1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi
Download 124.21 Kb.
|
1-Mavzu
Mashina vaqti me’yori – mashinaning ekspluatatsion (foydalanish) unumdorligidan maksimal darajada foydalanishga imkon beruvchi, ishni oqilona tashkil etishda sifatli mashina maxsuloti birligini ishlab chiqarish uchun zarur mashinaning ish vaqti miqdori (mash.-soat va mash.-sm).
Vaqt me’yorlari va ishlab chiqarish mahsulot me’yorlari o‘zaro bog‘liq, zarur bo‘lganda ishchilarning unumdorligini va zveno tarkibini aniqlashga imkon beradi. Yuqorida tavsiflangan parametrlardan amaliy foydalanishga bir necha misol keltiramiz. misol. G‘isht terish 1 m3 g‘isht terishga vaqt me’yori (Nv) – 1,6 odam-soat; bir soatda mahsulot ishlab chiqarish Nm = 1/Nvaqt= 1/1,6 = 0,6 m3; bir smenada mahsulot ishlab chiqarish Nm. = 8/Nv= 8/1,6 = 5,0 m3; g‘isht-tosh teruvchining 1m3 ni haqiqiy terish vaqti 1,5 kishi-soat. Mexnat unumdorligi = --ҳ--а-қ-и--қ-и=й ва--қ-т--100 = 107 %1,5 меъерий вақт 1,6 misol. Ish hajmi V = 15m3 bo‘lgan g‘isht terish uchun me’yoriy davomiylikni aniqlang? Ishlarning mehnat sarfi Nv•V = 1,6 •15 = 24 odam-soat; Ishlarning mehnat sarfi 24/8 = 3 odam-kun.; Zveno tarkibi – 2 odam. Ishlarning me’yoriy davomiyligi 3/2 =1,5 kun(smena). misol. Montajchilar zvenosi tarkibini aniqlang. Konstruktsiyani o‘rnatish bo‘yicha ishlarning mexnat sarfi 5,5 odam-soatni tashkil etadi va mexanizm vaqt xarajati sarfi – 1,1 mash.-soat. Montajchilar zvenosining tarkibi 5,5 киши соат = 5 kishi. 1,1 маш - соат Krandan foydalanilganda 5 kishi konstruktsiyani 1,1 soatda o‘rnatadi. Vaqt me’yorlari bir qancha turda bo‘ladi. Elementar me’yor faqat bitta ishlab chiqarish operatsiyasiga vaqt me’yorini belgilaydi, masalan, sirtni plitka bilan koshinlash uchun tayyorlash. Yagona ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi bir qator operatsiyalarni birlashtiruvchi me’yor yiriklashtirilgan hisoblanadi (m2 sirtni bo‘yash, shu jumladan asosni tayyorlash, gruntovka, tekislab-tozalash, bir necha qavatni bo‘yash va h.k.), ishlab chiqarish jarayonlari majmuini o‘z ichiga oluvchi majmuaviy (kompleks) vaqt me’yori ( m3 g‘isht terish, bunga g‘isht terishning o‘zi, ravoqlarni joylashtirish, supaning o‘rnini o‘zgartirish, ish hududiga materiallarni uzatish kiradi). Texnik me’yorlardan qurilish ishlarini bajarishdagi hujjatlarni ishlab chiqishda va qabul qilingan texnologik yechimlarning samaradorligini baholashda foydalaniladi. Download 124.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling