1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Texnik va tarifli me’yorlash (normalash)


Download 124.21 Kb.
bet12/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu

Texnik va tarifli me’yorlash (normalash)


Ishchi mexnat faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichi mexnat unumdorligi hisoblanadi.
Qurilishdagi ishchilarning mexnat unumdorligi bajarilayotgan ishlarning mahsulot miqdori va mehnat sarfi bilan belgilanadi. Qurilish ishchilarining mehnat unumdorligi birlik vaqt (soat, smena) davomida tayyorlangan mahsulot miqdori (m, m2, m3, dona, tonna) bilan yoki birlik mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan ish vaqti mexnat sarfi (odam-soat, odam-smena) bilan aniqlanishi mumkin. Mahsulot miqdori – vaqt birligi (soat, smena va h. k.) ichida ishlab chiqarilgan

maxsulot; Mexnat sarfi unumdorlikni baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Birlik maxsulotga mexnat sarfi qanchalik kam bo‘lsa, mexnat unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bir qurilish jarayonining mexnat sarfi miqdori texnik me’yorlash (normalash) bilan tartibga solinadi.
Texnik me’yorlash – birlik qurilish maxsulotiga ishchi yoki mashina vaqti xarajatlari va materiallar sarfining texnik jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish. Bunday me’yorlar qurilish jarayonlarini sinchiklab o‘rganish yo‘li bilan o‘rnatiladi va ishchilar mexnatiga haq to‘lashning asosi hisoblanadi. Bu me’yorlarga ko‘ra qurilish, montaj, ta’mirlash – qurish ishlari uchun umumiy (yagona) me’yorlar va narxlar (UMvaN) tuziladi.
Mehnat sarfi miqdoriy jihatdan texnikaviy me’yorlash orqali belgilanadi. Mehnat sarfining me’yori vaqt me’yori va mahsulot miqdorining me’yori ko‘rinishida ifodalanadi. Bu ko‘rsatgichlar «Umumiy me’yorlar va narxlar» to‘plamida (UMvaN) (YeNiR) har bir ish turi uchun keltirilgan.
Vaqt me’yori (Nv) deb, birlik sifatli mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan ish vaqtiga aytiladi; o‘lchov birligi: odam-soat, mash-soat.

Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling