O'zgarmas quvvat. Fik
Download 19.76 Kb.
|
D.Kamalova 40-45betlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozgarmas quvvat. FIK
422. 2 kg massali jism gorizontga 45" burchak ostida yo'nalgan arqon ta'sirida gorizontal tekislik bo'ylab tekis harakatlanadi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Ipning taranglik kuchi 2,4 m yo'lda qanday ish bajaradi? g = 10 m/s². Javob: 8 423. 10 kg massali yashik gorizontal sirt ustida vertikal devordan qandaydir masofada turibdi. Va u shu devor bilan bikrlig: 200 N/m bo'lgan prujina yordamida ulangan. Yashik va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Yashikka gorizontal kuch qo'ygan holda uni asta-sekin devordan 20 cm ga uzoqlashtiriladi. Bunda qanday ish bajariladi? Boshlang'ich holatda prujina deformatsiyalanmagan. g = 10 m/s². Javob: 8 424. Kvadrat plastina silhq gorizontal sirt bo'ylab o'zining tomonlaridan biriga parallel ravishda sirpanadi va plastinaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo'lgan g'adir budir yuzadan silliq yuzani ajratadigan chegaraga yaqinlashadi. Chegara chizig'i plastina tezligiga perpendikulyar joylashgan. Plastina chegarani to'liq kesib o'tgunicha ishqalanish kuchining bajargan ishini (modulim) toping. Plastinaning tomoni 1 m, massasiesa 10 kg. g = 10 m/s Javob: 10 O'zgarmas quvvat. FIK 425. 11-62 samolyoti har birining tortish kuchi 100 kN bo'lgan to'rt dvigatelga ega. Samolyotning 240 m/s tezligida dvigatellarning umumiy foydali quvvati (kW da) qanday? Javob: 96000 426. Massasi 2000 kg bo'lgan avtomobil gorizontal yo'lda 72 km/h tezlik bilan harakatlanadi. Harakatga qarshilik kuchi avtomobil og'irligining 1/20 ini tashkil qiladi. Avtomobilning foydali quvvatini (kW da) aniqlang. g = 10 m/s². Javob: 20 427. Qayiq eshkakchi bilan birga 0,6 m/s tezlikda harakatlanadi. Agar eshkakchi tomonidan erishiladigan quvvat 18 W ga teng bo'lsa, suvning qarshilik kuchini aniqlang. Javob: 30 428. Qiyaligi yo'lning har 10 metrida 1 m ni tashkil qiluvchi yo'l bo'ylab 9 kin/h tezlik bilan ko'tarilayotgan gusenitsali traktor qanday foydali quvvatga (kW da) erishadi? Traktorning massasi 6 t g 10 m/s². Javob: 15 429 36 km/h tezlik bilan harakatlanishda elektrovoz 60 kW quvvat sarflaydi. Agar elektrovozning FIK 80% ga teng bo'lsa, uning tortish kuchini aniqlang. Javob: 4800 430. Quvvat sarfi 10 kW ho'lgan nasos yordamida 500 m chuqurlikdagi quduqdan neft tortib chiqariladi. Agar nasos ishining bir minutida yer sirtiga 96 kg neft yetkazib berilsa, nasosning FIK (foizlarda) qanday? g = 10 m/s² Javob: 80 431. Suv nasosi bir minutda 300 kg suvni 80 m balandlikka tekis yetkazib beradi. Agar nasosning FIK 80% ga teng bo'lsa, nasosni harakatga keltiruvchi motorning quvvatini (kW da) aniqlang. g 10 m/s². Javob: 5 432. Ko'tarma kran quvvati 10 kW bo'lgan dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Agar dvigatelning FIK 80% bo'lsa, 2 t massali yukni 50 m balandlikka tekis ko'tarish uchun necha sekund talab qilinadi? g=10 m/s². Javob: 125 433. Yuk sostavi yo'lning tekis qismida 60 km/h tezlik bilan harakatlanadi, va bunda elektrovoz 100 kW foydali quvvatga erishadi. Erishiladigan quvvat 120 kW ga teng bo'lishi uchun har 200 m da 1 m ko'tarilgan qiyalik bo'ylab qanday tezlik (km/h da) bilan ko'tarilish kerak bo'ladi? Qarshilik kuch: sostav og'irlik kuchining 0.01 qismiga teng (har ikki yo'lda ham). Javob: 48 434. Shosse uchastkasining qiyaligi har 20 m yo'lda 1 m ga teng. Qiyalikdan dvigateli o'chirilgan holatda tushayotib, avtomobil 60 km/h tezlik bilan tekis harakatlanadi. Xuddi shu tezlik bilan shu qiyalikka ko'tarilish uchun shu avtomobilning dvigateli qanday foydali quvvatga (kW da) erishishi zarur bo'ladi? Avtomobilming massasi 1500 kg. g=10 m/s². Javob: 25 435. Teploxod barjani - shatakka olib yuriladigan yuk kemasini 9 km/h tezlik bilan tortib bormoqda. Bunda buksir kanatining shatak arqonining tarangligi 120 kN ni, dvigatelning quvvati esa 400 kW ni tashkil etmoqdi. Agar teploxod dvigatelning xuddi shu quvvatida barjasiz suzsa, uning tezligi (km/h da) qanday bo'ladi? Suvning qarshilik kuchi harakat tezligiga to'g'ri proporsional. Javob: 18 Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling