1-amaliy mashg’ulot. Yer yuzidagi suv va energiya manbalari. Reja


Download 151.58 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi151.58 Kb.
#1478602
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot. Yer yuzidagi suv va energiya manbalari.


1-amaliy mashg’ulot. Yer yuzidagi suv va energiya manbalari.
Reja:

  1. Qaytalanuvchi, qaytalanmaydigan hamda ana’naviy va noana’naviy energiya manbalari.
  2. Issiqlik, gidravlik va gidroakkumulyasion, to‘lqinlar, geotermal,atom, quyosh, shamol, biomassa va boshqa energiya turlari.




Qaytalanuvchi, qaytalanmaydigan hamda ana’naviy va noana’naviy energiya manbalari
Qaytalanuvchi energiya manbalari. Biror jism (qattiq, suyuq va gaz holatida) o‘z energiyasini, energiyani boshqa turga aylantiruvchi moslamaga uzatib yana harakatda bo‘lsa hamda o‘z energiyasini hohlagan marta uzatib o‘zi yo‘qolib ketmasi bunday manbaga qayta tiklanuvchi energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko‘tarilib tushishi, to‘lqinlar, kichik- va mini- hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg‘i, vodorod va kvant).
Qaytalanmaydigan energiya manbalari. Organik yokilg‘ilardan bir marta foydalanilgandan sung undan kayta foydalanib bulmaydi. SHuning uchun ularni qaytalanmaydigan energiya manbalari ham deb ataladi (organik yoqilg‘ilar-neft mahsulotlari, toshko‘mir va boshqa har xil qattiq yoqilg‘ilar, gaz, atom va boshqalar).
Ana’naviy energiya manbalari. Amaliy jihatdan boshka energiya turlariga karaganda elektroenergiya olish oson va ishlab chikilgan elektro-energiyani uzok masofalarga uzatish imkoni bulgan manbalariga ana’naviy energiya manbalari deyiladi (organik yoqilg‘ilar-neft mahsulotlari, toshko‘mir va boshqa har xil qattiq yoqilg‘ilar, gaz, atom va boshqalar).
Noana’naviy energiya manbalari. Organik yoqilg‘ilarda ishlaydigan ana’naviy energiya manbalari o‘rnini bosib elektr energiyasi (yoki boshqa zarur turdagi energiya) olish imkonini beradigan, hozircha keng qo‘llanilmaydigan usul, qurilma yoki inshootlarga noana’naviy energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko‘tarilib tushishi, to‘lqinlar, kichik- va mini- hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg‘i, vodorod va kvant).

Download 151.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling