1-Ma’ruza: Qurilish jarayonlari texnologiyasi bo‘yicha asosiy tushunchalar va qoidalar Ma’ruza rejasi: Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari


Download 164.5 Kb.
bet1/5
Sana14.11.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1772936
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza


1-Ma’ruza: Qurilish jarayonlari texnologiyasi bo‘yicha asosiy
tushunchalar va qoidalar


Ma’ruza rejasi:
1. Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari.
2. Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari
3. Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.
4.Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlar
5.Qurilishdagi ishchilarning kasblari va malakalari
6. Mexnatga haq to‘lash tizimi


1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari

Jamiyat rivojining zamonaviy ilmiy-texnologik darajasi bir tomondan, qurilish ishlab chiqarishiga, odatda, yuqori talablar qo‘yadi, ikkinchi tomondan, uni takomillashtirishda va yangilanishiga yangi imkoniyatlarni ochib beradi.


Qurilish ishlab chiqarish asosiga hozirgi vaqtda qo‘yilayotgan prinsiplar quyidagilardir: tizimlilik; havfsizlik; moslashuvchanlik; resurstejamkorlik; sifat; samaradorlik.
Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy-rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik echim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi prinsipdan iborat bo‘lib, shu jumladan favqulodda va ekstremal holatlar yuzaga kelganda.
Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling