1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi
Download 124.21 Kb.
|
1-Mavzu
Qurilish ishtirokchilariQurilish maxsulotini yaratishda ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari tizimi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Qurilishda mavjud bo‘lgan tizim ishtirokchilar zanjiri ko‘rinishida ifoda etilishi mumkin, uning bir tomonida kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar), ikkinchi tomonidan – yaratilgan qurilish maxsuloti turadi. Investitsiyalarning xususiyatiga ko‘ra ular davlat (byudjet) va xususiylarga ajratiladi. Byudjet investitsiyalarining taqsimlanishi mahalliy vakolatli tashkilotlar orqali yoki Davlat arxitektura qurilish qo‘mitasi orqali amalga oshiriladi. Xususiy investitsiyalarni jalb qilish aniq bir qurilish maxsulotini yaratishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar orqali amalga oshiriladi. Davlat yoki xususiy investor buyurtmachi hisoblanadi, ya’ni qurilish maxsulotini yaratishga buyurtma beruvchi fuqarolik munosabatlarining sub’ekti hisoblanadi. Qurilish maxsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari – loyihani g‘oyadan boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga qadar rivojlanishni buyurtmachi-quruvchi – loyihaning barcha ishtirokchilarini ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga qurilishga dastlabki ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari bilan kelishish, qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi. Buyurtmachi-quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt qurilishini investitsiyaga qadar tayyorlash hisoblanadi. Investitsiyaga qadar tayyorgarlik deganda loyihani texnik, tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy, hamda asoslanishini shakllaydigan tadbirlar majmui tushuniladi. Bevosita loyihalash jarayoni uchun buryurtmachi tanlab oladigan asosiy ishtirokchilar bosh loyihachi va bosh pudratchi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning vakolatini loyihaviy va qurilish-montaj ishlarining ayrim turlarini bajarishga davlat litsenziyasiga ega bo‘lganligi, shuningdek shunga o‘xshash ob’ektlarni qurish tajribasiga ega bo‘lish tasdiqlaydi. Odatda pudratchi tashkilotlar qurilish va maxsus ishlarning barcha turlarini bajarishga qodir bo‘lmaydilar va bunda ular ixtisoslashgan tashkilotlar – subpudratchi sanitariya-texnika, elektromontaj va boshqa ishlarni bajaruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishadi. Investitsion bosqichdan oldingi ishlarning ketma – ketligi va o‘zaro aloqasi investitsion jarayonning goh bir, goh boshqa ishtirokchisi tomonidan navbatma – navbat xal qilinadigan masalalarning berk doirasi (1.1-rasm) ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Bunday masalalar qatoriga quyidagilar kiradi: tender hujjatlarini tayyorlash va qurilishga pudrat savdolarini e’lon qilish; tender taklifini tayyorlash va taqdim etish; tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash, pudratchi bilan bitim tuzish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish; qurilishga tayyorlanish, buyurtmalarni joylashtirish; loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, texnologik hisob-kitoblar; smeta va hisob-kitoblarni tekshirish, e’tirozlar va kelishmovchiliklarni ko‘rsatish; to‘lov hujjatlari kalkulyatsiyalarni tuzish vatuzatishlar kiritish; Loyihalashni boshlanishi, kontrakt (shartnomalar) 1.1-rasm. Investitsiyadan oldingi tayyorgarlik masalalarining ketma-ketligi va o‘zaro aloqasi: 1 – tender hujjatlarini tayyorlash va qurilishga savdo e’lon qilish; 2 – ofertani tayyorlash va taqdim etish; 3 – tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash; 4 – qurilishga tayyorgarlik, buyurtmalarni joylashtirish; 5 – loyiha-smeta hujjatlarini tuzish; 6 – hujjatlarni baholash, kelishmovchiliklarni bog‘lash; 7 – loyiha smeta hujjatlariga tuzatish kiritish; Ob’ektni barpo qilish bosqichida qurilish ishtirokchilari soni ortadi. 1.2- rasmda taqdim etilgan sxemada buyurtmachining va investitsion – qurilish jarayonining asosiy ishtirokchilarini birgalikdagi harakatlarining mumkin bo‘ladigan variantlari yaqqol ko‘rinib turibdi. A sxema uncha katta bo‘lmagan ob’ektlarni qurish uchun, shu jumladan qurilishning xo‘jalik usuli uchun xosdir, bunda barcha investitsion xavflarni buyurtmachi o‘z zimmasiga oladi. Download 124.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling