1. Amaliy mashgulot. Tog’ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish. Reja: Minerallar haqida umumiy ma'lumotlar


Download 267.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi267.84 Kb.
#1430453
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot (Inj.Geologiya)




1.Amaliy mashgulot. 
 
 TOG’ JINSLARINI HOSIL QILUVCHI MINERALLARNI O’RGANISH. 
Reja: 
 
 1. Minerallar haqida umumiy ma'lumotlar. 
2. Minerallarning fizik xususiyatlari.
3. Minerallarning boshqa xususiyatlari.
 
 
 
1.1. Minerallar haqida umumiy ma'lumotlar. 
Yer po’stining tarkibini aniqlash uchun dunyoning barcha olimlari yer 
yuzasiga chiqgan tog’ qazilmalari va burgu quduqlaridan olingan barcha minerallar 
va tog’ jinslarining kimyoviy tarkibini o’rganadilar. 
Yerning kimyoviy tarkibi to’g’risidagi birinchi to’liq ma'lumotlar 1889 yili 
Amerikalik olim F.Klark tomonidan chop qilingan. 
Usha davrdan boshlab yer po’stini kimyoviy tarkibini o’rganish ko’p olimlar 
tomonidan amalga oshirildi va yer po’stini tashkil qilgan kimyoviy elementlarning 
miqdori bir muncha aniqlikda o’rganildi. 
Ma'lumki yer po’stini tashkil qilgan bu kimyoviy elementlar asosan turli xil 
xususiyatga ega bo’lgan tarkibda, tabiiy kimyoviy birikmalar xolida uchraydi, ya'ni 
minerallar va tog’ jinslarini hosil qiladi. 
Ma'lumki minerallar va tog’ jinslarini o’rganish irrigatsion - meliorativ va 
gidrotexnik qurilish ishlarini amalga oshirishda, tuproqlar va ularda kechadigan 
jarayonlarni tadqiq qilishda, ulardan qurilish materiallar sifatida foydalanishda va 
boshqa muxim ahamiyatga ega. Chunki ular meliorativ va gidrotexnik 
inshootlarning asosi yoki ular joylashadigan tabiiy muhit hisoblanadi, yoki qurilish 
materiali sifatida foydalaniladi. Minnerallar va tog’ jinslarida yer osti qatlamlarida 
tabiiy omillar va inson faoliyati ta'siri ostida kechadigan geologik jarayonlar 
ularning tarkibi, xususiyatlari, yotish xolati va boshqa jihatlari bilan boshqariladi. 
Shu sababli o’quv dasturiga minerallar va tog’ jinslarini o’rganish mavzusi 
kiritilgan. 
Yer po’sti (litosfera) har xil tog’ jinslari va minerallardan tashkil topgan.
Xozirgi vaqtda 5000 dona minerallarning nomi ma'lum. Ulardan taxminan 2500 
tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa sun'iy yo’l bilan olingan 
kimyoviy birikmalarga kiradi.
Bu minerallarning ko’pgina qismi yer po’stida kamdan-kam uchraydi va 
faqat 50 ga yaqini keng tarqalgan va tog’ jinslarini hosil qiluvchi minerallar 
hisoblanadi. 

Download 267.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling