1-amaliy mashg‘uloti mavzu: hujayra va to‘qima kulturasini olish usullarini o‘zlashtirish. Biologiya va biotexnologiya laboratoriyalarida foydalaniladigan yuqori samaradorlikka EGA bo`lgan qurulmalar bilan ishlashni o`rganish


Sabzi ildiz mevasidan kallus to‘qimasi olish va o‘stirish


Download 262.81 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi262.81 Kb.
#1509467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biologiya amaliy 1 k S — копия(1) (4)

Sabzi ildiz mevasidan kallus to‘qimasi olish va o‘stirish.
Material va asbob uskunalar. Sabzi ildiz mevasi, probka, steril skalpel, pinset, Petri likobchasi, qog‘oz varag‘i. Uayt oziqa muhitli steril Petri lkobchasi.
Tushuntirish. 1939 yili birinchi bo‘lib Gorte tomonidan sabzi ildiz mevasidan kallusli to‘qima olingan. Bu to‘qimalar yangi oziqa muhitga qayta-qayta ekilishi sababli uzoq vaqt o‘sishda davom etgan. O‘stirish uchun olingan sabzi ildizmevasi parenximasining ksilema va floema to‘qimalari o‘zining bo‘linish va o‘sish xususiyatlarini yo‘qotmagan. Kallus birlamchi va ikkilamchi meristemalar atrofida, shunigdek shu meristemalar yonida joylashgan yoki ikkilamchi ildiz to‘qimalari parenximalarida hosil bo‘lgan. Kallus hosil bo‘lish jarayoni eksplpntning o‘lchamiga bog‘liq. Eksplpnt qancha yirik bo‘lsa, hujayralar to‘plami shunchalik murakkab va xilma-xildir. Natijada kallus paydo bo‘lishida asosiy to‘qima va kallus hosil qiluvchi hujayralar orasida murakkab munosabatlar yuzaga keladi. Birlamchi eksplantning o‘lchami odatda 5-10 mm, og‘irligi 20-100 mg bo‘ladi. Ko‘pgina to‘qimalar fiziologik polyarlikka egadir. Buning natijasida kallus eksplant tomonida ya'ni o‘simlikning ildiz qismiga yo‘nalgan joyda faol rivojlanadi.bu holni sabzi ildizi bo‘laklaridan kallus olishda inobatga olish kerak
Ishning borishi. Eksplantlar olish uchun sabziningsog‘lom ildiz mevalari tanlab olinadi, ishqalagich bilan sovunlab yuviladi, keyin vodoprovod va distillangan suvda yuvilib sterillash uchun 96% li etanolga 5 daqiqa solinadi. Steril suvda chayilmaydi. Sterillangan qog‘ozlar orasida sabzi ildizmevasining yuqori bo‘lagi kesib olinadi va steril probkabur bilan to‘qimadan silindrlar kesib olinadi. Sabzi ildizmevasi eksplanti ksilemali va floemali parenxima va kambiydan iborat bo‘lishi kerak. Ajratilgan silindrlar Petri likobchasiga joylanadi, 5 -10 mm li xalqalar kesiladi. Keyin sabzi xalqalari pinset yordamida Uayt oziqa muhitli Petri likobchalariga joylanadi va termostatga 250 S da o‘stiriladi. Uch haftadan keyin natijalar kuzatiladi va hosil bo‘lgan kallusning rasmi chizib olinadi.

Download 262.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling