1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Qurilish – montaj ishlari sifatini nazorat qilish


Download 124.21 Kb.
bet20/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-Mavzu

Qurilish – montaj ishlari sifatini nazorat qilish


Qurilish mahsuloti sifati – qurilishi tugallangan ob’ektning tejamkorligi va rentabelligiga ta’sir qiluvchi, uning ishonchliligi hamda chidamliligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Umumlashtirilgan ko‘rinishda ob’ektning sifati loyihaning, qurilish meteriallari va buyumlarining sifati, shuningdek qurilish
– montaj ishlarini amalga oshirish sifati bilan belgilanadi.
Qurilish-montaj ishlari sifatining nazoratini amalga oshirish tarkibi va tartibini, yashirin ishlarni rasmiylashtirish, tayyor ob’ektni yakuniy qabul qilish qoidalarini va h. k. larni belgilab beruvchi QMQ (3-qism) bilan tartibga solinadi.
Yashirin ishlar – boshqa keyingi ishlarni bajargandan so‘ng ko‘rib baholash uchun mumkin bo‘lmaydigan ishlardir (poydevor uchun asoslarni tayyorlash, devorlarni gidroizolyatsiya qilish, monolit konstruktsiyalar armaturasi, oldindan quyiladigan payvandlash detallari va h.k.). Yashirin ishlar ishlarni boshqaruvchisi- prorab va texnik nazorat vakili imzosi bilan dalolatnomalar ko‘rinishida rassmiylashtiriladi. Murakkab va mas’uliyatli ishlarga dalolatnomalarni rasmiylashtirish uchun maxsus komissiyalar tashkil etiladi.
Qo‘yimlar (ruxsat etiladigan) – detallar, konstruktsiyalar, xonalar va h. k. larning o‘lchamlarida uchrashi mumkin bo‘lgan chetlanishlar. Ular QMQlarda va texnik shartlarda keltirilgan. QMQ va texnik shartlardan chetga chiqish – yaroqsizlikka olib keladi. Ish boshqaruvchi (prorab)ning va texnik nazorat qiluvchining vazifasi qurilish – montaj ishlarining sifatini kuzatishdir. Texnik nazorat vakili sifatsiz bajarilgan ishlarni qayta bajarishga majbur qilish huquqiga ega.
Ishlarni bajarishda nuqsonlar turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Devor panellarining bir-biri bilan tutashgan joylarini yopish ishlari sifatsiz bajarilishi tufayli fasadning ko‘rinishi buziladi va xonalarda temperatura-namlik
rejimlari buziladi. Quyma-tutashtiruvchi detallarning jadal korroziyasi binoni avariya holatiga keltiradi, bu esa murakkab va mehnat talab ta’mirlash ishlarining bajarilishiga olib keladi.
Qurilish ishlarining past sifatda bajarilishining asosiy sabablari past navli va qo‘llanilish muddati o‘tib ketgan materiallardan foydalanish, loyiha texnologiyasidan chetga chiqish (suvash ishlarining barcha qatlamlarini bajarmaslik, loyihaga ko‘ra zarur gidroizolyatsiyaning bo‘lmasligi va h.k.), eskirgan mashinalardan va mukammal bo‘lmagan asboblardan foydalanish, MTX (muhandis-texnik xodimlar) tomonidan keraklicha nazoratning yo‘qligi va boshqalar.
Ba’zida nuqsonlar bino va inshootlarni o‘qlar hamda balandlik bo‘yicha rejalashtirishning noto‘g‘ri bajarilishi, to‘kilma va qazilmalarda gruntni qoniqarsiz zichlashtirish, temirbeton ishlarini bajarishda armaturani noto‘g‘ri o‘rnatish (shu jumladan kesimi kichik bo‘lgan), payvandlash ishlarining noto‘g‘ri va sifatsiz olib borilishi oqibatida yuzaga keladi va h.k.
Ishlar sifatini nazorat qilish ko‘z bilan ko‘rikdan o‘tkazish, chiziqli o‘lchamlarni haqiqiy o‘lchash, konstruktsiyalarni buzuvchi va buzmaydigan nazorat qilish usullari bilan sinab bajariladi.
Nazorat qilishning mexanik yoki buzuvchi usuli konstruktsiyalarning texnik holatini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Fizik (jismoniy) yoki buzmaydigan usuldan konstruktsiyalar materiallarining fizik-mexanik xossalarining asosiy tavsiflarini aniqlash uchun foydalaniladi. Metod impulsli va radiatsion usullarga asoslanadi.
Impulsli akustik usul tadqiq etilayotgan materialda elastik to‘lqinlarning tarqalish tezligini o‘lchashdan va bu to‘lqinlar energiyasining sochilishidan iborat.
Impulsli vibratsion usul tadqiq etilayotgan elementning konstruktiv shakllarini hisobga olgan holda xususiy tebranishlarning so‘nishini o‘lchashga asoslanadi.
Radiatsion usul materialni nurlantirishda γ-nurlar oqimlari jadalligi (tezligi)ning o‘zgarishini aniqlashga asoslangan. Tadqiq qilinayotgan ob’ektdan
chiqayotgan, unga yutilayotgan va undan o‘tayotgan γ-nurlar izotoplarini aniqlovchi hisoblagichlarning ko‘rsatishiga ko‘ra materiallarning sifati va xossalari aniqlanadi.
Qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash har bir ishlab chiqarish jarayoni bajarilishini muntazam nazorat qilish bilan erishiladi. Nazoratni tashkil etish nuqtai nazaridan u ichki va tashqi nazoratlarga ajratiladi.
Ichki nazorat – qurilish tashkiloti ma’muriy-texnik xodimlarining vazifasi. Tezkor kundalik nazorat qurilish – montaj ishlarining amalga oshirilish jarayonida olib boriladi.
Qurilishning amalga oshirilishi ustidan tashqi nazoratni davlat idoralari va buyurtmachi tashkilot bajaradi. Davlat idoralari – arxitektura -qurilish nazorati inspektsiyasi (AQNI) va ma’muriy-texnik inspektsiyalar (MTI) nafaqat qurilish jarayoni ustidan, balki qurilayotgan ob’ektning atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘lanishi ustidan ham har tomonlama nazoratni amalga oshiradi (axlatni olib chiqish, kirish yo‘llari bilan ta’minlash va boshqalar).
Buyurtmachi texnik nazoratni amalga oshiradi. Nazorat qilish vazifalari maxsus vakil zimmasiga yuklatilib, u ishlarning sifati ta’minlanishini, yashirin ishlarning tegishli tarzda rasmiylashtirilishini, ish muddatlariga amal qilinishini kuzatadi, bajarilgan hajmlarni tekshiradi.
Mualliflik nazoratini ya’ni quruvchilarning loyihaviy yechimlarga amal qilishlari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifatini nazorat qiluvchi loyiha tashkiloti tomonidan amalga oshiradi.
Davlat komissiyasi tomonidan binoni yakuniy qabul qilib olish inshootni va uning barcha xonalarini faqat ko‘rib baholashni emas, balki ishlarni bajarishning barcha zarur va rasmiylashtirilgan dalolatnomalarining mavjudligini ham nazarda tutadi.

    1. Download 124.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling