O'zgarmas quvvat. Fik


Potensial energiya. Ish va potensial energiyaning o'zgarishi


Download 19.76 Kb.
bet3/4
Sana30.01.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1141429
1   2   3   4
Bog'liq
D.Kamalova 40-45betlar

Potensial energiya. Ish va potensial energiyaning o'zgarishi.
465. 30 m balandlikdagi minoradan tosh gorizontal otildi. Harakat boshlanganidan 2 s o'tgandagi toshning potensial energiyasini toping. Toshning massasi 0,2 kg. Yer yuzasidagi potensial energiya nolga teng. g=10 m/s²
Javob: 20
466. 2 kg massali jism yer sirtidan 6 m/s tezlik bilan gorizontga 30" burchak ostida otildi. Jism ko'tarilishning eng baland nuqtasiga erishganda uning potensial energiyasi qanchaga ortadi?
Javob: 9
467. Har birining massasi 80 kg va qahnligi 0,2 m bo'lgan uchta bir jinsli to'g'ri burchakli plita biri boshqasining yonida yer yuzasida gorizontal yotibdi. Plitalarni bir-birining ustiga terib qo'yish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? g=10 m/s².
Javob: 480
468. Uzunligi 1.5 m va massasi 10 kg bo'lgan yupqa lom gorizontal yuzada yotibdi. Uni yerga vertikal holatda qo'yish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? g=10 m/s².
Javob: 75
469. Agar 200 kg massali brusokm gorizontal holatdan vertikal holatga o'tkazilsa, uning potensial energiyasi qanchaga o'zgaradi? Brusak 1 m uzunlikka va tomoni 20 cm bo'lgan kvadrat kesimga ega. g = 10 m/s².
Javob: 800
470. Gorizontal tekislikda uzunligi 2 m va massasi 5 kg bo'lgan yupqa zanjir yotibdi. Zanjirni bir uchidan ushlab, uning pastki uchi tekislikdan o'zining uzunligiga teng bo'lgan balandlikka ko'tarishda bajariladigan minimal ish qanchaga teng? g=10m/s²
Javob: 150
471. Yuzasi 10 m va chuqurligi 2 m ho'lgan basseynni yarmigacha to'ldirib turgan suvni yer yuzasiga chiqarib tashlash uchun qanday minimal ish (kJ da) bajarish kerak? g = 10 m/s²
Javob: 150
472. Yuzası 15 m² bo'lgan chuqur basseyn 1 m chuqurlikkacha suv bilan to'ldirilgan va teng yarmidan vertikal to'siq bilan to'silgan. To'siqni asta-sekinlik bilan shunday ko'chiriladiki, bunda to'siq basseynni 1:3 nisbatda bo'ladi. Shunda qanday ish (kJ da) bajariladi? Suv to'siq orasidan oqib o'tmaydi. g = 10 m/s².
Javob: 25
473. 10 kN/m bikrlikli siqilgan prujina 50 J ga teng potensial energiya zahirasiga ega. Prujina necha santimetrga siqilgan?
Javob: 10
474. Agar 30 N kuch ta'siri ostida prujina 1 cin ga siqilsa, uni 20 cm ga siqish uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishni toping.
Javob: 60
475. Prujinaga 100 g massali yuk osilgan. Prujinaning potensial energiyasi 9 marta ortishi uchun birinchi yukka qo'shimcha ravishda qanday massali (g da) yukni mahkamlash kerak?
Javob: 200
476. Prujinaga 200 N kuch qo'yib, uni 1 cm ga cho'zishdi. Prujinani yana 2 cm ga cho'zish uchun qanday ish bajarish kerak?
Javob: 8
477. Prujinanı 2 cm ga siqib 12 J ish bajarildi. Uni yana 3 cm ga siqish uchun qanday ish bajarish kerak?
Javob: 63
478. Bikrliklari 3 kN/m va 2 kN/m bo'lgan ikkita prujina ketma-ket ulandi va uchlaridan tortib 10 cm ga cho'zildi. Bunda qanday ish bajarildi?
Javob: 6
479. Bikrlikları 1 kN/m va 2 kN/m bo'lgan ikkita prujina parallel ulandi va uchlaridan 300 N kuch bilan tortib cho'zildi. Bunda qanday ish bajarildi?
Javob: 15
480. 10 kg massali yupqa plastinka gorizontal stol ustida yotibdi. Plastinkaning markazida 100 N/m bikrlikdagi yengil prujina mahkamlangan. Plastinkani prujina yordamida stol yuzasidan 1 m balandlikka ko'tarish uchun qanday ish bajarish kerak? g=10 m/s.
Javob: 150
481. 60 N/m bikrlikdagi prujinada yuk osilib turibdi. Prujinami yana 2 cm ga cho'zish uchun qanday ish (md da) bajarish kerak?
Javob: 12
482. 100 g massali jism prujinani 2 cm ga cho'zgan holda unga osilib turibdi. Prajinani yana 1 cm ga cho'zish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak? g = 10 m/s².
Javob: 40

Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling