1-amaliy mashg’ulot:
TRАNSPОRT-EKSPЕDITSIОN ХIZMАT KO‘RSАTISHNING VUJUDGА
KЕLISH TАRIХI
Reja:
1. Asosiy atamalar
2. Transport-ekspeditorlik xizmatlar tarkibi.
3. Transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatuvchilar.
4. Transport-ekspeditorlik xizmatlar tasnifi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Transport-ekspeditorlik xizmatlar, ekspeditor, yuk jo`natuvchi, qabul
qiluvchilar, shartnoma, buyurtmachilar, mijozlar, kombinatsiyalashgan tashish,
multimodal, kontreyler, intermodal tashish, amodal, yunimodal tashish
1.1. Umumiy qoidalar
Transport ekspeditsiyasining zarurati - yuklarni
ishlab chiqarishdan
iste’molchiga yetkazib berish jarayoni bir nechta tashish bosqichlaridan iboratligi,
shuningdek, bunda turli transport turlaridan foydalanishligidan kelib chiqadi.
Shunga ko‘ra bu bosqichlarni tashkil etishda va tashish jarayoni bilan birgalikda
yuzaga keluvchi qo‘shimcha ishlarni bajarishda bevosita yuk egalari (jo‘natuvchi
yoki qabul qiluvchilar) va ixtisoslashtirilgan korxonalar (vositachilar)
orqali
bajarishga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Ekspeditor — transport-ekspeditorlik xizmatlar (TEX)ni tashkil qiluvchi va
ko‘rsatuvchi transport ekspeditsiyasining tomoni.
Transport-ekspeditorlik xizmatlar iste’molchisi (buyurtmachilar, mijozlar) -
transport ekspeditsiyasi shartnomasiga ko'ra jismoniy yoki yuridik shaxslar
nomidan TEX amalga oshiruvchi ekspeditor.
Yuk jo‘natuvchi - transport ekspeditsiya shartnomasi bo‘yicha
yukni
ekspeditorga topshiruvchi TEX iste’molchisi vakili.
Yuk qabul qiluvchi - transport ekspeditsiya shartnomasi bo‘yicha yukni
ekspeditordan qabul qilib oluvchi TEX iste’molchisi vakili.
Tashuvchi — o‘ziga ishonib topshirilgan
yukni qabul etish punktiga
etkazish va qabul qiluvchiga yoki boshqa transportkor honasiga yetkazib berish
majburiyatini olgan tashish shartnomasi tomoni.