O'zgarmas quvvat. Fik


O'zgaruvchan quvvat. O'rtacha quvvat


Download 19.76 Kb.
bet2/4
Sana30.01.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1141429
1   2   3   4
Bog'liq
D.Kamalova 40-45betlar

O'zgaruvchan quvvat. O'rtacha quvvat
436. Agar tramvay harakat boshlanganidan keyin 5-chi sekundning oxirida 18 m/s tezlikka erishgan bo'lsa, uning shu paytdagi quvvatini (kW da) aniqlang. Tramvayning massasi 10 t. Harakatga qarshilik inobatga olinmasin.
Javob: 50
437. 1 t massali avtomobil joyidan qo'zg'aladi va tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5 s ichida 50 m yo'lni bosib o'tadi. Avtomobil o'z harakatining beshinchi sekundi oxirida qanday quvvatga (kW da) erishadi? Avtomobilning harakatiga qarshilik hisobga olinmasin.
Javob: 80
438. 6 kg massali jismmng boshlang'ich tezliksiz erkin tushish jarayonida dastlabki sekund ichida og'irlik kuchi erishadigan o'rtacha quvvatni toping. 8-10 m/s².
Javob: 300
439. 3 kg massali jismga 36 N kuch qo'ygan holda, uni yerdan vertikal yuqoriga ko'tarishadi. Harakat boshlanganidan 2 s o'tgach shu kuch qanday quvvatga erishadi? g = 10 m/s².
Javob: 144
440. 3 kg massali jismga 42 N kuch qo'ygan holda, uni yerdan vertikal yuqoriga ko'tarishadi. Jism 2 m balandlikda bo'lgan paytda shu kuch qanday quvvatga erishadi? g = 10 m/s².
Javob: 168
441. Ko'tarma kran 1 t massali yukni 1 m/s tezlanish bilan 10 s ichida qandaydir balandlikka ko'taradi. Kanatlarning taranglik kuchi yordamida erishiladigan o'rtacha quvvatni (kW da) toping. g=10 m/s.
Javob: 55
442. Agar samolyotning yugurish yo'li uzunligi 300 m, havoga ko'tarilishdagi tezligi 30 m/s, harakatga qarshilik kuchi esa 300 N bo'lsa, u yugurish yo'lini bosib o'tishda qanday o'rtacha foydali quvvatga (kW du) orishadi?
Javob: 27
443. Bir xil massali ikkita avtomobil o'rnidan bir vaqtda qo'zg'aladi va tekis tezlanuvchan harakatlanadi. Agar bir xil vaqt ichida birinchi avtomobil ikkinchisiga qaraganda ikki marta katta tezlikka erishsa, birinchi avtomobilning o'rtacha quvvati ikkinchisinikidan necha marta katta? Avtomobillarning harakatiga qarshilik kuchlari inobatga olinmasin.
Javob: 4
Kinetik energiya. Ish va kinetik energiyaning oʻzgarishi
444. Jism qandaydir balandlikdan 10 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan. Necha sekunddan keyin jismning kinetik energiyasi ikki marta ortadi? g = 10 m/s².
Javob: 1
445. Qandaydir balandlikdan 20 m/s tezlik bilan tosh gorizontal otildi. Otishdan 4 s o'tib toshning kinetik energiyasi 3000 J ga teng bo'ldi. Toshning massasi qanday? g = 10m/s².
Javob: 3
446. 3 kg massali jism yer sirtidan gorizontga 60° burchak ostida 8 m/s tezlik bilan otildi. Jismning ko'tarilishning eng yuqori nuqtasidagi kinetik energiyasini toping.
Javob: 24
447. Toshning maksimal ko'tarilish nuqtasidagi kinetik energiyasi otilish nuqtasidagi kinetik energiyasining 25 % ni tashkil qilishi uchun toshni gorizontga qanday burchak ostida otish kerak? Javobni graduslarda bering.
Javob: 60
448. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakat boshladi. Harakatning dastlabki 10 s da uning kinetik energiyasining o'zgarishi keyingi 10 s dagi o'zgarishidan necha marta kichik?
Javob: 3
449. 0,8 kg massah basketbol to'pi 10 m/s tezlik bilan uchadi. O'yinchi to'pni tutib oladi va 0,1 s ichida uni to'xtatadi. O'yinchi qanday o'rtacha quvvatga erishadi? (Quvvatning absolyut qiymatini ko'rsating).
Javob: 400
450. 4 kg massali erkin tushayotgan jismning tezligi qandaydir masofada 2 m/s dan 8 m/s gacha oshdi. Shu yo'ldagi og'irlik kuchining ishini toping
Javob: 120
451. 200 g massali tosh gorizontal yuzadan gorizontga burchak ostida otildi va shu yuzaga 40 m masofada 4 s dan so'ng kelib tushdi. Shu otishga sarflangan ish qanchaga teng? g=10 m/s².
Javob: 50
452. 800 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan 5 g massali o'q taxtani teshib o'tadi va undan 400 m/s tezlikda uchib chiqadi. Taxtaning qarshilik kuchi tomonidan o'q ustida bajarilgan ishning absolyut qiymatini toping..
Javob: 1200
453. Qandaydir tezlik bilan uchayotgan o'q qum joylangan qopga tegadi va uning ichida 15 cm chuqurlikkacha kirib ketadi. Agar shuncha massali o'qning harakat tezligi ikki marta katta bo'lsa, o'q qumga qanday chuqurlikkacha (cm da) kirib ketadi? Qum ichida o'qning harakatiga qarshilik kuchi uning tezligiga bog'liq emas deb hisoblang.
Javob: 60
454. v1 tezlik bilan uchayotgan o'q bir biridan katta bo'lmagan masofada joylashgan bir xildagi bir qancha taxtani teshib o'tadi. Agar birinchi taxtadan o'tgandan keyin o'qning tezligi v1=0.9v2 ga teng bo'lsa, o'q nechanchi taxtada tiqilib qoladi? Taxtaning o'q harakatiga qarshilik kuchi uning tezligiga bog'liq emas deb hisoblang. Og'irlik kuchi inobatga olinmasin.
Javob: 6
455. Oyda yo'ldoshni aylanma orbitaga chiqarishda bajariladigan ish Yerda xuddi shunaqa yo'ldoshni aylanma orbitaga chiqarishda bajariladigan ishdan necha marta kichik? Oy massasini Yernikidan 80 marta kichik, Oy radiusini esa Yernikidan 4 marta kichik deb hisoblang
Javob: 20
456. Yer suti ustida reaktiv oqimni pastga chiqarib tashlayotgan 1 t massali raketa muallaq turibdi. Agar yoqilg'i sarfi 20 kg/s ga teng bo'lsa, bunda raketaning dvigatellari qanday quvvatga (kW da) erishadi?g=10 m/s².
Javob: 2500
457. Agar 2 t massali raketa Yer yuzasidan 1 m/s tezlanish bilan ko'tarilsa, uning dvigatellari qanday quvvatga GW da) erishadi? Reaktiv oqimdagi gazlar chiqindisining tezligi 1200 m/s. g = 10 m/s²
Javob: 16800
458. Agar brandsport (yong'inga qarshi suv nasosi) teshigining yuzasi 10 cm, suv oqimining tezligi osa 10 m/s bo'lsa, nasosning foydali quvvati qanchaga teng?
Javob: 500
459. Ventilyator aylanishining tezligi ikki marta oshgan paytda uning foydali quvvati necha marta oshadi?
Javob: 8
460. Brandspoytdan chiqayotgan suv undan 5 ni masofaga borib tushishi uchun suvni gorizontga qanday burchak ostida (graduslarda) yo'naltirish kerak? Teshik yuzasi 10 cm³, niotorning quvvati 1 kW, va uning FIK 50%. Teshikning yerdan balandligini nolga teng deb hisoblang. g=10 m/s².
Javob: 15
461. Kichkina shayba silliq gorizontal yuza bo'ylab harakatlanib, 75 cm uzunlikdagi g'adir budur yuza sohasiga tushib qoladi. Shaybaning yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,4 dan 0.8 gacha chiziqli ortadi. Shaybaning minimal tezligi qanday bo'lganda u shu sohani yengib o'tadi? g=10 m/s².
Javob: 3
462. 8 cm uzunlikdagi bir jinsli sterjen silliq gorizontal yuza bo'ylab o'z uzunligiga parallel ravishda sirpanadi va silliq yuzani g'adir-budir yuzadan (storjenning bu yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng) ajratadigan chegaraga yaqinlashadi. Chegara chizig'i sterien tozligiga perpendikulyar joylashgan Agar sterjen chegaraning yarmini kesib o'tgan paytda to'xtab qolgan bo'lsa, uning boshlang'ich tezligini (cm/s da) toping. g=10 m/s².
Javob: 20
463. 2 m uzunlikdagi bir jinsli sterjen o'z uzunligi bo'ylab harakatlanib g'adir-budir gorizontal yuzadan silliq gorizontal yuzaga o'ta boshlaydi. Sterjenning chegarani kesib o'tish boshidagi tezligi 1,6 m/s ga teng. Agar g'adir-budir yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo'lsa, sterjen shu paytdan to'xtagunga qadar qancha masofani (cm da) bosib o'tadi? g = 10 m/s².
Javob: 80
464. 2 m uzunlikdagi bir jinsli sterjen o'z uzunligi ho'ylab harakatlanib silliq gorizontal yuzadan notekis yuzaga o'ta boshlaydi. Bunda uning tezligi sirtlar chegarasiga tik yo'nalgan va uning notekis yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Agar sterjenning boshlang'ich tezligi 3 m/s bo'lgan bo'lsa, u shu paytdan to'xtagunga qadar qancha masofani (cm da) bosib o'tadi? g=10m/s².
Javob: 325

Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling