1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari


Download 124.21 Kb.
bet3/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu

Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari


Binoni yoki inshootni barpo etishning ishlab chiqarish jarayoni qurilish texnologiyalarining integratsiyasini ifodalaydi. Qurilish texnologiyalari qurilish ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi, ularning texnik-iqtisodiy darajasi qurilishning samaradorligi va zamonaviyligini ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Qurilish texnologiyasi atamasi deganda ijrochilar (mexnat resurslari) vositasida boshlang‘ich tabiiy va sun’iy material (material elementlar) larga ishlov berish, ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi vaziyatini (konstruktsiya) o‘zgartirib loyihaviy qurilish maxsulotini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan harakatlar (qurilish jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim.
Qurilish maxsuloti – bu: a) qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan muddatda topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura- rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik yechimlar bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, sektsiyalari); v) ma’lum vaqt oralig‘ida bajarilgan ishlarning hajmlari (m2, m3, dona).
Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi. Sanoat ishlab chiqarishida uni tashkil etuvchi elementlar, odatda, qat’iy texnologik, masalan, konveyer liniya, umumiy ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek yagona (umumiy) boshqarish tizimi bilan bog‘langan. Bu manipulyatorlar, avtomatlar, robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan keng foydalanishga imkon beruvchi asos hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishida yaratilayotgan qurilish maxsuloti qo‘zg‘almas va barqaror (ishchilar, mexnat qurollari va buyumlari ko‘chadi), katta o‘lchamga va massaga ega bo‘lib, undagi ishlab chiqarish, odatda uzoq vaqtni egallaydi.
Xatto o‘rtacha va kichik quvvatli bino yoki inshootni barpo etishda ham bir necha qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlari, ishchilarning o‘nlab brigadalari ishtirok etadi, qurilish mashinalari va transport vositalarining katta miqdori, juda ko‘p miqdordagi konstruktsiyalar buyumlar, detallar, materiallar, mexanizmlardan foydalaniladi – bularning hammasi bir qancha konstruktiv va texnologik tavsifga ega. Qurilish ishlarini bajarish davomida turli parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan ifodalanuvchi yuzlab texnologik jarayonlar va opretsiyalar bajariladi.
Ob’ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko‘p miqdordagi omillar ta’sirida bo‘ladi. Bu yerda iqlimiy, ob-havo va mintaqa sharoitlari, ishchilar va muhandis-boshqaruv xodimlarining malakasi, ijrochilarda zarur moddiy-texnik resurslar, texnik vositalar va boshqalarning mavjudligi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu omillardan ko‘pchiligi ehtimollik xususiyatiga ega, odatda, qisqa vaqt oraliqlarida keskin va tez o‘zgarishlarga uchraydi. Bu omillar va sharoitlar qiyin bashorat qilinadi, ularning ko‘pchiligini ta’sirini bartaraf etish esa vaqt, mexnat va mablag‘larning qo‘shimcha sarf etilishini talab qiladi.
Qurilishga quyilgan talablarning ortishi munosabati bilan ko‘rsatilgan xususiyatlar qulaylik, ekologik va muhandislik havfsizligi, energiya va resurstejamkorlik, sifatni ta’minlash nuqtai nazaridan, va nihoyat quruvchining muhandis hamda ishchi mexnatini ijodiy qo‘llab quvvatlash nuqtai nazaridan o‘z ta’sirlarini oshiradi.



    1. Download 124.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling