1-Amaliy Mavzu: Kanop, uning tuzulishi va xususiyatlari


Download 51.57 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi51.57 Kb.
#1385444
Bog'liq
1-Amaliy


1-Amaliy
Mavzu: Kanop, uning tuzulishi va xususiyatlari.

Reja:
1.Kanop o‘simligi xaqida umumiy ma’lumotlar


2. Kanop o‘simligi va uning tuzilishi


Kanop o‘simligining tuzilishi
Kanoppoya bir-biri bilan yondosh turgan alohida hujayralardan iborat bo‘lgan murakkab strukturali o‘simlik. Har qaysi shunday to‘qima xujayralarida yupqa qobiq bo‘lib,u yosh hujayralarda protoplazma,katta yoshli xujayralarda esa sharbat yoki havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tabiatda juda ko‘p har xil shaklli va hajmli xujayralar uchraydi.SHunga g‘aramay hamma hujayralarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1.Parenximali hujayralar - hamma uch tomonga (uzunligiga, eniga va yo‘g‘onligiga) bir xilda o‘sadigan hujayralar.
2.Prozenximali hujayralar - uchi nayzalashgan, dukka o‘xshash cho‘zilgan hujayralar.
Hamma o‘simlik to‘qimalari hosil qiluvchi to‘qimadan paydo bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimalar poyaning uchi va ildizida, ya’ni o‘sish nuqtasi deb atalgan joyda joylashgan bo‘lib, o‘simlikda birlamchi to‘qimani hosil qiladi.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalardan kelib chiqib, o‘z navbatida ikkilamchi to‘qima deb ataluvchi yangi to‘qimani hosil qilish xususiyatiga ega.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar kambiy deb ataladi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar tufayli esa eniga o‘sadi (yo‘g‘onlashadi).
Kanoppoyaning tizimi
Kanoppoya va kanop tolasining strukturasini chuqur ilmiy ravishda 1921 - 25 yillarda M.Magit,1929 - 1934 yillarda A.A.Arno va E.P.Borshcheva va 1976 - 1978 yillarda N.A.Ordinalar o‘rgandilar.1961 - 1962 yillarda esa E.N.Mixaylova er namligini ko‘k poya tolasining hosil bo‘lishiga ta’sirini o‘rgandi.1960 - 1962 yillarda kanop o‘simligi po‘stloqining strukturasini A.A. Arno chuqur o‘rganadi.
1978 yilda akademik X.U.Usmonov rahbarligida polimerlar ximiyasining eng yangi metodi - elektron mikroskopiya yordamida po‘stloq tolalari va ularning tuzilishini o‘rganish yuzaga keladi.
Poya to‘qimalarini strukturasini o‘rganishda poyani tashqarisidan rusumziga tomon yo‘nalishda qaraladi.
Poya to‘qimalarining miqdori va sifati poyaning pastidan yuqori uchiga qarab o‘zgarib boradi.
Kanoppoyaning birinchi anatomik to‘qimasi po‘st to‘qima bo‘lib,poyaning sirti shu to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Po‘st to‘qima po‘st pardasi 1,epidermis 2 va assimilyatsion parenxima 3 dan iborat.
Po‘st to‘qima mexanikaviy ta’sirlaridan himoyachi rolini bajarib, o‘simlikdan namning tezda bug‘lanib ketishidan va har xil temperatura ta’siridan saqlaydi hamda havo almashinishini tartibga solish vazifasini bajaradi.




1-rasm. Kanoppoyaning ko‘ndalang
kesimi tuzilishi:
1-kutikula; 2-epidermis; 3-kallenxima; 4-po‘stloq parenximasi; 5-endodermis; 6-birlamchi tola; 7-ikkilamchi tola; 8-po‘stloq parenximasi; 9-to‘rli truba; 10-kambiy; 11-yog‘ochlik; 12-suv yo‘llari; 13-o‘zak; 14-bo‘shliq.
Po‘st to‘qimaning tashqi bir qavati po‘st pardasidan iborat bo‘lib,u suv o‘tkazmaydigan maxsus moysimon modda bilan qoplangan. Bu modda kutikula 1 deb ataladi. Po‘st pardasi va epidermisda teshikchalar (ustida) bo‘lib,ular orqali tashqi muhitdan ichkariga namlik va havo kirib turadi. Po‘st pardasining pastki qismidan ikki-uch qavatli zanjirsimon epidermis 2 hujayralari joylashgan. Epidermis hujayralarda tsellyulozali pardalar bo‘ladi.

Birlamchi va ikkilamchi tolalar


Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimida tolalar tutami bir necha qatlamda joylashadi.Tashqi qatlam birlamchi tola bo‘lib,pastdan yuqoriga cho‘zilgan. Qolgan qatlamdagi tolalar tutami ikkilamchi tola bo‘lib, poyaning uchiga etmaydi. Qatlamlar soni ham poyaning tagidan yuqoriga qarab kamayib boradi. Demak,ikkilamchi tolalar tutamning uzunligi har xil bo‘ladi. Eng uzun tola tutami birlamchi bo‘lib,ikkilamchi tola tutami esa har xil uzunlikda hamda qatlamlar soni ham har xil bo‘lib joylashgan. Eng qisqasi eng ichkarisidagi qatlamdir (6). Kanoppoyada ikkilamchi tolalar tutami juda o‘sgan: boshqa tolali o‘simliklarning ikkilamchi tutamiga qaraganda uzun va ko‘p bo‘ladi.
Tolaning pishiqligi hosilni yig‘ish muddatiga bog‘liq. Ilgariroq yig‘ilgan poya tolasining pishiqligi kam bo‘ladi, kechroq yig‘ilib olingan sari pishiqligi ortib boradi.Kanop poyasida 24% gacha tola bo‘ladi.
Birlamchi va ikkilamchi tola dastasining uzunligi bo‘yicha pishiqligi,kgk hisobida (poyaning uzunligi 2,9 m,yo‘g‘onligi - 9,1 mm).
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. I.Karimov«Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».
Toshkent. 1997 y.
2. J.Sultonov “Kanopni dastlabki ishlash” Toshkent “O‘qituvchi” 1981 y.
4. U.M Matmusaev “Poya po‘stloqidan olinuvchi tolalar”, o‘quv qo‘llanma,
Toshkent, TTESI, 1982 y.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti O‘z RST 605-93 “Ko‘k kanop
po‘stlog‘i”.
Nazorat uchun savollar:
1. 1. Tabiiy tolalarni qanday turlari mavjud?
2. To‘qimachilik sanoatining qanday tarmoqlari bor?
3. Tabiiy tolalarni qayta ishlashda qanday mahsulotlar olinadi?
4. Parenximali va prozenximali xujayralar xaqida qisqacha aytib bering?
5. Birlamchi va ikkilamchi to‘qima xaqida qisqacha aytib bering?
6. Kanop poyaning ko‘ndalang kesimini chizing va tuzilishini ayting?
Download 51.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling