1 amaliy mashg‘ulot
ASOSLARNING OLINISH USULLARI
Download 25.74 Kb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot
ASOSLARNING OLINISH USULLARI
Ishqoriy va ishqoriy er metallarning suvga ta’siri natijasida ishqor hosil bo‘ladi va erkin holda vodorod ajratib chiqaradi. 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 Ca + 2H2O = Ca(OH)2+H2 Ishqoriy va ishqoriy er metallarning oksidlarini suvga ta’siri natijasida ishqor hosil bo‘ladi. K2O + H2O = 2KOH CaO + H2O= Ca(OH)2 Suvda yomon eriydigan asoslar olish uchun tuzlarga ishqor ta’sir ettiriladi. CuSO4 + 2NaOH =↓ Cu(OH)2 + Na2SO4 FeCl3 + 3KOH =↓ Fe(OH)3 + 3KCl Eritmani elektroliz qilish bilan ham asos hosil qilinadi. Osh tuzi yoki kaliy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda, katodda vodorod, anodda esa xlor ajralib chiqadi, eritmada natriy va kaliy gidroksid qoladi. Eritma bug‘latilsa, qattiq holdagi NaOH yoki KOH olinadi. Suvda yomon erib, kislotalar bilan ham ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishadigan gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Masalan: Be(OH)2, Zn(OH)2, A1(OH)3, Cr(OH)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2 Zn(OH)2 + 2HCl = ZnCl2 + 2H2O Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2ZnO2 + 2H2O 4. Tuzlar. Kislota tarkibidagi vodorod atomlarining metall atomlariga to‘la yoki qisman almashinishi natijasida hosil bo‘lgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. Tuzlar molekulasining tarkibiga ko‘ra: o‘rta, nordon, asosli, ko‘shaloq va kompleks tuzlarga bo‘linadi. 1. Na2SO4, A12(SO4)3 - o‘rta tuz; 2. NaHSO4, K2HPO4 - nordon tuz; 3. (CuOH)2SO4, Al(OH)2Cl - asosli tuz; 4. KAl (SO4)2, SuCl2∙2KCl - ko‘shaloq tuz; 5. K4[Fe(CN)6], K2[PtCl6] - kompleks birikmalar. Download 25.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling