1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet8/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu

vazifasiga ko‘ra:


asosiy jayonlar, bajarilishi natijasida bino va inshootlarning elementlari va qismlari yaratiladi. Bu jarayonlar qurilish ishlab chiqarish maxsulotini olishni ta’minlaydi va qurilish jarayonlarining moddiy elementlariga ishlov berish, shaklini o‘zgartirish va yangi sifatlar berishdan iborat bo‘ladi;
yordamchi jarayonlar (tayyorgarlik) asosiy jarayonlarni me’yorida bajarish uchun zarur bo‘lgan- g‘isht terish uchun havozalar qurish, transheyalarning devorlarini to‘sish, montaj qilishdan oldin konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig‘ish, montaj qilinayotgan konstruktsiyalarni yordamchi osma moslamalar bilan jihozlash;
tayyorlov jarayonlariga qum, shag‘alni qazib olish, qorishmani, betonni tayyorlash, qolip (opalubka), armatura elementlarini va h.k. larni tayyorlash. Ular qurilayotgan ob’ektni yarimfabrikat maxsulotlar, detallar va buyumlar bilan ta’minlaydi. Bu jarayonlar odatda karerlarda, ixtisoslashtirilgan korxonalar: tovar beton zavodlarida, armatura va yog‘ochga ishlov berish tsexlarida va h. k. da bajariladi;
transport jarayonlari, qurilish maydoniga talab etiladigan moddiy resurslar va yuklarni eltib berish uchun zarur. Gorizontal transport tashqi (yuklarni qurilish maydoniga yetkazish uchun) va ichki (yuklarni maydon doirasida ko‘chirish uchun) ga bo‘linadi. Vertikal transport materiallarini ishlar amalga oshiriladigan zona (hudud)ga uzatishni ta’minlaydi. Transport jarayonlariga odatda ortish- tushirish va omborga joylash ishlari kiradi. Qurilish maydonidan gruntni ko‘chirish va unga keltirish bo‘yicha kichik guruhni ajratish mumkin (samosvallar, skreperlar, buldozerlar);

jarayonlarni bajarish xususiyatiga ko‘ra:


uzluksiz jarayonlar, keyingi jarayonlarini amalga oshirishga darhol kirishishga imkon beruvchi jarayonlar – g‘isht terish, ayrim konstruktsion elementlarni montaj qilishni;
uzlukli jarayonlar, keyingi jarayonlarni bajarish oldidan majburiy texnologik tanaffuslarni talab etuvchi jarayonlar betonning kerakli mustaxkamligini olgunga qadar kutish, suvoqning qurishini kutib turish;

Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling