1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet16/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-Mavzu

Mexnatga haq to‘lash tizimi


Qurilishda haq to‘lashning bir necha tizimi qo‘llaniladi.
Mexnatga vaqtbay haq to‘lash belgilangan stavka yoki tarif koeffitsientiga muvofiq haqiqiy ishlagan vaqt uchun haq to‘lashda foydalaniladi. Haq to‘lashning bu shakli aniq me’yorlash yoki hisobga olish mumkin bo‘lmaydigan ishlar uchun (transport ishchilari, qorovullar, navbatchi elektriklar) qulaydir. Mexanizmlarda (buldozerlarda) yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda (kompressor) band bo‘lgan ishchilar uchun vaqtbay-mukofotli haq to‘lash bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbay haq to‘lash berilgan razryadlar va mexnatdagi ishtirokiga muvofiq haqiqiy bajarilgan ish hajmi uchun haq to‘lashni nazarda tutadi. Mexnatga haq to‘lashning bu shakli ancha ilg‘or, u mexnat unumdorligini oshirishga va ishchilarning yanada yuqori malaka egallashga intilishiga yordam beradi. Uning qo‘llanilishi ishchilarning ish hajmini muntazam hisobga olishni va naryadlar rasmiylashtirilishini talab etadi.
Naryad – bu ish boshlanguncha ayrim ishchi, zveno yoki ishchilar brigadasiga ishlarni bajarish uchun berilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish topshirig‘idir. Naryad bajarilgan ishlar hajmini hisobga olish va ishchilar bilan hisob-kitob qilishdagi asosiy hujjat hisoblanadi.
Akkord to‘lov- (ishbay haq to‘lashning boshqa turi) ma’lum ishlar majmuiga (xonadon, qavat, sektsiya) yoki ishlar hajmi birligiga (m3 g‘isht terish, m2 suvoq qilinadigan yuza uchun) oldindan tayyorlab qo‘yilgan kalkulyatsiya asosida amalga oshiriladi. Barcha mayda va yo‘l-yo‘lakay qilinadigan jarayonlar va operatsiyalarni hisobga oluvchi, to‘g‘ri ravishda tuzilgan kalkulyatsiyalarda, aniq belgilangan hajmlarda va berilgan qurilish – montaj ishlarining aniq belgilangan muddatlarida akkord to‘lovning qo‘llanilishi mexnat unumdorligini oshirishga va ishlarning bajarilishini tezlashtirishga imkon beradi.
Fuqarolik qurilishida foydalanishga topshirilgan ob’ekt uchun kompleks brigada bilan hisob-kitob qilish qo‘llanilmoqda. Qurilish – montaj ishlarining butun hajmiga naryadbuyurtma tayyorlanadi, oraliq hisob-kitoblar – avanslar bajarilgan ish hajmidan kelib chiqqan holda, har oyda rasmiylashtiriladi. Yakuniy hisob-kitobda qo‘shimcha ravishda quyidagilar hisobga olinadi: ob’ektni foydalanishga muddatidan oldin topshirish; bajarilgan ishlar sifati; ishlar tannarxini pasaytirgani uchun va qurilish materiallarini tejagani uchun mukofotlash.

Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling