1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet21/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-Mavzu

Qurilishda mehnat muhofazasi


Qurilishda mehnat muhofazasi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar – tashkiliy, texnik, sanitar-gigienik va qonunchilik tizimlaridan iborat bo‘lib, ularning maqsadi barcha qurilish – montaj ishlarini bajarishda havfsiz mehnat sharoitlarini
ta’minlashdan iboratdir.
Tashkiliy-texnik tadbirlar – xavfsiz mehnat qilish metodlarini o‘rgatish, xavfsiz mexanizmlarni, mehnat qilish vositalarini ishlab chiqish va ular asosida xavfsiz qurilish jarayonlarni ishlab chiqish.
Sanitar-gigienik tadbirlar – qurilish maydonchasida me’yoriy mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan.
Qonunchilik tadbirlari – ishlash va dam olish vaqti rejimini, ayollar hamda o‘smirlarning mehnat sharoitlarini tartibga solish, ishchilarni ishga qabul qilish, boshqasiga o‘tkazish va ishdan ozod etish qoidalarini, ishchilarning o‘zaro munosabatlari hamda ishchilar va ma’muriyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Ishlarni bajarishga boshlang‘ich kirish instruktaji (ko‘rsatma, yo‘riq)dan va ish o‘rnida instruktaj (ko‘rsatma, yo‘riq)dan o‘tgan shaxslarga ruxsat etiladi. Takroriy instruktaj (ko‘rsatma, yo‘riq) yangi ishga o‘tganda yoki mehnat sharoitlari o‘zgargan vaqtda amalga oshiriladi.
O‘ta xavfli va zararli ishlarni bajarish uchun (balandlikda montaj qilish, hidli moddalar bilan ishlash) ishchilarga, tegishli o‘qitishdan va imtixon topshirgandan so‘ng ishlashga ruxsat etiladi.
Ishlarni boshqaruvchilarga eslatma sifatida qurilish maydonida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar ishlarni bajarish loyihasi (IBL)da va texnologik xaritalarda bayon qilinadi.


Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling