1-amaliy. O’zbekiston Respublikasida Xalq ta’lim tizimi va uning turlari


Download 53.75 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi53.75 Kb.
#1205056
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 mavzu muammo

O’quv qo’llanma – bu darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirishni ta’minlovchi ayrim bob va bo’limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg’ulotlar olib borishga mo’ljallangan nashr.
Ta'lim tamoyillari – o’qituvchining faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tеgishli ko’nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo’l-yo’riqlarini o’z ichiga oladi.
Electron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimediya, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlashtirilgan darsliklar.
Ma’ruzalar to’plami – muayyan fanning o’quv dasturi bo’yicha undagi mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladiganasosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlari ko’rsatilgan, o’z-o’zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib turadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo’yicha chiqariladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik (uslubiy) qo’llanma – muayyan fanning o’quv dasturi bo’yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo’yicha talabalarda zarur amaliy ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallangan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik qo’llanma – o’qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda bir darsning maqsadi, dars o’tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg’ulotlar, qo’shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.
Lug’at – aniq bir tartibda joylashgan so’zlar (yoki so’z birikmasi, idiomalar va h.k) to’plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to’g’risida ma’lumot beruvchi yoki so’zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.
Izohli lug’at – so’zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so’zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo’llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo’shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.
Ta'lim bеrishda ta'lim tamoyillari o’qituvchi faoliyatini va talabaning bilim faoliyati xususiyatini bеlgilovchi omildir. Uzluksiz ta'lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modеlining tarkibiy qismlaridan biri dеb, ta'kidlanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim tizimi o’quv-tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yеtuk barkamol avlodni yеtishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (printsiplari) bеlgilanadi.

Download 53.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling