1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet9/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu

ahamiyatga ko‘ra (bajarishning ustivorligiga ko‘ra):
etakchi jarayonlar, bino va inshootni barpo etishning yakuniy muddatlarini belgilab beruvchi;
qo‘shma jarayonlar,faqat yetakchi jarayonlar bilan paralel ravishda bajariladigan (montaj va tutashuv joylarini bekitish, g‘isht terish va suvash, umumqurilish va maxsus ishlar). Qo‘shib olib beriladigan jarayonlar qurilishning muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi jarayonga aylanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, jarayonlarni birga qo‘shib bajarish qurilishning davomiyligini ancha qisqartirishga imkon beradi.
Bajarilayotgan jarayonlar tarkibi doimiy hisoblanmaydi va aniq sharoitga bog‘liq holda – mashina va uskunalarning mavjudligiga, yil fasliga, iqlim va geologik sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Bino va inshootlarni barpo etishda bajariladigan ishlar majmuini uch guruhga birlashtirish mumkin:
Umumqurilish ishlari bajarish usuli yoki qo‘llanilayotgan va ishlov berilayotgan materiallariga ko‘ra yer ishlari, qoziq ishlari, g‘isht-tosh ishlari, montaj, beton, tom yopmani yopish, pardozlash va boshqa ishlarga bo‘linadi.
Maxsus ishlarga suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv, ventilyatsiya, elektromontaj, texnologik konstruktsiyalarni, liftlarni montaj qilish, rezervuarlarni, sanoat pechlarini va h. k. larni barpo qilish kiradi. Bu ishlar o‘ziga xosdir, shu jumladan har bir qurilish ob’ekti uchun shunga o‘xshash ishlarning o‘z nomenklaturasi mavjud, shuning uchun maxsus ishlarni asosan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajarishadi, ular qurilishning asosiy ijrochisiga subpudratchi bo‘lib hisoblanadi.
Yordamchi ishlar qurilishni materiallar, yarimfabrikatlar, detallar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan va transport hamda ortish-tushirish ishlariga ajratiladi.
Qurilish ishlari majmualari ham davrlar yoki tsikllar bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Tayyorgarlik davrida qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi, bunga eski binolarni buzish, rejalash, vaqtinchalik yo‘llarni qurish, quruvchilar uchun maishiy xonalar qurish, vaqtincha kommunikatsiyalarni o‘tkazish kiradi.
Yer osti qismini yoki nol tsiklini barpo etish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: yer ishlari (kotlovan qazish, tasmali poydevorlar va asosiy magistrallardan binoga kommunikatsiyalar tortish uchun transheyalar qazish, ularni to‘ldirib chiqish), yig‘ma yoki monolit temir-beton konstruktsiyalardan poydevorlar, yerto‘la devorlari, ichki pardevorlar, Ustunlar, orayopmalarni barpo etish, beton ishlariga tayyorgarlik va h. k., gidroizolyatsion ishlar (polni va yer osti qismi devorlarini izolyatsiyalash), binoga zarur kommunikatsiyalarni kiritish (binoga transheyalar orqali kommunikatsiya quvurlarini o‘tkazib, ularni binoning yerto‘la qismida tarqatish).
Qurilishning ikkinchi bochqichida (binoning yer usti qismini barpo etishda) odatda: yig‘ma yoki monolit qurilish konstruktsiyalarni montaj qilish yoki barpo qilish, tashqi va ichki devorlar panellarini montaj qilish, deraza va eshik bloklarini o‘rnatish, tom yopish ishlari, ventilyatsiya tizimlarini qurish, issiq va sovuq suv quvurlarini (stoyaklarini) o‘rnatish bo‘yicha sanitariya-texnik ishlarini, gaz ta’minoti quvurlarini yotqizish (o‘rnatish), elektr ta’minoti tizimi quvurlarini va taqsimlagichlarni o‘rnatish va h. k. ishlar bajariladi.
Uchinchi yakuniy bosqich pardozlash tsikli deb ataladi, bu davrda barcha pardozlash ishlari bajariladi: oyna solishlarni tugallash, plitka o‘rnatish va suvoqchilik ishlari, pardozlash (devorlarni, shiplarni, duradgorlik buyumlarini, quvurlarni bo‘yash va pardozlash), barcha turdagi pollarni o‘rnatish, sanitariya- texnika asboblarini va elektrotexnik armaturani o‘rnatish.
Qurilish maydonida bajariladigan jarayonlar va ishlarning tasnifiy sxemasi 1.3- rasmda keltirilgan

Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling