1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet1/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu


1-Amaliy: REMONT QILISH ISHLARI TEXNOLOGIYASI FANINING TARIXI VA RIVOJLANISHI.
Qurilish inson bunyodkorlik faoliyatining asosiy shakllaridan biridir. Qurilish – bu moddiy ishlab chiqarishning sohasi bo‘lib, unda ishlab chiqarish (sanoat korxonalari, energetik majmualar, yo‘llar, magistral quvurlar va boshq.) va noishlab chiqarish (turar joy uylari, jamoat binolari, mehmonxona majmualari, va boshq.) vazifalarini bajaruvchi asosiy fondlar yaratiladi.
Qurilish, shuningdek bu binolar va inshootlarni bunyod etish jarayonini ham anglatadi, unga ularni keyingi ta’mirlash, qayta qurish, boshqa ixtisoslikka o‘tkazish, kafolatli foydalanish ham kiradi.
Kapital -to‘liq qurilish – umumlashtiruvchi atama bo‘lib, unga bino va inshootlarni yangi qurilishi, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish bilan kengaytirish, to‘liq va joriy ta’mirlash kiradi.
Umuman qurilish inson hayot faoliyatining qulay muhiti yaratilishini ta’minlovchi, ko‘p miqdorda ish o‘rinlarini yaratuvchi, o‘zining ortidan moddiy ishlab chiqarishning bir qator qo‘shni tarmoqlarini yetaklovchi barqaror rivojlantiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishi – qurilishning tayyorgarlik va asosiy davrlarida qurilish maydonchasida bajariladigan ishlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, unga yana binoning yer osti va yer usti qismlarini barpo etish ishlari, barcha pardozlash ishlari va muhandislik sanitariya va elektrotexnik konstruktsiyalar, liftlar va boshqalari kiradi.
Qurilish ishlab chiqarishi ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishi sifatida qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va uni tashkil etishni birlashtiradi, bunda har bir fan ravshan namoyon bo‘lgan mohiyatga hamda ilmiy asoslarga ega.
Texnologiya umumiy tushunishda – zarur maxsulotni olish jarayonida amalga oshiriladigan materiallarni yoki chala maxsulotlarni tayyorlash yoki ularga ishlov berish metod(usul)larining yig‘indisidir. Texnologiyaning vazifasi – zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi amaliy fan sifatida ko‘rib chiqilayotgan hodisalar, jarayonlar ishlarning juda keng qamroviga ega bo‘lib, ikki ketma-ket tizimostilari: qurilish jarayonlari texnologiyasi va bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasining birlashmasi hisoblanadi.
Qurilish jarayonlari texnologiyasi talab etilgan sifatdagi maxsulotni olish maqsadida qurilish materiallari, yarim maxsulotlar va konstruktsiyalarning holati, fizik-mexanik hossalari, geometrik o‘lchamlarini sifat jihatdan ularga ishlov berishni ta’minlovchi qurilish jarayonlarini bajarishning nazariy asoslarini, uslublarini va metod(usul)larini ko‘rib chiqadi. Bu ta’rifga kiritilgan “metod” tushunchasi mexnat qilish texnik vositalari (qurilish mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, montaj qilish moslamalari, jihozlar, apparatlar, dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan asbob, turli xil konstruktsiyalar) dan foydalanib mexnat predmeti moddiy elementlar (qurilish materiallari, chala tayyor maxsulotlar, konstruktsiyalar va boshq.)ga ta’sir ko‘rsatishning turli xil usullariga (jismoniy, kimyoviy va h. k.) asoslangan qurilish jarayonlarini bajarish printsiplarini belgilab beradi.
Binolar va inshootlarni barpo qilish texnologiyasi qurilishi tugallangan bino va inshootlar ko‘rinishidagi maxsulot olish maqsadida boshqa ishlar bilan makonda va vaqt bo‘yicha mustaqil yoki o‘zaro bog‘lanishda ko‘rib chiqiladigan qurilish, montaj va maxsus ishlarning ayrim turlarini amaliy jihatdan amalga oshirishning nazariy asoslarni va printsiplarini belgilab beradi.
Mamlakatimizda qurilish ishlab chiqarishi zavod, korxonalarda ishlab chiqarilgan konstruktsiyalar, detallar va qurilish materiallarini keng qo‘llanilishiga asoslangan industrial asosda rivojlanmoqda.
Ilmiy-texnik taraqqiyot qo‘l mexnati xarajatlarini ancha kamaytirishga, quruvchilarning yangi yuqori unumdor mashina va mexanizmlarni, samarali mexanizatsiyalashgan asboblarni olishlariga va qullashlariga yordam beradi. Hozirgi vaqtda mavjud nazariy tadqiqotlar, yangi materiallar, ilg‘or qolip (opalubka) lar va qolip tizimlari negizida monolit va yig‘ma-monolit uy qurilishi jadal rivojlanmoqda.
Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishning asosiy printsiplari mexnat unumdorligini jiddiy oshirishga, ishchilarning mexnati muxofazasini yaxshilashga, atrof-muhit ekologiyasi va muhofazasiga ko‘proq e’tibor berishga mo‘ljallangan.
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursini bayon qilish fundamental umumta’lim va maxsus muhandislik-texnik fanlarni o‘rganishning o‘zaro aloqasi va izchilligiga asoslanadi. Kursning tuzilishi geodeziya, qurilish materiallari, sanoat va fuqarolik binolari arxitekturasi, qurilish mashinalari va qurilish konstruktsiyalari – temirbeton va tosh metall va yog‘och hamda plastmassa konstruktsiyalari kurslarini dastlabki yoki bir vaqtda o‘rganishni nazarda tutadi.

Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling