O'zgarmas quvvat. Fik
Mexanik energiyaning saqlanish qonuni
Download 19.76 Kb.
|
D.Kamalova 40-45betlar
Mexanik energiyaning saqlanish qonuni
483. Tosh yer yuzasidan 10 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi 5 marta kamayadi? g = 10m/s² Javob: 4 484. Jism yer yuzasidan 20 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Qanday balandlikda shu jismning kinetik energiyasi potensial energiyaga teng bo'ladi? Yer yuzasidagi potensial energiyani nolga teng deb qabul qiling. g = 10 m/s². Javob: 10 485. 0,5 kg massali jism yer yuzasidan 10 m balandlikdan 10 m/s tezlik bilan otildi. Jismning yerga tushish paytdagi kinetik energiyasi qanday bo'ladi?g=10 m/s². Javob: 75 486. Jism yer yuzasidan 10 m balandlikdan gorizontga burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otildi. 25 m balandlikda uning tezligi qanchaga teng bo'ladi? g=10m/s². Javob: 10 487. Jism 30 m balandlikdan 10 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Yer sirtidan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi ikki marta oshadi? g=10m/s² Javob: 25 488. Agar trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jismning kinetik energiyasi potensial energiyaga teng bo'lsa, u yer yuzasidan gorizontga qanday burchak ostida otilgan? Yer yuzasidagi potensial energiyani nolga teng deb qabul qiling. Javob: 45 489. Kichkina jism silliq gorizontal tekislik bo'ylab 4 m/s tezlik bilan sirpanadi va tepalikka ko'tariladi. Jism tekislik sathidan qanday balandlikka (cm da) ko'tariladi? g = 10 m/s². Javob: 80 490. 5 m uzunlikdagi ipga shar osilgan. Shar ip osilgan nuqta joylashgan balandlikkacha og'ishi uchun unga qanday gorizontal tezlik berish kerak? g=10m/a Javob: 10 491. 0,4 m uzunlikdagi vaznsiz qattiq sterjenga osilgan sharcha vertikal tekislikda to'liq aylanishi uchun unga qanday gorizontal minimal tezlik berish kerak bo'ladi? g = 10 m/s². Javob: 4 492. 80 cm uzunlikdagi yengil sterjen ikki uchiga mahkamlangan 1 kg va 3 kg li yuklar bilan o'zining o'rtasidan o'tgan gorizontal o'q atrofida erkin aylana oladi. Sterjen gorizontal vaziyatga keltirilib qo'yib yuboriladi. Sterjen vertikal holatni egallagan paytda yuklarning tezligini toping. g=10m/s². Javob: 2 493. 150 cm uzunlikdagi yengil sterjen ikki uchiga mustahkamlangan bir xildagi yuklar bilan gorizontal o'q atrofida erkin aylana oladi. O'q sterjenni 1: 2 nisbatda bo'ladigan nuqta orqali o'tadi. Sterjen to'liq aylanish qilishi uchun, u muvozanat vaziyatida turgan vaqtda unga qanday minimal burchak tezligi berish kerak? g = 10 m/s². Javob: 4 494. 100 g massali kichik yuk silliq gorizontal stol ustida yotgan 300 g massali va 72 cm uzunlikdagi ipga mahkamlangan Stolda uncha katta bo'lmagan, cherlari silliq bo'lgan teshik tayyorlangan Yukning og'irligi ta'sirida ip shu teshikka hoshlang'ich tezliksiz sirpanib tusha boshlaydi Ipning bo'sh ucht stoldan sirpanih tushayotgan vaqtda uning tezligi qanday bo'ladi? g=10m/s² Javob: 3 495. 2 t massali vagon 2 m/s tezlik bilan harakatlanib, vertikal devarga borib uriladi, va natijada har birining bikrligi 100 kN/m bo'lgan ikkita buferli prujina siqiladi. Prujinalarning maksimal deformatsiyasini (cm da) toping. Javob: 20 496. Rogatka yasash uchun bikrligi 400 N/m bo'lgan rezinali shnurdan foydalanildi. 10 g massali toshni shnurning o'rtasiga joylashtirib, 40 N kuch bilan tortib shu rogatkadan otildi. Tosh qanday tezlik bilan uchib ketadi? Javob: 10 497. 200 N/m bikrlikdagi deformatsiyalanmagan prujinaning pastki uchiga 1 kg masaali yuk mahkamlandi va turtmasdan qo'yib yuborildi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da) aniqlang. g 10 m/s². Javob: 10 Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling