1-Amaliy mashg’ulot topshirig’i.
-
Avtomobil o’z harakati vaqtining uchdan bir qismida 40 km/soat tezlik bilan qolgan vaqtida esa 60 km/soat tezlik bilan harakatlangan bo’lsa, avtomobil harakatining o’rtacha tezligini toping.
-
Vertikal yuqoriga otilgan jism 6 s dan keyin yerga qaytib tushdi. Jismning boshlang’ich tezligi qanday bo’lgan? Jism qanday balandlikka ko’tarilgan? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
-
Avtomobil yo’lning birinchi yarmini ikkinchi yarmiga nisbatan 8 marta katta tezlikda o’tdi. Agar avtomobilning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligi 64 km/soat bo’lsa, yo’lning ikkinchi yarmidagi tezligi qanday bo’lgan.
2-Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i
-
Tekis harakatlanib tushayotgan aerostat xuddi shunday tezlikda
yuqoriga ko'tarila boshlashi uchun, aerostatdan qancha og‘irlikdagi ballastni
(yukni) tashlab yuborish kerak? Aerostatning ballast bilan birga og‘irligi
1800 kg, yuqoriga ko'rsatuvchi kuchi 10000 N. Yuqoriga ko'tarilishda va
tushishida havoning qarshilik kuchi birday hisoblansin.
-
Ipga og‘irligi m=4 kG bo‘lgan yuk osilgan. Agar yuk osilgan ip
1) a=6 m/sek2 tezlanish bilan yuqoriga ko'tarilayotgan, 2) Xuddi shunday
a=4 m/sek2 tezlanish bilan pastga tushayotgan hollarda ipning taranglik kuchi
topilsin.
-
Biror diametrli po'lat sim 8000 N gacha yukka chidash bera oladi.
Bu simga 200 kg yuk osib, u uzilib ketmasligi uchun yukni qanday maksimal
tezlanish bilan yuqoriga ko'tarish kerak?
3-Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i
-
Massasi 50 kg va radiusi 4 m bo’lgan sharning o‘z aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti va harakat miqdori momenti topilsin.
-
R= 0,4 m radiusli va massasi 9,5 kg bo’lgan bir jinsli diskning gardishiga urunma ravishda F=98,1N o‘zgarmas kuch ta‘sir qiladi. tasir qiladi. Agar disk o‘zgarmas 100rad/sek2 burchak tezlanish bilan aylanayotgan bo‘lsa, Aylanma harakat qilayotgan diskka tasir qilayotgan ishqalanish kuchining momenti topilsin.
-
1,4 m uzunlikdagi va 2 kg og‘irlikdagi bir jinsli sterjen vertikal
tekislikda o‘z o‘rtasidan o‘tgan gorizontal o‘q atrofida aylanmoqda. Agar
aylantiruvchi moment 0,08 Nm ga teng bo‘lsa, sterjen qanday burchak tezlanish bilan aylanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |