1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet2/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu

I-BOB.

ASOSIY TUSHUNCHALAR VA QOIDALAR


    1. Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishning asosiy

printsiplari


Jamiyat rivojining zamonaviy ilmiy-texnologik darajasi bir tomondan, qurilish ishlab chiqarishiga, odatda, yuqori talablar qo‘yadi, ikkinchi tomondan, uni takomillashtirishda va yangilanishiga yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Qurilish ishlab chiqarish asosiga hozirgi vaqtda qo‘yilayotgan printsiplar quyidagilardir: tizimlilik; havfsizlik; moslashuvchanlik; resurstejamkorlik; sifat; samaradorlik.
Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy- rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik yechim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi printsipdan iborat bo‘lib, shu jumladan favqulodda va ekstremal holatlar yuzaga kelganda.
Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi.
Resurstejamkorlik qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida moddiy, energetik, mexnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini tejashga yo‘naltirilgan printsipni ifoda etadi.
Sifat qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos kelishi, shuningdek ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida
uzluksiz nazorat qilish tizimi asosida amaldagi norma (me’yor) lar, standartlar, tartiblarga muvofiq kelishini anglatadi.
Samaradorlik ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish maxsulotini yaratishdagi resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga mosligini miqdoriy baholashdan iborat.



    1. Download 124.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling