1-amaliy mashg'ulot. Tashqi va ichki xavo parametrlarining qurilish me'yorlari va qoidalaridan tanlash. "A" va "B" parametrlar To‘siq konstruksiyalarining issiqlik texnikaviy xisobi sanitar-gigienik talablar bo‘yicha


Download 280 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi280 Kb.
#1568731
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu


1-AMALIY MASHG'ULOT.
Tashqi va ichki xavo parametrlarining qurilish me'yorlari va qoidalaridan tanlash. "A" va "B" parametrlar
To‘siq konstruksiyalarining issiqlik texnikaviy xisobi. sanitar-gigienik talablar bo‘yicha (issiqlik himoyalashning birinchi darajasi) issiqlik texnikaviy xisobini bajarish
Bino va inshootlarni loyihalashtirish chog’ida yilning sovuq faslida issiqlik yo’qotilishini va yilning issiq faslida issiqlik kirishini qisqartirish maqsadida:
a) tashqi to’siq konstruktsiyalari eng kichik yuzaga ega bo’lishini, issiq va namliroq xonalarni binoning ichki devorlari tomoniga joylashuvini hisobga oluvchi hajmiy-rejaviy yechimini;
b) issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,1 Vt/(moS) dan ko’p bo’lmagan samarali issiqlik izolyatsiya ashyolaridan oqilona foydalanishni;
v) yoritish teshiklari maydoni tabiiy yoritilganlik koeffitsienti me’yoriy kattaligining eng kichik qiymatiga ko’ra bo’lishini;
g) Derazalar issiqlik o’tkazish koeffitsienti me’yor darajasida bo’lgan quyoshdan ximoya qurilmalar bilan ximoyalanganda yilning sovuq faslida quyosh energiyasining xonalarga to’siqsiz kirishi ta’minlanishi;
d) tashqi devor va tom qoplamalardagi ulama birikmalar va choklarning germetikligining ekspluatatsiyaviy ishonchliligini ko’zda tutish lozim.
Isitishga va ventilyatsiyaga issiqlikning hamda loyihalanayotgan binoni konditsiyalash va sovutish uchun hisobiy issiqlik sarfi belgilangan normativ qiymatlarga mos bo’lishi kerak.
Qish davrida bino va inshootlar xonalarining namlanganlik rejimi, ichki havo harorati va nisbiy namligiga bog’liq holda, 1-jadval bo’yicha belgilanishi lozim.
1-jadval

Rejim

Ichki havo namligi, %,
quyidagi haroratda

12oSgacha

12 dan 24oSgacha

24 danortiq

Quruq
Normal
Nam
Xo’l

60 gacha
60 dan 75 gacha
75 dan ortiq
-

50 gacha
50 dan 60 gacha
60 dan 75 gacha
75 dan ortiq

40 gacha
40 dan 50 gacha
50 dan 60 gacha
60 dan ortiq

To’siq konstruktsiyalarining foydalanish shart-sharoitlarini xonaning namlanish rejimiga bog’liq holda: quruq va normal rejimlar uchun A parametrlar bo’yicha, nam yoki xo’l rejimlar uchun esa - B parametrlar bo’yincha qabul qilinishi lozim.


Samarali osilma issiqlik izolyatsiyasiga va orqada qoluvchi ekranli fasadga ega bo’lgan tashqi devorlarni loyihalashda (shamollatiluvchi fasadga ega bo’lgan devorlar) quyidagi tavsiyalariga rioya qilinishni lozim:
a) zichligi 100 kg/m3 dan kam bo’lmagan, masalan bazalt tolasi yoki boshqa yonmaydigan ashyolardan iborat plitalar kabi qattiq samarali issiq izolyatsiya ashyolaridan foydalanish;
b) issiq izolyatsiya va fasad qoplamasini mahkamlash uchun zanglamaydigan elementlar, ankerlar, dyubellar qo’llash;
v) issiq izolyatsiyaning havo qatlami tarafidagi yuzasini kataklari 4x4 mm dan ko’p bo’lmagan shisha to’r yoki shisha mato bilan berkitish lozim;
g) issiqlik izolyatsiyasi va fasad ekrani orasidagi havo qatlamining qalinligi o’rtacha 60 mm, ammo kamida 45 va 80 mm dan oshmasligi kerak;
d) fasad ekrani umumiy maydoni devor maydonining shu jumladan deraza yuzasi, 20 m2ga 0,75 m2 hisobida aniqladigan choklar ochiq qolishi kerak (zichlovchi ashyo bilan to’ldarish kerak emas);
e) fasad ekrani sifatida plitkali koshindan foydalanilganda gorizontal choklar zichlovchi ashyolar bilan to’ldirilishi lozim emas;
j) havo qatlami gorizontal kesimi yuzasiga ekvivalent bo’lgan pastki (ustki) shamollatish teshigi tsokol (karniz) bilan o’rinlashtirishini bartaraf etish vazifasini o’tashi kerak.
Ishlab chiqiladigan loyhalarda energetik pasportlarda foydalanish uchun loyixalangan ob’ektning issiqlik energetik parametrlarini 1a* ilovadagi shakl bo’yicha hisobiy qiymatlarini jadvalda berilishi kerak.
1a*-son Ilova

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling