1-amaliy mashg‘uloti mavzu: hujayra va to‘qima kulturasini olish usullarini o‘zlashtirish. Biologiya va biotexnologiya laboratoriyalarida foydalaniladigan yuqori samaradorlikka EGA bo`lgan qurulmalar bilan ishlashni o`rganish


Beda barglaridan kallus to‘qimasi olish va o‘stirish


Download 262.81 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi262.81 Kb.
#1509467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biologiya amaliy 1 k S — копия(1) (4)

Beda barglaridan kallus to‘qimasi olish va o‘stirish.
Material va asbob uskunalar. Bedaning probirkadagi steril o‘simligi, MV-5 oziqa muhitli steril probirkalar (3-jadval), steril skalpel, pinset, Petri likobchasi, spirtovka, gugurt, 96% li etanol.
Tushuntirish. O‘simlikning turli qismlaridan shuningdek yashil barglaridan ham kallus to‘qimalari olish mumkin. Biroq yashil barglardan kallus olishda ularni yorug‘likda o‘stirilganda, dedifferensirovkadan keyin hosil bo‘lgan kallus to‘qimasi o‘zining yashil rangini va fotosintez qilish xususiyatini yo‘qotadi. To‘qimalarning zararalanishi hujayra dedifferensirovkasini va kallusogenez qobiliyatining yuzaga kelishiga olib keladi, shuning uchun barglarni oziqa muhitiga joylashdan avval kallusning hosil bo‘lishini yaxshilash uchun tomirlari kesiladi.
Ishning borishi. Laminar yoki boksda, sterillikka rioya qilgan holda probirkadagi beda o‘simligi olinib, brglar ajratiladi va Petri likobchalariga joylanadi. Uchtalik barglar skalpel bilan bargchalarga ajratiladi, barg yuzasi bo‘lab tomirlar bir necha joydan kesiladi Agarli V-5 oziqa muhitli Petri likobchasiga yoki probirkalarga joylanadi. Uglerod manbai sifatida oziqa muhitiga saxaroza (30 ml) solinadi, rN 6,0 gacha yetkaziladi. MV-5 oziqa muhitining tarkibiy qismlaridan tashqari (3 jadval), 2,4-D fitogormoni, 8,0 mg/l kinetin, 0,5 mg/l HCK, 250 mg/l ammoniy nitrat va temir xelati uch marta ko‘paytirilgan (111 mg/l Na2 EDTA, 84 mg/l FeSO4 ·7H2O olinadi) miqdori solinadi. Oziqa muhiti probirka yoki kolbalarda avtoklav qilinadi va Petri likobchalariga solinadi. Eksplantlarni o‘tkazishdan avval kondensatlarni yo‘qotish uchun ularni 3-5 kun 260 S darajali termostatda saqlanishi lozim. Eksplantlar oziqa muhitiga o‘tkazilganidan keyin yorug‘lik kamerasiga joylanadi va uch hafta doimiy yorug‘likda inkubatsiya qilinadi (kamera harorati 260 S, nisbiy namligi 95-100% bo‘lishi kerak). Zarur bo‘lgan namlikni saqlab turish uchun probirkalar yoki Petri likobchalari joylashgan patnisning o‘rtasiga stkanda suv qo‘yib ustini polietilen plyonkasi bilan yopish kerak.larni agarga apikal tomoni bilan joylashtirish kerak.
Bir haftadan keyin eksplantlar kuzatiladi va rasmi chizib olinadi. Odatda 7-10 kundan keyin ular yashil rangini yo‘qotadi va kallus to‘qimasining rivojlanishi ko‘zga tashlanadi (avval kesmalar atrofida, so‘ng bargning butun yuzasi bo‘lab). Uch haftadan so‘ng yaxshi rivojlangan kallusni ko‘rish mumkin.

Download 262.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling