1-Amaliy mashg’ulot. Yo’l harakati qoidalarining asosiy tafsiloti. Yo‘l harakati qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 21.78 Kb.
bet8/8
Sana09.02.2023
Hajmi21.78 Kb.
#1180964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot IMTA

yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs;
imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi;
to‘xtab turish joyi — transport vositalarini tashkiliy to‘xtab turishi (joylashtirilishi) uchun mo‘ljallangan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan, qatnov qismining bir bo‘lagi yoki qatnov qismiga, trotuarga, yo‘l yoqasiga, ko‘prikka, estakadaga va ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining boshqa obyektlariga tutashgan, maxsus jihozlangan joy;
pulli to‘xtab turish joyi — to‘lov asosda foydalaniladigan to‘xtab turish joyi;
harakatlanish uchun xavf — yo‘l harakati jarayonidan o‘sha yo‘nalishda va o‘sha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishiga tahdid qiladigan omil;
ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi;
elektromobil — tashqi elektr manbaidan quvvatlanib faqat elektr dvigateli bilan harakatlanadigan transport vositasi;
xavf — yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil;
to‘siq — yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).
Tirbandlik tufayli yoki Qoidalar talabiga binoan ushbu tasmada to‘xtagan transport vositasi to‘siq hisoblanmaydi;
tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositasi — tezkor vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqcha bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositasi;
avariya holatini yuzaga keltirish — yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish;
xorijiy avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari.
Download 21.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling