Vositachilik – bu birinchi navbatda yuklarni qabul qiluvchiga yetkazib berishga
yo‘naltirilgan tashkiliy, maslahat, tahlil va axborot xizmati ko‘rsatishdir.
Transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatuvchilar
Transport-ekspeditorlik xizmatlar bozorida uning
asosiy ishtirokchilari va
sub’ektlarini aniqlash lozim bo‘ladi.
Barcha TEXK sub’ektlarini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:
--Davlat organlari;
--Transport xizmati ishtirokchilari;
--Tashish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar.
Tashish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar: tashuvchilar,
transport-
ekspeditorlik, agentlik (brokerlik), transport va yuk terminallari,
omborlar,
sug‘urta, stividorlik, talman, konsalting, logistik va lizing kompaniyalari.
Transport-ekspeditorlik xizmatlar tasnifi. Asosiy faoliyat bilan bog‘lanish
belgisiga ko‘ra TEXK:
--Tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi;
--Tashish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan;
Faoliyat xarakteriga ko‘ra:
o
texnologik
o tijorat,
o tashish,
o servis ,
o axborot-ma’lumotlari.
TEXKning xilma-hilligi korxonalar, yuridik
va jismoniy shaxslarning
ma`lum bir miqdordagi tijorat bo‘yicha, ish yuzasidan va axborot aloqalarini,
hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabatlarni aniqlaydi.
Transport-
ekspeditorligining shunday munosabatlari shaklidan biri bo‘lib
topshiriq
shartnomasi hisoblanadi. Bunda topshiriq shartnomasining tomonlari
yuridik va
jismoniy ishonchli shaxslar va
yuridik va jismoniy ishonuvchi shaxslar bo‘ladi.
Quyida 2-rasmda topshiriq shartnomasi qatnashchilarining o‘zaro
munosabatlari
tasvirlangan.
2-rasm.
Topshiriq shartnomasi bo`yicha ishonuvchi shaxslar, ishonchli shaxslar va
uchinchi shaxslarning o`zaro munosabatlari sxemasi.
Topshiriq shartnomasi bo`yicha ishonchli shaxs ishonuvchi shaxsning
nomidan va hisobidan uning manfaatlari uchun aniq huquqiy harakatlarni o`zining
nomidan va hisobidan jarayonlarda qatnashish majburiyatini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: