ga teng deb qabul qilinadi.
To‘g‘ri tushayotgan quyosh radiatsiyasi (yog‘du) ko‘zga ko‘rinib turadigan quyosh gardishidagi bevosita chiqayotgan muvoziy nurlar dastasi ko‘rinishida er yuziga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi hisoblanadi.
Osmonda bulut bo‘lmagan vaqtda er yuziga tushadigan quyosh radiatsiyasi quyosh vaqti bilan muayyan soatdagi energetik yorug‘lik kuchini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich nazariy yo‘l bilan hisoblab chiqiladi.
O‘rtacha bulutli kunlarda er yuziga tushadigan o‘rtacha sutkalik quyosh radiatsiyasi aktinometriya stansiyalaridan, ya'ni quyosh nuri energiyasini o‘lchaydigan stansiyalardan olingan ma'lumotlar yordamida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarning sutkalik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Quyosh nurlari (yog‘dusi)ning kuzatilayotgan davomati o‘rtasidagi nisbat, bu bulutsiz, havo va ufq butkul ochiq kunlarda quyosh chiqqan paytdan quyosh botgunga qadar quyosh nurlarining er yuziga tushib turishi nurning davomiyligi hisoblanadi. Keltirilgan ko‘rsatkichlarning ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
Yil davomida yog‘adigan yog‘ingarchilikning miqdori yog‘in suvlari, tuman va shudring suvlarining chetga oqib ketmasdan, erga singmasdan va bug‘lanmasdan yoyiq hamda tekis yuzada to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan suv qatamining qalinligi, ya'ni balandligi bilan ta'riflanadi. Bu miqdorini yillik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5 ga teng bo‘ladi.
YOg‘ingarchilikning sutkalik eng katta miqdori bir sutka mobaynida yoqqan yog‘ingarchilikning kuzatilayotgan eng katta umumiy miqdorini bildiradi. Bu miqdorning yillik ta'minlanganligi 1 ga yaqin bo‘ladi.
Bir yil mobaynida yog‘ingarchilik bo‘lgan kunlar soni tushgan yog‘ingarchiliklar miqdori 0,5 mm ga teng yoki bundan katta bo‘lsa, bunday kun yomg‘irli hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning yillik ta'minlanganligi o‘rta hisobda 0,5ga teng bo‘ladi.
Er sathidagi tuproqning o‘rtacha oylik harorati o‘simliklardan holi, ya'ni giyohsiz er betidagi, qishda esa qor qatlami yuzasidagi haroratni ifodalaydi. O‘rtacha ta'minlanganlik 0,5 ga teng bo‘ladi.
Tuproqning 10 va 50 yilda bir marta muzlashi mumkin bo‘lgan eng katta chuqurligi er yuzasidagi tuproqning 00S gacha haroratning pasayish chuqurligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning yillik ta'minlanganligi 0,9 va 0,98 ga teng bo‘ladi.
Atmosferaning zararli moddalar bilan ifloslanish potensiali (keyingi o‘rinlarda-AIP) muayyan iqlimiy hududda atmosferaning ifloslanuvchanlik darajasini ifodalaydi. AIP atmosferaga zararli moddalar bir xilda chiqarilib tashlangani holda, muayyan gi hududdagi havoda bu moddalar atmosferaning tarqatib yuborish qobiliyati kuchliroq bo‘lgan shartli go tumandagiga nisbatan ko‘proq to‘planganligini ko‘rsatadi va quyidagi kattalikda ifodalanadi:
AIP = gi / go
To’siq konstruktsiyalarning keltirilgan issiqlik o’tkazishga qarshiligi R0 sanitar-gigienik sharoit va kondensat hosil bo’lishni bartaraf etilgan holatda 2.2 band bo’yicha topilgan R0tr qiymatidan, hamda 2a jadvalda belgilangan issiqlikdan himoyalanishning birinchi darajasiga to’g’ri keluvchi qiymatdan kam bo’lmasligi lozim.
Birinchidan yuqoriroq issiqlikdan himoyalanish darajasiga ega bo’lgan binolarni loyihalashda, ayrim to’siq konstruktsiyalar uchun birinchi darajali R0trqabul qilishga yo’l qo’yilish bilan bir vaqtda, boshqa to’siq konstruktsiyalar uchun R0tr tegishli ravishda oshiriladi. Binoning barcha to’siq konstruktsiyalari orqali umumiy yo’qotilgan issiqlik loyihaviy issiqdan himoyalanish darajasi uchun jadvalda belgilangan R0trqiymat bo’yicha hisoblangan kattalikdan oshmasligi kerak.
Isitish mavsumi gradus-kuni Dd, oS*kun, quyidagi formula bo’yicha aniqlanishi lozim

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling