1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi
Qurilish texnologiyalarining texnik vositalari
Download 124.21 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish texnologiyalarining ekologik xavfsizligi
Qurilish texnologiyalarining texnik vositalariBino va inshootlarni barpo etishda foydalaniladigan texnik vositalarni uch guruhga ajratish mumkin: asosiy, yordamchi va transport. Asosiy texnik vositalar bevosita qurilish jarayonida – konstruktsiyalarni montaj qilish, gruntga ishlov berish, qoziqlar qoqish, pardozlash ishlarini amalga oshirish va h. k.larda bevosita ishtirok etadi. Ularga qurilish mashinalari, mexanizmlar, dastaki, mexanizatsiyalashgan va elektrlashtirilgan asboblar kiradi. Yordamchi texnik vositalar konstruktsiyalarni bevosita barpo etishda ishlatilmaydi, ammo bunga yordam beradi (balandlikda ishlash uchun supalar, ikki yoqqa ochiladigan narvonlar, montaj qilish maydonlari, traversa va stroplar va boshq). Yordamchi texnik vositalar tarkibiga tashishda, omborda saqlashda va bevosita ish o‘rnida materiallarni buzilmasligini, butunligini ta’minlashga mo‘ljallangan konteynerlar, kassetalar, bunkerlar, strubtsinalar, gazli ballonlar, suyuq moddali idishlar va boshqa turli xil kerakli yaroqlar kiradi. Transport vositalari moddiy resurslar va texnik vositalarni faqat barpo etilayotgan binolar yoniga emas, balki ishlar amalga oshiriladigan hudud (zona)ga ham yetkazib berilishini ta’minlaydi. Qurilish texnologiyalarining ekologik xavfsizligiZamonaviy qurilishga qo‘yiladigan talablardan biri ekologik havfsizlikni ta’minlash hisoblanadi. Bu, mavjud ob’ektlarni takomillashtirishda va yangilarini yaratishdagi barcha bosqichlarda, ya’ni loyihalash, qurish va foydalanishda mazkur ob’ektning va atrof tabiiy muhitning maksimal moslashuvchanligini ta’minlashga, ekologik muvozanatni saqlashga imkon beruvchi talablar va mezonlar hisobga olinishi kerak. Ekologik havfsizlik printsipining amalga oshirilishi ta’sirlarni tahlil qilishga va tabiiy ekotizimlarda va umuman biosferada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keyingi o‘zgarishlar va oqibatlar prognoziga asoslanadi. Qurilish ishlarini amalga oshirishda atrof-muhitga ko‘rsatiladigan ta’sirlar turlarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: ijtimoiy muhitga ta’sirlar (bino yoki inshootning arxitekturasini estetik idrok qilish; landshaftning salbiy o‘zgarishlari; transport va piyoda oqimlarining majburiy o‘zgarishi yoki qisqarishi; aloqa liniyalari ishining buzilishi; shovqin darajasining ortishi va boshqalar); erdan foydalanish (er uchastkalarini qurilish maydonlari uchun, qurilish materiallari va konstruktsiyalarini omborlari, tashkil etilgan va tashkil etilmagan grunt va chiqindilar to‘plamlari uchun uzoq muddatga uzoqlashtirilishi va boshq); grunt muhitiga ta’sirlar (tabiiy holatning buzilishi, gruntga ishlov berishda, gruntli va qoziqli zaminlarni qurishda, singib o‘tmaydigan to‘siq va ekranlarni yaratishda, portlatish ishlarini amalga oshirishda zamin va grunt muhitining eroziyasi va ifloslanishi va boshq); suv muhitiga ta’sirlar (suvni chetdan o‘tkazish (qochirish) va drenajlar qurishda, yer osti suvlari sathini sun’iy pasaytirishda, turli xil qurilish qorishmalari va tarkiblarida kimyoviy qo‘shimchalarning qo‘llanilishida, qurilish maydonlaridan tozalanmagan oqovalarga yo‘l qo‘yilganda yer osti va usti suvlarning ifloslanishi); havo muhitiga ta’sirlar (gruntga ishlov berishda, sochiluvchan, shu jumladan kimyoviy agressiv materiallarni omborga to‘kishda va foydalanishda, portlatish ishlarini amalga oshirishda, qurilish materiallari va axlatni yoqishda havoning changlanishi va gazlanishi va boshq); o‘simliklarga ta’sirlar (gruntning o‘simlik qatlamini, yashil ekinlarni yo‘q qilganda va h. k.); konstruktsiyaning havfsizligi darajasiga ta’sir (texnologik reglamentlarning buzilishi oqibatlari, ishlarni amalga oshirishning ekstremal sharoitlari va boshq); inson havfsizligiga ta’sir (havfli materiallar va tarkiblardan foydalanish, ishlarini amalga oshirishdagi havfli sharoitlar va boshqalar). Qo‘llanilishi atrof-muhitga salbiy ta’sirni pasaytirish mumkin bo‘lgan qurilish ishlarini bajarish metodlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga ajratilishi mumkin: Download 124.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling